Andijon mashinasozlik instituti “transport va logistika”fakulteti “mehnat muhofazasi ”
Texnologik jarayonlarda elektr xavfsizligi bo’yicha umumiy qoidalar
Download 0.73 Mb.
|
Jo\'raxon
1.4 . Texnologik jarayonlarda elektr xavfsizligi bo’yicha umumiy qoidalar.
Texnologik jarayonlarda elektr xavfsizligi bo’yicha umumiy qoidalar. Hozirgi paytda elektr toki xalq xo’jaligining barcha sohalarida, kundalik turmushning barcha jabhalarida keng qo’llanilmoqda. To’qimachilik korxonalarida elektr tokidan jarohatlanish juda ko’p uchramasada, lekin barcha o’lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarning 50% elektr toki urishi oqibatida bo’lganligi qayd etiladi. Bundan tashqari ko’pincha elektr tokidan noto’g’ri foydalanish yong’in va portlashga olib keladi. Yuqorida keltirilganlarning xammasi elektr tokidan saqlanish usullarini o’rganish naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlaridagi rivojlanish darajasini elektr energiyasisiz tasavvur qilish qiyin. Lekin, elektr energiyasi inson mehnatini engillashtirib ish unumdorligini oshishiga olib kelish bilan bir qatorda, uning hayoti uchun xavfli ham hisoblanadi. Ishlab chiqarishda uchraydigan boshqa xavf manbalaridan elektr xavfi keskin farq qiladi. Chunki, ularni faqatgina maxsus jihozlar va asbobuskunalar bilangina aniqlash mumkin. Elektr xavfsizligi - odamlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydon yoki statik elektrning insonga xavfli va zararli ta‘siridan aniq ehtimollik bilan himoya qilishni ta‘minlovchi tashkiliy va texnik tadbirlar tizimi. Elektr toki inson organizimiga termik (ya‘ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta‘sir ko’rsatadi. Elektr tokining termik ta‘siri inson tanasining ba‘zi joylarida kuyish, qon tomirlari, nerv va xujayralarning qizishi sifatida ko’zatiladi. Elektrolitik ta‘sir esa, qon tarkibidagi yoki xujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy hususiyatlarining o’zgarishiga olib keladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib o’tmasdan tananing ba‘zi bir qismlarigagina ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Elektr tokining biologik ta‘siri natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik xujayralar to’lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayon buziladi. Ma‘lumki, inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Tashqi muhitdan Yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta‘siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba‘zi bir funksiyalari buziladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va boshqalar. Elektr tokining inson organizmiga ta‘sirini ikki guruhga bo’lib qarash mumkin - mahalliy elektr ta‘siri va tok urish. Mahalliy elektr ta‘siri - kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo’lishi, terining metallashib qolishi hollaridir. Elektr ta‘sirida kuyish asosan organizm bilan elektr o’tkazgichi o’rtasida volta yoyi hosil bo’lganda sodir bo’ladi. Elektr o’tkazgichdagi kuchlanishning ta‘siriga qarab bunday kuyish turlicha bo’lishi mumkin. Engil kuyish faqat yallig’lanish bilan chegaralanadi, o’rtacha og’irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo’ladi va og’ir kuyishda xujayra va terilar ko’mirga aylanib, og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari terining ustki qismida aniq kulrang yoki och sarg’ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar xavfli emas. Terining metallashib qolishida, odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metal teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo’lganda ro’y beradi. Ma‘lum vaqt o’tgandan keyin bu teri ko’chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi. Elektr urishi (tok urishi) to’rt darajaga bo’linadi: 1-daraja: Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta‘siridan chiqib ketadi va hushini yo’qotmaydi. 2-daraja: Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo’qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi. 3-daraja: Hushini yo’qotib nafas olish tizimi yoki yurak urishi to’xtab qoladi. 4-daraja: Klinik o’lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari ko’rinmay qoladi. Klinik o’lim holati bu hayot bilan o’lim oralig’i bo’lib, ma‘lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot belgilari ya‘ni, nafas olish, qon aylanish bo’lmaydi, tashqi ta‘sirlarga farqsiz bo’ladi, og’riq sezmaydi, ko’z qorachig’i kengayadi va yorug’likni sezmaydi. 53 Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so’nmagan, xujayralarda ma‘lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga etarli bo’ladi. Shuning uchun tashqi ta‘sir natijasida hayot faoliyatini yo’qotgan organizmning ba‘zi bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bo’ladi. Klinik o’lim holati 5-8 minut davom etadi. Hech qanday yordam bo’lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig’idagi xujayralar parchalanadi va klinik o’lim holati biologik o’lim holatiga o’tadi. Biologik o’lim - qaytarib bo’lmaydigan jarayon bo’lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to’xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek, organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o’lim vaqti tugagandan keyin ro’y beradi. Elektr tokining inson organizmiga ta‘siri bir necha omillarga bog’liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta‘sirining davomliligi, ya‘ni odam tok ta‘sirida qancha ko’p qolib ketsa, u shuncha ko’p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari, tokning turi va chastotasi katta rol o’ynaydi. Inson organizmining tok ta‘siriga qarshiligi va tokning kuchlanishi uning ta‘sir darajasini belgilaydi. Inson organizmining qarshiligi o’zgarmagan holda, kuchlanish ko’payishi natijasida organizmdan oqib o’tgan tok miqdori oshib ketadi. Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari yig’indisi sifatida olinadi. Teri asosan, quruq va o’lik xujayralarning qattiq qatlamlaridan tashkil topganliga sababli katta qarshilikka ega va u inson organizmining qarshiligini ifodalaydi. Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2000 dan 20000 Om gacha va undan Yuqori qarshilikka ega bo’lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40-5000 Om qarshilikka ega bo’ladi va bu qarshilik inson ichki a‘zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan. Inson organizmi orqali oqib o’tgan tokning miqdori uning asoratini belgilaydi, ya‘ni oqib o’tgan tok qancha katta bo’lsa, uning asorati ham shuncha katta bo’ladi. Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6-1,5 mA oqib o’tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi. Inson organizmidan oqib o’tgan tokning miqdori 10-15 mA ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o’z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatini yo’qotadi. Agar u elektr toki bo’lgan simni ushlab to’rgan bo’lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta‘sir ko’rsatayotgan elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara miqdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi. Tok miqdori 25-50 mA ga etsa, unda tok ta‘siri ko’krak qafasiga ta‘sir ko’rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok ta‘siri uzoq vaqt davom etsa, ya‘ni bir necha minutga cho’zilsa, unda nafas olishning to’xtab qolishi natijasida odam o’lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo’lsa, bunday tok yurak muskullariga ta‘sir ko’rsatib, uning ishlash ritmini buzadi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va o’limga olib keladi. Inson uchun tok ta’sirining pog„onalari Tok kuchi, Ma Tok ta’siri oqibatlari O„zgaruvchan tok O„zgarmas tok 0,5 gacha Sezilmaydi Sezilmaydi 0,6-1,5 Qulda engil silkinish Sezilmaydi 2-3 Qo’llarni qattiq silkinishi Sezilmaydi 5-7 Qo’llarni qaltirashi Qo’llarni qizib borishi 8-10 Qiyin, ammo qo’llarni ajratib olish mumkin Qo’llarni qizib borishini kuchayishi 20-25 Qo’llar birdaniga paralich bo’lib, ajaratib bo’lmaydi, nafas olish qiyinlashadi Qo’llarni qizishini oshishi va mushaklarni qisqa qisqarishi 50-80 Nafas olish paralichlanib, yurakda Qo’llarni qizishi, mushak-larni, to’la 54 fibrilyasiyasi sodir bo’ladi. qisqarishi, nafas olish qiyinlashishi 90-100 Nafas olish paralichlanib va ta‘sir vaqti 3s dan oshsa yurak paralichi yuz beradi. Nafas a‘zolarini para-lichlanishi 300 va undan Yuqori 0,1s dan ko’p bo’lgan ta‘sir etish vaqtida nafas va yurakni paralich bo’lishi.Tana to’qimalarini buzilishi. o’lim holati Tokning turi va chastotasi ham zararli ta‘sir ko’rsatishda muhim rol o’ynaydi. Eng zararli tok 20- 100 Gs atrofidagi elektr toki hisoblanadi. CHastotasi 20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta‘sir darajasi kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo’lmaydi, lekin kuydirishi mumkin. Agar tok o’zgarmas bo’lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, 0,5 s davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo’lgan miqdori 300 mA gacha ortadi. Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan choratadbirlar Elektr toki ta’siridan jarohatlanishning asosiy sabablari: - kuchlanish ostida bo’lgan elektr tarmoqlari yoki elektr o’tkazgichlarga tegib ketish yoki xavf tug’diruvchi masofaga yaqinlashish; - elektr qurilmalari asbob-uskunalarining ustki metall korpuslari va qopqoqlarida elektr o’tkazgichlarning muhofaza qobiqlarini shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishi hosil bo’lishi; - elektr tokini o’chirib remont ishlarini bajarayotgan vaqtda, tasodifan elektr tokini ulab yuborish; - er yuzasiga uzilib tushgan elektr o’tkazgichi er yuzasi bo’ylab elektr tokini tarqatayotgan zonaga bilmay kirib qolish natijasida kuchlanishlar ta‘siriga tushib qolish. - elektr qurilmalarini o’rnatish va ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi; - elektr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok o’tkazmaydigan metall qismlarga tegib ketishi; - jarohatlanishning xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik. Elektr o’tkazgichlarni uzilishi natijasida va bu o’tkazgichlarni erga ulangan elektr qurilmalari korpusiga tushishi yoki erga to’g’ridan-to’g’ri uzilib yotishi natijasida, inson kuchlanish ostidagi tok oqimi ta‘sirida tushib qolish holatini (SHaklda I va II chi hududlar) qadamiy kuchlanish deyiladi. Yerning elektr uzatgich bilan kontakt hududdagi potensial maksimal qiymatga, ya‘ni o’tkazgich potensialiga teng bo’lib 20 m dan keyin 0 ga teng bo’ladi. Qadamiy kuchlanish hududda qadamlar kattalashishi bilan qadamiy kuchlanish miqdori o’sib boradi, shuning uchun qadamiy kuchlanish hududlaridan faqatgina kichik qadamlar yoki ikki oyoqda sakrash ususli bilan chiqib ketish mumkin. Qadamiy kuchlanishning hosil bo„lish sxemasi: I - kontakt hudud; II - o’ta xavfli hudud; III - xavfsiz hudud 55 Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar: 1. Kuchlanish ostida bo’lgan o’tkazgichlarni qo’l etmaydigan qilib bajarish; 2. Elektr tarmoqlari o’tkazgichlarini ayrim joylashtirish; 3. Elektr qurilmalari korpusida elektr tokining hosil bo’lishiga qarshi chora-tadbirlarni belgilash: a) kam kuchlanishga ega bo’lgan elektr manbalaridan foydalanish; b) ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta‘minlash; v) potensiallarini tenglashtirish; g) erga ulab muhofazalash; d) nol simiga ulab muhofazalash; e) muhofaza o’chirish qurilmalaridan foydalanish; 4. Maxsus elektr muhofazalash tizimlaridan foydalanish; 5. Elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora-tadbirlarini qo’llash. Kuchlanish ostida bo’lgan elektr o’tkazgichlarini qo’l etmaydigan qilib bajarishda tok o’tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta‘minlash, ularni bo’y etmaydigan balandliklarga o’rnatish, shuningdek, o’tkazgichlarni to’siq vositalari bilan ta‘minlash kiradi. Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirishda - elektr tarmoqlarini o’zaro transformator yordamida tarmoqlarga bo’lib yuborish tushuniladi. Buning natijasida ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza izolyasiyasi qarshiligiga ega bo’ladi, shuning bilan o’tkazgichlarining erga nisbatan sig’imi kichkina bo’lganligidan xavfsizlikni ta‘minlashda muhim rol o’ynaydi. Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi va uning turlari. Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bo’lishi xavfi bo’lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat‘iy nazar, uning korpusini erga ulab qo’yiladi va bu elektr qurilmalarini erga ulab muhofaza qilish deb ataladi. Erga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo’lsa uni erga o’tkazib yuborishdan iborat. Odam va xayvonlarni el.tokidan jarohlaanishdan saqlashda keng tarqalgan va ishonchli choralaridan biri erga ulashdir - oldindan elektrni er bilan bog’lash yoki unga mos keladigan tokga ulanmagan uskunalrning metall qismlari, qaysilar tok kuchlanishi ostida bo’lib qolishi mumkin. 2- shakl. Himoyalovchi erga ulash: a-tamoyilial chizma; b-erga ulovchi qurilma. 1-erga ulovchi; 2-birlashtiruvchi uzun metall parchasi Erga ulashni asosiy vazifasi - elektr qabul qiladigan korpusdagi potensialni zararsiz (xavfsiz) darajasiga pasaytirishdir. Elektr qurilmalarni erga ulab muhofaza qilishning asosiy hususiyati, qurilma korpusiga o’tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, erga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo’lmasligini ta‘minlashdan iborat. Erga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, erga qoqilgan va elektr tokini erga o’tkazib yuborish uchun mo’ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o’tkazgich tushuniladi. Erga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo’ladi - bir joyga yig’ilgan va kontur bo’yicha joylashtirilgan. Nolga ulab muhofaza qilish. Elektr qurilmalarining tok o’tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo’yish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi. 56 Muhofazalovchi nol simi elektr manbai g’altagining neytral qismlarini mustahkam erga ulash bilan boshlanib uch faza bilan birlikda to’rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo’ylab tortib boriladi va iloji boricha ko’proq (ma‘lum masofalarda) erga ulab boriladi. 2- shakl. Nol simga ulash sxemasi 1- tok iste‘molchisi; 2-himoya qurilmasi Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi erga ulab muhofaza qilishniki bilan bir xil, ya‘ni elektr asbobi korpusiga o’tib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolga ulab muhofaza qilishning ishlash tamoyilini korpusga o’tib ketgan elektr tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa tutashuv hosil qilish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi. Buning natijasida elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun o’rnatilgan saqlovchi-eruvchi qurilmani yoki saqlovchi avtomatni o’chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr tokini uzib qo’yiladi. Bunday vazifani bajaruvchi, saqlovchi-eruvchi qurilmalar yoki avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma‘lum miqdorda oshishiga mo’ljallab o’rnatib qo’yiladi.Saqlovchi qurilmalar yordamida korpusiga tok o’tkazib yuborayotgan (buzilgan) elektr qurilmasini saqlovchi-eruvchi qurilmalar o’rnatilganda o’chirish 5-7 s, avtomatlar yordamida esa 1-2 s davomida amalga oshiriladi. Bundan tashqari nolga ulangan qismlar erga qo’yilgan bo’lganligi sababli saqlovchi-eruvchi qurilmalar elektr qurilmasini o’chirguniga qadar ularni erga ulab muhofaza qilish tizimi sifatida kishilarni elektr toki xavfidan saqlab turadi. Boshqacha aytganda, nolga ulangan elektr tizimida erga ulanganligi sababli kuchlanish xavfsiz darajaga tushib qolgan bo’ladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling