Andijon mashinasozlik instituti “transport va logistika”fakulteti “mehnat muhofazasi ”
Download 0.73 Mb.
|
Jo\'raxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5 Bino-inshootlarda elektr xavfsizligi
Xavfsizlik belgilari sistemasi
Signal o’zining funktsional vazifasi bo’yicha ogohlantruvchi, avariya, nazorat qiluvchi, gaplashish signallarga bo’linadi. Ta'sir etish usuli bo’yicha quyidagi signallardan foydalaniladi; yoritish, tovush, rangli va belgi. -davlat standarti quyidagi rang signallari va ularning vazifalarini belgilaydi: qizil-taqiqlovchi, "Stop"- muqarrar xavf; sariq-diqqat, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavf haqida ogohlantirish; yashil-"xavfsizlik", "ruxsat", "yo’l bo’sh"; ko‘k-"ma'lumot". 4-rasm. Xavfsizlik belgilari: a-taqiqlovchi, b-ogohlantiruvchi, v-tushuntiruvchi, g-ko’rsatuvchi. Yuqori shovqin ostida ishlaydigan uskunalarda yoritish signallari va past shovqinda ishlaydigan uskunalarda (60...70 db gacha) tovushli signallar qo’llanilishi kerak. Belgili signallar yo’l belgilari ko’rinishida anchadan buyon qo’llaniladi. 1970 yildan boshlab esa belgili signallar mehnat xavfsizligini taminlash uchun ham tobora keng qo’llanilmoqda. -davlat standarti bo’yicha xavfsizlik belgilari 4 ta guruhga bo’lingan (4 - rasm). Har bir guruh uchun belgilar formasi, rangi va o’lchamlari mavjud. Har bir belgini o’rnatish joyi belgilangan. Qayd qilingan standart bilan belgilarni 12 ta variantdagi o’lchamlari belgilangan. Bulardan oltitasi odatdagi (oddiy) va oltitasi kichiklashtirilgan (uskunalarga chizilgan) belgilardir. Buyruq beruvchi belgining kvadrati tomonlari 28 sm dan 90 sm gacha, ogohlantiruvchi belgining uchburchak tomonlari 28 x 36 dan 90 x 112sm gacha bo’ladi, kichraytirilgan (ishlab chiqarish uskunalariga chizilgan) belgilarda aylana diametri 2...12 sm, uchburchak tomonlari 2,5...16 sm bo’ladi. 3.5 Bino-inshootlarda elektr xavfsizligi Zamonaviy bino-inshootlarning elektr toki qo’llanilishi bilan chambarchas bog’liq. Elektr toki mehnatni engillashtirish bilan bir vaqtda odamlar sog’ligi va hayoti uchun katta xavf manbai hamdir. Boshqa xavf manbalardan farqli, ularoq elektr toki xavfini masofadan, o’lchash asboblarisiz aniqlab bo’lmaydi. Elektr tokidan jarohatlanish quyidagi har xil sharoitlarda sodir bo’lishi mumkin: 1. izolyasiyasi ishdan chiqqan o’tkazgichlar yoki ochiq tok uzatish qismlarga tekkanda; 2. yoy orqali elektr toki ta'siridan; 3. tasodifan kuchlanish ostida bo’lgan uskunalarning metall qismlaridan; 4. katta o’lchamdagi mashinalarni elektr uzatish tarmoqlariga ruxsat etilmagan yaqinlikda joylashgan (avtokranlar, g’alla kombaynlari) va boshqa shunga o’xshash hollarda. Statik ma'lumotlardan ma'lumki, elektr tokidan jarohatlanganlar ichida kishilarning ko’pchiligi elektrotexnik kasbga ega bo’lmagan odamlardir. Bino-inshootlarning elektr tokidan jarohatlanishlarni tekshirish u narsani ko’rsatadiki, ko’pchilik baxtsiz voqealar elektr uskunasi bilan ishlashga o’qimagan, elektr xavfsizligi haqida ma'lumoti yo’q ishchilarni i shlatish natijasida sodir bo’ladi. Elektr xavfsizligi - bu odamlarni elektr tokining elektr yoyining, elektromagnit maydon va statik elektr zaryadlarining zararli va xavfli ta'sirlaridan himoyasini ta'minlovchi vositalar, texnik hamda tashkiliy tadbirlar sistemasidir. Elektr tokining inson organizmiga ta'siri murakkab va o’ziga xos formalarda namoyon bo’ladi. Organizmdan elektr toki o’tishi bilan unga kimiyoviy, issiqlik bilan va biologik ta'sir ko’rsatadi. Organizmga elektr tokining kimiyoviy ta'sirida qon va boshqa organiq suyuqliklar parchalanadi. Elektr tokining organizmga issiqlik bilan ta'sirida esa tananing jarohatlangan joylari ko’yishi mumkin. Elektr tokining organizmga biologik ta'sirida esa og’riq, to’qimalari joyidan qo’zgalishi hamda ixtiyorsiz holda muskullarining qisqarishi kuzatiladi. Elektr toki urishi (shoklantirishi) juda xavfli hisoblanadi. Elektr toki inson tanasidan o’tishi bilan butun organizmni zararlaydi va bunda qisman yoki to’liq yurak, nafas olish organlarini va asab sistemasini falaj (shol) qilishi kuzatiladi. Organizmga elektr tokining ta'siri natijasiga quyidagi qator omillar ta'sir qiladi: -tok kuchi; -inson tanasining qarshiligi; -kuchlanishning kattaligi; -tok turi va chastotasi; -tok yo’li; -tok ta'sirining davomiyligi; -inson organizmining individual xususiyatlari. Tok kuchi organizmni jarohatlashda hal qiluvchi ta'sir ko’rsatadi. Tokning quyidagi ta'sir ko’rinishlarini misol qilib keltirish mumkin. 1.sezilarli tok (2 ma gacha) – organizm orqali o’tganda sezilarli og’riq kuzatiladi; 2.qo’yib yubormaydigan tok (10...25 ma) – organizm orqali o’tganda o’tkazgichni qisgan qo’lni qisqargan muskullarini bo’shatib bo’lmaydi; 3.fibriliyasion tok (50 ma dan yuqori) – organizm orqali o’tganda yurak fibriliyasiyasiga (yurak muskullarining tartibsiz qisqarishiga) olib keladi. Elektr tokidan jarohatlanishda inson tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Tananing elektr tokiga qarshiligi Rz 100000 om dan 1000 om gacha qiymatlarda o’zgaradi va u teri qoplamasi holatiga (quruq, nam, jarohatlangan yoki jarohatlanmaganiga), tegish maydoni va tegish zichligiga, tokni kuchi va chastotalariga hamda uning ta'sirini davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Jarohatlanish natijasiga organizmdagi tokning yo’li ham ta'sir qiladi. Elektr toki qo’l orqali oyoqqa etganda eng katta xavf tug’diradi, ya'ni bunda tok organizmning eng ko’p organlarini (yurakni va o’pkani) qamrab oladi. Elektrdan jarohatlanish statistikasidan ma'lumki, inson qo’lining orqa tomonidan, chakkalardan, umurtqadan, tizzalardan, asab tolalarning birikish joylar va boshqa joylardan nisbatan uncha katta bo’lmagan toklar o’tganda ham halokatlarga olib keladi. Elektr tokidan jarohatlanish natijasida insonning individual xususiyatlariga sezilarli darajada bog’liq bo’ladi. Masalan, bir xil miqdordagi tok ikki kishidan o’tganda birinchisida kuchsiz sezgi uyg’otsa, ikkinchi kishining muskullarini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Kishiga ta'sir etuvchi tok qiymati insonning jismoniy va ruhiy holatiga bog’liq holda o’zgaradi. Insonni mast holatida bo’lishi, uning organizmini elektrga qarshiligini kamaytiradi va shunga ko’ra uning jarohatlanishi xavfini ko’paytiradi. Yurak, o’pka, asab kasalliklari bilan xastalangan insonlar uchun tok xavfli ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun elektr qurilmalarida ishlashga tibbiy ko’rikdan o’tgan va maxsus ma'lumotli kishilarga ruxsat etiladi. Hayvonlar organizmiga elektr toki inson organizmiga ta'sir qilganidek ta'sir qiladi. Hayvonlarda olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, uning massasi qancha katta bo’lsa elektr toki ta'siri xavfi shuncha kam bo’ladi. 100 ma miqdordagi tok kuchi hayvonlarni nafas olishi va yurak faoliyatida hech qanday o’zgarish hosil qilmaydi. Ammo hayvon tanasi qarshiligi inson tanasi qarshiligidan juda kamdir. Yirik shoxli hayvonlarning oldingi va orqa oyoqlari orasidan qarshiligi 400...600 om bo’lib, hayvon yiqilayotgan holatida tanasini namligiga bog’liq ravishda 50...100 om gacha kamayadi. Hayvon organizmiga doimiy ravishda ta'sir etadigan eng kam kuchlanish ham uning mahsuldorligini kamayishiga olib kelishi isbotlangan. Qoramollarga ta'sir etuvchi kuchlanish miqdori 4...8 V bo’lganda uning sut berishi 20...40% ga kamayar ekan. XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo’lsak har qanday jarayonlarda eng avvalo xavfsizlik talablariga katta e’tobor qaratish zarur ekan . Chunki jarayonda texnologiyalar xavfsizlini ta’minlamasdan ishchilar uchun kamfort sharoitdagi ish jarayonini tashkil etish imkonsiz. Shu sababli ham bu borage a’lohida e’tibor qaratilishi shart ekan. Men bunga shu kurs loyiha ishimni tayyorlash davomida ishonch hosil qildim. Bino-inshootlarining bunday muammolarni oldini olish, jarohatlanishga qarshi kurashni, baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi zamonaviy vositalardan keng foydalanmasdan turib hal qilib bo’lmaydi. Insonni xavfli ishlab chiqarish omillardan himoyalash usuli: aktiv va passiv bo’ladi. Aktiv himoya xavfli omil hosil bo’lishini yo’qotishga yoki uning xavflilik darajasini kamaytirishga yo’naltiradi. Passiv himoya xavfli omillarning insonga ta'sirini oldini oluvchi kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bunga insonni xavfli zonadan chiqarish yoki insonni xavfli zonada bo’lmasligi uchun sharoit yaratish bilan erishiladi. Passiv himoyalash ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish uskuna va jihozlarni konstruktsiyalarini yaxshilash orqali ta'minlanadi. Agar qayd qilingan tadbirlar bilan ishlovchilarning xavfsizligi to’laligicha ta'min etilmasa, individual himoya vositalarini (kaskalar, ko’z oynaklar, respiratorlar va boshqalar) qo’llanilishini taqoza etadi. Himoya vositalarini ish jarayoniga shunday jihozlash kerakki, aksincha holatda himoya vositalari bilan ish jarayonini bajarish mumkin bo’lmasin. Himoyalovchi qurilma xavf paydo bo’lishi bilan ishga tushishi va xavfli yoki zararli omilining ta'siri to’xtamaguncha o’zini ishchi holatini to’xtatmasligi kerak. Himoyalovchi qurilmalarning konstruktsiyasi shunday bo’lishi kerakki, uning biror alohida elementining ishlamasligi, boshqa himoya vositalarining ishini to’xtamasligi va qo’shimcha xavf tug’dirmasligi kerak. Himoya vositalari unga texnik xizmat ko’rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo’lishi kerak. Zarur hollarda himoya vositalari ishini nazorat qilish uchun ular avtomatik qurilmalar bilan ta'minlanishi mumkin ekanligini tushundim. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling