Andijon mashinasozlik instituti “transport va logistika”fakulteti “mehnat muhofazasi ”
Xavfli elementning joylashishiga bog’liq ravishda to’siqlarning balandligi, mm (davlat standarti bo’yicha)
Download 0.73 Mb.
|
Jo\'raxon
Xavfli elementning joylashishiga bog’liq ravishda to’siqlarning balandligi, mm (davlat standarti bo’yicha)
Bunday hollarda xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni jarohatlanishini xavflilik darajasi, tormoz qurilmasining ishlashi vaqtiga bog’liq bo’ladi. Harakatlanayotgan uskunaning xavf sodir bo’lganda to’liq to’xtash Tt vaqtini quyidagi elementlarga ajratish mumkin. tт =t1+t2+t3, bu erda t1-avariya haqida ma'lumot olish va operator reaktsiyasi vaqti; t2-tomoz uzatmalari zvenolarida signalni ushlanish vaqti; t3-ishchi organlarning to’liq to’xtashigacha ketgan vaqt. Reaktsiya vaqti operatorning individual xususiyatlariga, bilimiga, yoshiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Bu vaqt 0,4 sekunddan 1,5 sekundgacha bo’lishi mumkin. Signalni uzatkichda ushlanish (kechikishi) vaqti, uzatkich konstruktsiyasiga bog’liq bo’ladi va tadqiqot orqali aniqlanadi. Uni shartli ravishda qabul qilish mumkin; gidravlik uzatgichli tormozlar uchun 0,2 s, mexaniq uchun 0,3 s, pnevmatik uzatkichli tormoz uchun 0,6-0,7 s. Mexaniq tormozlarni tormozlash vaqti tormoz valining aylanish chastotasiga, o’lchamlariga, detallari massasiga va tormoz momenti qiymatiga bog’liq bo’ladi. Masofadan boshqarish. Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish mehnat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevosita xavfli zonada bo’lmasligi ta'minlanadi. Ishlab chiqarish jarayonining yaqinida insonni bo’lishi qiyin yoki mumkin bo’lmaganda jarayonni masofadan boshqarish usuli qo’llaniladi. Bunda uskunalarga xizmat qiluvchi ishchining (operator) xavfli zonada etarlicha masofaga uzoqda bo’lishi ta'minlanadi. Masofadan boshqarish zamonaviy komplekslarida (ozuqa tayyorlash, gungni chiqarish va boshqalarda), oson alangalanadigan yoki toksik moddalar bilan (bo’yoq ishlari, urug’larni zararlash va boshqa.), ishlaganda, bug’li quritgichlarda, mevalarni quritish uskunalarida idishlarni bug’lashda va boshqa joylarda qo’llaniladi. o’zining ta'sir etish printsipi bo’yicha masofadan boshqarishning quyidagi sistemalari mavjud: 1. mexanik; 2. gidravlik; 3. pnevmatik; 4. elektron; 5. kombinasiyalashgan. Mexaniq boshqarish uskunalar boshqarish pultidan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashganda qo’llaniladi. Agar boshqarish etarlicha uzoqlikdan amalga oshirilishi kerak bo’lsa boshqarishning boshqa sistemalaridan foydalaniladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling