Andijon mashinasozlik instituti “transport va logistika”fakulteti “mehnat muhofazasi ”


Download 0.73 Mb.
bet4/19
Sana25.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1295009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Jo\'raxon

ASOSIY QISM:
1-BO’LIM . MASHINA VA MEXANIZMLARGA QO’YILADIGAN XAVFSIZLIK TALABLARI
1.1 Mashina va mexanizmlar haqida ma’lumotlar
Mashina va dastgohlarning xavfsizligini ta‘minlash ularni loyihalash jarayonidan boshlab amalga oshiriladi. Birorta yangi mashina yoki dastgoh xavfsizligi ta‘minlanmagan bo’lsa, foydalanishga ruxsat berilmaydi. Amaldagi Davlat standarti uskunalarning xavfsizlik ish prinsipi, konstruksiyasining xavfsiz sxemasini tanlash, ularning konstruksiyasida mexanizasiya, avtomatlashtirish, masofadan (distansion) boshqarish vositalarini qo’llash, ergonomik talablarni bajarish, xavfsizlik texnikasi va yong’inga qarshi tadbirlar, ularni o’rnatish, foydalanish, sozlash, saqlash va transportirovkalash texnik hujjatlarga kiritilishini talab qiladi. Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, ya‘ni, mehnat xavfsizligi-bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta‘siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko’pgina fizik va kimyoviy omillar ta‘sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xarakteriga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi. Xavfli omillar yuzaga kelish xarakteriga bog’liq holda real va yashirin bo’lishi mumkin. Real xavf aniq, ko’zga ko’rinarli tashqi belgilari bilan xarakterlanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismi, ko’tarilgan yuk va b. Yashirin xavf mashina, mexanizmlar va ish jihozlarida yashirin no’qsonlar, nosozliklar bo’lishi bilan xarakterlanib, ma‘lum bir sharoitda xavfli holatga, avariyaga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi, iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalardan noo’rin, ya‘ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining xato va noto’g’ri harakati kabilar ham kiradi . Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni oldini olish - bu murakkab kompleks muammo hisoblanib, birinchi navbatda mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik talablariga katta etibor berishni talab etadi. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarni jumladan ishchi va xizmatchilarni bu masalalarga, hamda ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, mehnat sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e‘tibor qaratib kelinmoqda. Mehnat xavfsizligi - bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta‘sirini butunlay oldi olingan bo’ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi. Mehnat muhofazasi bo’yicha muhim me‘yoriy hujjatlardan biri ―Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi‖dir (MXST). MXST - bu, mehnat jarayonida insonning sog’lig’ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta‘minlashga yo’naltirilgan talablar, me‘yorlar va qoidalarni o’z ichiga olgan o’zaro bog’liq standartlar majmuasidir. U 5 to’rga bo’linadi. 1. Tashkiliy - uslubiy standartlar. 2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari. 3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari. 4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari. 5. Ishchilarning himoya vositalariga bo’lgan talablari davlat standartlari. Davlat standartlarida quyidagi signal ranglarini va vazifalarini belgilaydi: 1. Qizil - «man etish», «stop», «yaqqol xavflilik»; 2. Sariq - «diqqat» «mumkin bo’lgan xavf to’g’risida ogohlantirish»; 3. Yashil - «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo’l ochiq»; 4. Ko’k - «informasiya». Davlat standartlaridan tashqari texnika xavfsizligi bo’yicha bir necha me‘yoriy hujjatlar mavjud. Hususan: 1. ―Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖ o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 286-sonli qarori (06.06.1997 yil). 47 2. ―Mehnat sharoitlari bo’yicha ish joylarini baholash ishlarini o’tkazish tartibi haqida‖ o’zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining 2/18- sonli qarori (25.02.1993 yil). Shuningdek, barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ob‘ektlarida faoliyat yo’nalishidan kelib chiqqan holda mehnat muhofazasi bo’yicha nizom va yo’riqnomalar ishlab chiqiladi va tegishli buyruqlar bilan tasdiqlanadi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo’yicha me‘yoriy qoidalarga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o’z texnik inspektoriga ega. Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash hisoblanadi. Hozirgi zamon halq xo’jalik ob‘ektlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, dastgohlar, ko’tarish kranlari, ish bajarish konveerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu erda ishlayotganlar uchun ma‘lum xavf tug’dirishi, agar extiyot chora-tadbirlarini belgilab qo’yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo’lishi mumkin.
Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan, metallarni qirqishda ishlatiladigan dastgohlarni ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan foydalaniladi, ularning kesish issiqligi ta‘sirida bug’lanishi havo muhitining ifloslanishiga, shuningdek, havo namligining oshib ketishiga olib keladi. Demak, sexda ishlayotgan har bir dastgoh baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkinligidan tashqari yana havo muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida qaralishini taqozo etadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning asosiy yo’llaridan biri ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanishdir. Mexanizatsiyalashtirish ishchilarni og’ir jismoniy mehnatdan qutqaradi, bu esa o’z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Ishchi uchun eng xavfli ish jarayonlarini, masalan, temirchilikda bolg’alash, presslash ishlari va boshqalarni mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi. Zamonaviy texnologiyalarda ko’pgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo’lgan ishlar, masalan, eritilgan metallarni har xil qoliplarga quyish, engil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarini elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo’yashga tayyorlash ishlari, bo’yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa ishlarni bajarishda avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish muhim rol o’ynaydi. Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga keladigan barcha xavfli vaziyatlarni hisobga olish va xavfsizlikni ta‘minlash vositalari bilan jihozlash talab etiladi. Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta‘minlash uchun uni loyihalashda qanday ish bajarishini hisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi. Mashinaga o’rnatilgan muhofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uyg’unlashib ketishi kerak. SHuni hisobga olish kerakki, muhofaza vositalari iloji boricha ko’proq masalalarni echishga xizmat qilsin. Mashina va mexanizmlarning puxta ishlashini ta‘minlashdagi asosiy omillaridan biri, ularning holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar va avtomatik boshqarish, hamda muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jihozlashdir.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling