Andijon mashinasozlik instituti “transport va logistika”fakulteti “mehnat muhofazasi ”
Download 0.73 Mb.
|
Jo\'raxon
3.2 Umumiy xavfsizlik talablari
Ishlab chiqarish uskunalarga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharoiti va ularning elementlari, uskunalar konstruktsiyalarini hisobga olgan holda, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli va zararli omillar manbaini aniqlashdan so’ng, xavfsizlik talablari belgilanadi. Mehnatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan uskunalarga qo’yilgan asosiy talablarga: odamlar sog’ligi va hayoti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda ishonchlilik va qulayliklar kiradi. Uskunalarni ishlatishda mikroiqlimning o’zgarishi, atmosfera xrlatlarning ta'siri organizmga xavf solmasligi kerak. Ishlab chiqarish uskunalari yong’in va portlashga xavfsiz bo’lishi kerak. Ularning konstruktsiyasida qo’llaniladigan materiallar zararli, xavfli bo’lmasligi, ularning harakatlanadigan aylanadigan qismlari xavf manbalari hisoblanadi va shu sababli ular xavfsiz qilib to’silgan bo’lishi kerak. Uskunalarni avariya sodir bo’lganda o’chirishi lozim bo’lgan knopkalari, dastalari ularning ko’rinadigan va qulay joyida joylashtirilishi kerak. Bu talabni bajarish ular qizil ranglarga bo’yab qo’yilganda yanada osonlashadi. Ishlab chiqarishda xavfsizlikni taminlash asosan qo’yidagi tadbirlar erdamida amalga oshiriladi: a) texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyihalash va tayyorlash; b) xavfdan himoyalanishning injener-texnik vositalaridan foydalanish; v) xavfsiz texnologik jarayonlarni tadbik etish; g) ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo’yicha malakali o’qitish; d) xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish. Yuqorida takidlangan tadbirlar amalda komleks holda kullanilgandagina ijobiy natijalarga to’liqrok erishiladi. Vaxolanki, ushbu tadbirlarni ishlab chiqish, birinchi navbatda xavfning to’rini, uning kelib chiqish sabablarini o’rganishni talab etadi. Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog’liq holda xavfli omillardan himoyalanish usullari ikki xil - aktiv va passiv turlarga bo’linadi. Aktiv himoya xavfli omillarni hosil bo’lishini eki uning tasir darajasini kamaytirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Passiv himoya xavfli omillarni insonga tasirini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat bo’lib, u ishni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, xavfsizlikni taminlovchi texnik vositalardan foydalanish yullari orqali amalga oshiriladi. Halq xo’jalik ob‘ektlarida qo’llaniladigan hamma muhofaza vositalari asosida to’siq qurilmalari, tormozlash qurilmalari, blokirovka qurilmalari, saqlash qurilmalari va shuningdek, mashina va mexanizmlarni masofadan turib boshqarish vositalariga bo’lish mumkin. To’siq qurilmalari o’zining oddiyligi va ishonchliligi bilan mashina, mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zonalarni izolyasiya qilishda juda keng qo’llaniladi. To’siq qurilmalari inson bilan xavfli omillar orasida devor bo’lib, insonni qanday harakat qilishidan qat‘iy nazar uni xavfdan ishonchli himoya qiladi. To’siqlar shu bilan birga insonga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, detallar va jihozlar qismlarini otilishidan himoya qiladi. To’siq qurilmalari konstruktiv formalarini va belgilanishini har xilligi bilan farqlanadi. Ular doimiy va vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Doimiy to’siqlar mashinalarni 49 uzatish mexanizmlari va boshqalarini ajralmas qismi sifatida xizmat qiladi. Masalan, uzatmalar qutisi, tishlashish muftasi va tormoz qurilmalarining korpuslari doimiy to’siqlar tarkibiga kiradi. Doimiy to’siq qurilmalar qo’zg’aluvchan yoki qo’zg’almas ko’rinishlarda tayyorlanadi. Qo’zg’almas to’siqlar mexanizmlar ishlaganda, ularning xavfli zonalarini ishonchli himoya qiladi. qo’zg’almas to’siqlar ish vaqtida ishchini xavfli omillardan ishonchli himoya qiladi, ular faqatgina mashinani tamirlash yoki unga texnik xizmat ko’rsatish vaqtlaridagina, yani mashina ishlamayotgan, xavf yo’q bo’lgan vaqtlardagina echib olinishi mumkin. Bunday to’siqlar o’rnatilgan mashina va mexanizmlarda texnologik jarayon borishini ko’zatish mumkin emasligi asosiy kamchilik hisoblanadi. Qo’zg’aluvchan to’siqlarni esa qo’shimcha jarayonlarni, jumladan, ish asboblarini almashtirish, ishlov beriladigan buyumni o’lchash, rostlash ishlarini bajarishda engil echib olish eki boshqa tomonga surib kuyish mumkin bo’ladi. Vaqtinchalik to’siqlar asosan nostatsionar ishlarni bajarishda ishlatiladi. Qo’zg’aluvchan to’siqlarga kuchma to’siqlar, pardalar va ekranlarni misol qilish mumkin. Bunday to’siqlarga elektr payvandchining ish joyi to’siqlari, kuduklar, uralar, chuqurliklar oldiga o’rnatilgan to’siqlar misol bo’lishi mumkin. To’siqlarning konstruksiyasi va materiali u o’rnatiladigan mexanizmning konstruktiv xususiyatlari hamda texnologik jarayon talablariga bog’liq holda tanlanadi.Ular kuyma eki payvand kojuxlar, panjaralar va temir karkasli tur shaklida bo’lishi mumkin. Texnologik jarayon borishini ko’zatish talab etilmaydigan xavfli zonalarga o’rnatiluvchi to’siqlar metalldan, plastmassadan eki egochdan tayyorlanadi. Agar texnologik jarayon talabi bo’yicha xavfli zonada bajariladigan ishni doimiy kuz bilan ko’zatish talab etilsa, u holda u erga o’rnatiladigan to’siqlar panjarasimon, tursimon shaklda eki shaffof materiallardan (organik oyna,tripleks, pleksiglas va b.) tayyorlanadi. Tormozlash qurilmasi harakatlanayotgan mashinalarni, uskunalar qismlarini, ko’tarilayotgan yoki tushirilayotgan yuklarni tezda to’xtatish uchun qo’llaniladi. Ayrim mashinalarning ishchi organlari katta massa va chastotali aylanishga ega bo’ladi hamda ular o’z inersiyasi bilan uzoq vaqt aylanishi mumkin. Bu esa o’z navbatida ularga xizmat ko’rsatayotgan ishchilarga xavf tug’diradi. Shuning uchun ular harakatlanadigan mashinalar eki ularning qismlarini tez tuxtatish, yurish tezligini sekinlatish, bir joyda qo’zg’almay turishini taminlash hamda ko’tarilgan yuklarni uz xolicha tushib ketishini oldini olish maqsadida ishlatiladi. Ko’pgina mashina va mexanizmlarning ishchi azolari katta massaga va Yuqori aylanish tezligiga egaligi sababli, uz enersiyasi hisobiga o’zoq vaqt aylanishi va bu ishchilar uchun katta xavf keltirib chiqarishi mumkin. SHu sababli, ishchining jarohatlanish xavfi darajasi birinchi navbatda tormoz qurilmalarining ishga tushish vaqtiga bog’liq bo’ladi. Odatda, tormoz qurilmalari gildiraklarga eki uzatmalar kutisining etaklanuvchi valiga o’rnatilgan bo’ladi. Gildiraklarga o’rnatilganda ular gildirak tormozi deb, valga o’rnatilganda esa markaziy tormoz deb ataladi. Tormoz qurilmalari tormoz mexanizmi va tormoz yuritmalaridan iborat bo’ladi. Tormoz mexanizmlarini gidravlik, pnevmatik eki mexanik yuritmalar harakatga keltiradi. Avtomobillardan foydalanilganda tormozlar yaxshi ishlashi uchun tormoz pedalining erkin yuli va tormoz kolodkalari bilan tormoz barabani orasidagi zazorlar rostlanadi. Masofadan boshqarish. Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish mehnat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevosita xavfli zonada bo’lmasligi ta‘minlanadi. Ishlab chiqarish jarayonining yaqinida insonni bo’lishi qiyin yoki mumkin bo’lmaganda jarayonni masofadan boshqarish usuli qo’llaniladi. Bunda uskunalarga xizmat qiluvchi ishchining (operator) xavfli zonadan etarlicha masofaga uzoqda bo’lishi ta‘minlanadi. Masofadan boshqarish zamonaviy chorvachilik komplekslarida, oson alangalanadigan yoki zaharli moddalar bilan ishlaganda, bug’li quritgichlarda, mevalarni quritish uskunalarida, idishlarni bug’lashda va boshqa joylarda qo’llaniladi. Masofadan boshqarishning mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektron va kombinatsiyalashgan tizimlari mavjud. Mexanik boshqarish uskunalar boshqarish pultidan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashganda qo’llaniladi. Agar boshqarish etarlicha uzoqlikdan amalga oshirilishi kerak bo’lsa boshqarishning boshqa tizimlaridan foydalaniladi. 50 Blokirovkalash qurilmalari. Mashina va mexanizmlarni o’ta xavfli zonalarida xavfsizlikni oshirish maqsadida to’siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan ham foydalaniladi. Blokirovka - bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab turuvchi vositalar va uslublar majmui hisoblanadi. Mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalardagi himoya to’siqlari ma‘lum sabablarga ko’ra echilib so’ngra e‘tiborsizlik tufayli o’z joyiga o’rnatilmay qolishi ularni ishlash vaqtida ma‘lum xavfli zonalarini keltirib chiqarish mumkin. Blokirovka qurilmalari ana shunday salbiy holatlarini oldini olish maqsadida ishlatiladi va har xil mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlikni oshiradi. Masalan, har qanday mashina `ki traktorni ut oldirishdan oldin uzatmalar kutisi ajratilgan holda bo’lishi shart, aks holda turli ko’rinishdagi baxtsiz hodisalar sodir bo’lishi mumkin yoki, mashina va mexanizmlar korpusining himoya kojuxi o’rnatiladigan joyiga maxsus kontaktlar o’rnatilib himoya kojuxi echib olinganda kontaktlar elektr ta‘minotini uzadi, natijada mashina boshqarish pulti orqali qo’shilganda mashina yoki mexanizm ishga tushmaydi. Himoya kojuxi joyiga qayta o’rnatilganda kontakt qo’shiladi va elektr ta‘minoti ulanadi. Signalizatsiyava xavfsizlik belgilari tizimi. Xozirgi barcha zamonaviy texnikalarda xavf to’g’risida xabar berish va xavfli vaziyatni oldini olish maqsadida signal qurilmalaridan keng foydalaniladi. Signal qurilmalari vazifasiga kura ogohlantiruvchi, avariyaga oid, tekshirish (kontrol) va bog’lanuvchi bo’ladi. Ishlash tamoyiliga ko’ra esa yorug’lik signali, tovush signali rang va belgi signallariga bo’linadi. Yorug’lik signallari zamonaviy texnikalar va avtomobillarda juda keng qo’llaniladi. Bo’larga transport vositalaridagi yorug’lik signalli asboblar, gabarit chiroqlar, to’xtash signallari (―Stop-signal‖), burilish ko’rsatkichlari, elektr qurilmalari, avtomat va yarim avtomat qurilmalaridagi yorug’lik signallari misol bo’la oladi. Ko’pincha, yorug’lik signallari mashina va mexanizmlarning shovqnin darajasi 60-70 Db.dan Yuqori bo’lgan holatlarda tovush signallari o’rniga ishlatiladi. Rang va belgi signallari xavf to’g’risida malumot berish maqsadida foydalaniladi. Masalan, belgilangan standartlarga muvofiq qizil rang - ―Taqiqlovchi‖, ‖To’xta‖, ―Aniq xavf‖; sariq rang - ―Diqqat‖, ‖Xavf to’g’risida ogohlantirish‖; yashil rang - ―Xavfsiz‖, ‖Ro’xsat‖, ‖Yo’l ochiq‖; ko’k rang - ―malumot‖ manolarini bildiradi. Xavfsizlik belgilari standart bo’yicha to’rt guruhga ajratiladi - taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, ko’rsatuvchi va buyuruvchi. Har bir guruhdagi belgilar uchun standart asosida shakl, rang va belgi o’lchamlari o’rnatilgan hamda ularni joylashtirish joylari tavsiya etilgan. Taqiqlovchi belgilar biror bir harakatni taqiqlash yoki cheklash uchun ishlatiladi. Masalan, chiqishni taqiqlash, yo’ldan kesib o’tishni taqiqlash, ochiq olovdan foydalanishni taqiqlash, transport harakatini taqiqlash va h.k. Ogohlantiruvchi belgilar xavf bo’lish extimoli to’g’risida malumot beradi. Masalan, portlash xavfi, yong’in xavfi, elektr toki xavfi, biror predmet tushib ketish xavfi va b. Buyuruvchi belgilar aniq talablar asosida biror harakatni amalga oshirishga ro’xsat etishni ko’rsatadi. Ko’rsatuvchi belgilar turli xil obektlar joyini, manzilini ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilar malum shaklga, rangga va o’lchamga ega bo’lib, ular GOST 12.4.026-76 da ko’rsatilgandir. Masalan, taqiqlovchi belgilar yumoloq shaklda, ogohlantiruvchi belgilar uchburchak shaklda, buyuruvchi belgilar kvadrat va ko’rsatuvchi belgilar to’g’ri to’rtburchak shaklida tayyorlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida xafsizlikni taminlashda Yuqorida keltirilgan texnik vositalardan tashqari ish joylari va jihozlar oraliklari o’lchamlarini meyorlashtirish ham muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari mashina va mexanizmlardan foydalanish xavfsizligini va qo’layligini oshirish maqsadida masofadan boshqarish (―distansion‖) qurilmalaridan ham keng foydalaniladi. Ular ishlash tamoyiliga ko’ra mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrik va kombinatsiyalashgan turlarga bo’linadi. Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi ish joylarida nazorat qilinishi talab etiladigan ko’rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish va boshqalar) ro’xsat etilgan miqdoridan oshgan taqdirda, mashina yoki mexanizmni ishdan avtomatik ravishda to’xtatishdan iborat. SHu sababli saqlash qurilmalarining konstruksiyalari mashinalar va texnologik jarayonlarning xususiyatlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarishdagi xavfli omillardan saqlash qurilmalari 4 guruhga bo’linadi: 51 1. Mexanik zo’riqishlardan saqlovchi. 2. Mashinalar qismlarining belgilangan chegarada harakatlanishini ta‘minlovchi. 3. Bosim va haroratni ro’xsat etilgan me‘yorlardan oshmaslgini ta‘minlovchi. 4. Elektr toki kuchini ro’xsat etilgan me‘yordan oshmasligini ta‘minlovchi. Birinchi guruhdagi saqlash qurilmalariga muftalar, ko’tarishni cheklovchi moslamalar, uziluvchi shtiftlar va shpilkalar, aylanishlar sonini rostlagichlar kiradi. Ikkinchi guruh saqlash qurilmalariga mashina mexanizmlarining harakatlanuvchi qismlarini belgilangan chegarada harakatlanishini ta‘minlovchi moslamalar, ajratkichlar, tayanch to’xtatkichlar kiradi. Uchinchi guruh saqlash qurilmalariga bosim ostidagi bug’, gaz yoki suyuqliklar bilan ishlovchi mexanizmlarida saqlash klapanlari va membranalar misol bo’la oladi. Barcha bug’ qozonlari, gidravlik va pnevmatik tizimlar, bosim belgilangan normadan oshib ketganda avtomatik ravishda ishga tushuvchi klapanlar bilan jihozlanadi. Saqlash klapanlaridan foydalanish etarli bo’lmagan sharoitlarda membranalardan foydalaniladi. Membranalar yupqa metall plastinkalardan tayyorlanadi va bosim belgilangan miqdordan oshib ketganda plastinka yorilib, ortiqcha bosim atmosferaga chiqarilib yuboriladi. SHu sababli membrana plastinkasining qalinligi tizimdagi bosimga mos holda tanlanadi. Mashina va mexanizmlarining normal va rejimda elektr kuchlanishida bo’lishi talab etilmaydigan qismlarida elektr tokining yuzaga kelishi turli xil baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi. Bunday xavfli vaziyatlardan hamda elektr toki kuchining belgilandan miqdordan oshib ketishini oldini olish uchun eruvchi saqlagichlar ishlatiladi. Bunday saqlagichlar elektr toki me‘yoriy miqdoridan oshib ketganda erib uziladi va tok ta‘minotini to’xtatadi. o’ta xavfli elektr qurilmalarida avtomatik ajratkichlardan foydalaniladi. Ko’pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vositalari kompleks holda ishlatilsada, xavfsizlik to’liq ta‘minlanmaydi. Chunki, ko’pgina baxtsiz hodisalar ishchining e‘tiborsizligi yoki xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling