Andijon mashinasozlik instituti “transport va logistika”fakulteti “mehnat muhofazasi ”
Download 0.73 Mb.
|
Jo\'raxon
Muhofazalovchi o’chirish qurilmasi. Agar elektr qurilmasi korpusida inson hayoti uchun xavfli kuchlanish hosil bo’lib qolsa, uni tezda o’chirish imkoniyatini beradigan qurilmalarga muhofazalovchi o’chirish qurilmalari deyiladi. Bunday tokning hosil bo’lishiga masalan, elektr toki fazasi korpusga urib ketishi, tarmoqda hisobga olingan kuchlanishga nisbatan kuchliroq kuchlanish paydo bo’lishi va boshqalar sabab bo’ladi. Bunda elektr tarmoqda elektr parametrlarining o’zgarishi ro’y beradi. Masalan, elektr qurilmasi tok o’tkazmaydigan qismlarida kuchlanish paydo bo’ladi, fazadagi kuchlanish erga nisbatan o’zgaradi va boshqalar. Muhofazalovchi o’chirish qurilmasi, xavf hosil qilgan elektr asbobni 0,2 s dan oshmagan vaqt davomida o’chirish imkoniyatini berishi kerak. Muhofazalovchi o’chirish asbobi bir qancha qismlardan tashkil topgan bo’lib, asosan elektr tizimida biror bir parametrning o’zgarishini sezib, elektr tizimiga berilayotgan tokni avtomatik uzuvchi qurilmaga signal beradi. Bu elementlarning asosiysi qabul qiluvchi qurilma bo’lib (asosan qabul qiluvchi qurilma sifatida rele qo’llaniladi), u elektr tizimidagi parametr o’zgarishlarini qabul qiladi, agar kelayotgan signal kuchsiz bo’lgan holda uni kuchaytiruvchi qurilma o’rnatiladi, shuningdek, bu tizimning to’g’ri ishlayotganligini tekshirib turuvchi nazorat asboblari hamda signal lampalari o’rnatilishi mumkin.
Avtomatik tokni uzish qismining vazifasi olingan signalga asoslanib elektr qurilmasini ta‘minlayotgan elektr tarmog’ining butunlay uzib qo’yishdan iborat. Elektr tizimlarining saqlovchi qurilmalari tizimda elektr quvvati nominal miqdordan ortib ketgan taqdirda avtomatik ravishda tokni uzib qo’yadi. Muhofaza qurilmasi elektr tizimidagi tok quvvati 57 nominal miqdordan 25% ortib ketsa, muhofaza qurilmasiga o’rnatilgan eruvchan qism erib ketadi va tok kelishi to’xtaydi. Bu eruvchan qismni elektr tizimiga berilayotgan tok kuchining maksimal zarur miqdoriga moslab tanlanadi. Uning erib ketish vaqti undan o’tayotgan tok kuchiga bog’liq. Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, eruvchi qism 0,2 s davomida erib ketadi. Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari bo’ladi, ularning hammasida ham eruvchi qismni o’zgartirish imkoniyati bor. Elektr yordamida qo’lda ishlatiladigan - drel, gayka buragich, silliqlovchi, pardoz berish mashinalari va boshqalarga elektr tokiga oson ulanib, oson o’chirilishi, ishlatish davrida tok o’tkazuvchi qismlariga odamning tegib ketish va tok ta‘siriga tushib qolish xavfi bo’lmasligi talablari qo’yiladi. Bunday asboblar bilan ishlaganda elektr toki ta‘siriga tushib qolish, uning metall korpuslari orqali, yaxshi erga ulangan metall qismlarda turib ishlov berayotgan vaqtda, zax xonalarda ish bajarishda, shuningdek, ochiq havoda ish olib borganda bo’lishi mumkin. Xavfli sharoitlarda ishlaganda ushbu elektr asboblarini elektr xavfi darajasini kamaytirish uchun ishlatish kuchlanishi 36 V dan oshmagan, 1 kvtgacha quvvatga ega bo’lgan, chastotasi 200 Gs li elektr quvvatidan foydalanish tavsiya etiladi. Qo’lda ishlatiladigan asboblarni 110 va 220 V kuchlanishlarda ishlatishga faqat xavfsiz xonalarda ish olib borishda ro’xsat etiladi. Qo’lda ishlatiladigan elektr asboblarining tuzilishida xavfsizlikni ta‘minlash elementlari bo’lishi, shuningdek, 36 V kuchlanishdan ortiq, kuchlanishda ishlaydigan asboblar uchun, diametri 4 mm dan kam bo’lmagan o’tkazgichdan tayyorlangan, nol simiga yoki erga ulangan simga ulash uchun qisqichga ega bo’lishi shart. Elektr asbobini tokka ulash ko’p simli kabellardan tashkil topgan bo’lishi, oddiy sim bo’lgan taqdirda rezina shlang kiygizilib muhofazalangan bo’lishi lozim. Ko’pincha bunday kabellar tarkibida nolga, erga ulash uchun mo’ljallangan simlar ham bo’ladi. Rozetkalarda esa erga ulangan yoki nol simi nuqtalari bo’ladi. Elektr qurilmalarida qo’llaniladigan muhofaza vositalari. 3- shakl. Elektr toki ta’siridan himoyalanish vositalari 1-izolyasiyalovchi shtanga; 2-izolyasiyalovchi qisqich; 3-dielektrik qo’lqop; 4-dielektrik boti; 5- dielektrik kalish; 6-rezinali gilamcha va yo’lakcha; 7-izolyasiyalovchi taglik; 8-elektr ustasi asboblari; 9-tok o’lchagich qisqich; 10- Yuqori kuchlanishni ko’rsatuvchi asbob. Elektr qurilmalarida ishlayotganlar uchun muhofaza vositalarining eng mukammal qilib bajarilganlari ham ba‘zi bir hollarda elektr xavfsizligini to’la ta‘minlay olmaydi. Masalan, elektr toki o’tkazgichlari yaqinida ishlayotgan kishilar, agar bu elektr o’tkazgichni mustahkam tok o’tkazmaydigan 58 muhofaza qobiqlari bilan jihozlamasa, elektr xavfi bo’lishi aniq. Shuningdek, ba‘zi bir ishlarni elektr tokini o’chirmagan holda bajarishga to’g’ri keladi, bunda elektr asboblarining tutqichlarini muhofazalash talab qilinadi. Ba‘zi bir hollarda esa elektr tarmoqdarida elektr kuchlanishni uzib, remont ishlarini bajariladi. Bunday hollarda bilmasdan tokni ulab yuborish xavfli vaziyatlarga olib keladi. Yuqorida sanab o’tilgan holatlarning har biri o’ziga yarasha muhofaza vositalari va asboblaridan foydalanishni taqazo etadi. Muhofaza vositalari shartli ravishda uch to’rga bo’linadi - muhofaza qobiqli, to’siq va saqlovchi vositalar. 1. Muhofaza qobiqli elektrdan saqlovchi vositalar ikki to’rga bo’linadi: a) asosiy muhofaza qobiqli vositalar - uzoq vaqt elektr kuchlanishlari ta‘sirida ishlashi mumkin bo’lgan va elektr kuchlanishidan muhofaza qilish qobiliyatiga ega bo’lgan vositalar. Ular bilan elektr kuchlanishga ega bo’lgan o’tkazgichlarda elektrni uzmasdan ishlashga ro’xsat etiladi. Bunday vositalarga rezinadan qilingan qo’lqoplar, dastasi muhofaza qobiqlari bilan jihozlangan elektr asboblari, muhofazalangan shtangalar, elektr o’lchash asboblari, shuningdek, muhofazalangan kuchlanishni o’lchash asboblari kiritiladi. b) yordamchi elektr tokidan muhofaza qiluvchi vositalar - elektr tokidan to’liq himoya qila olmaydigan, lekin elektr ta‘sirini qisman kamaytirish imkoniyatiga ega bo’lgan vositalar. Ular asosiy vositalarga qo’shimcha ravishda ularning muhofaza qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. YOrdamchi muhofaza vositalariga dielektrik kalishlar, gilamchalar oyoq ostiga qo’yiladigan quruq taxtadan qilingan tagliklar va boshqalar kiradi. 2. To’siq muhofaza vositalari elektr toki ta‘siridan vaqtincha to’sish yo’li bilan muhofaza qiladi. Masalan, panjara sifatidagi to’siqlar, tok taqsimlagich shkaflari va boshqalar. Ba‘zi hollarda esa ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi. Bundan tashqari elektr ta‘minoti vositalari baland simyog’ochlarda va chuqur er osti kabellari orqali amalga oshiriladi. Bo’lar ham o’z navbatida to’siq vositalar vazifasini bajaradi. 3. Saqlovchi muhofaza vositalari ishchilarni nur, issiqlik va mexanik jarohatlardan saqlash vazifasini bajaradi. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish. Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko’rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi: - tok ta‘siridan qutqarish; - birinchi yordam ko’rsatish. Tok ta‘siridan qutqarish o’z navbatida bir necha xil bo’lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasiga kelayotgan tokni o’chirishdir. Agar buning iloji bo’lmasa (masalan, o’chirish qurilmasi o’zoqda bo’lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko’p bo’lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog‘ochli bo’lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo’lsa, uning kiyimidan tortib tok ta‘siridan qutqarib olish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo’lsa, u holda dielektrik qo’lkop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo’lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak. Agar jarohatlangan kishi balandlikda bo’lsa kuchlanishni o’chirishdan oldin uning xavfsizligini taminlash, yiqilib tushishini oldini olish kerak. Badanning tok tegib yaralangan joyiga quruq sterillangan bog’lam qo’yish lozim. Elektr tokidan shikastlanishning barcha holatlarda jarohatlangan kishini holati qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar vrachga murojaat qilish lozim. Elektr ta‘siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta‘sirlangan kishi xushini yo’qotmagan bo’lsa, uning tinchligini ta‘minlab, vrach kelishini kutish yoki tezda davolash muassasasiga olib borish zarur. Agar tok ta‘sirida xushini yuqotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo’shatish va sof havo kelishini ta‘minlash zarur. Nashatir spirti xidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo’llarini ishqalash yaxshi natija beradi. Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo’lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo’lsa, unda bu kishiga sun‘iy nafas oldirish zarur. Klinik o’lim holati yuz bergan taqdirda sun‘iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak. 59 Sun‘iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta‘siridan qutqarib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun‘iy nafas oldirish "og’izdan-og’izga" deb ataluvchi usul bilan, ya‘ni yordam ko’rsatuvchi kishi o’z o’pkasini havoga to’ldirib, jarohatlangan kishi og’zi orqali uning o’pkasiga bu havoni haydaydi. Odam o’pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o’pkasi ishlashi uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo’lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og’zi ochib tozalanadi, havo o’tish yulini ochish uchun boshini bir qo’l bilan ko’tariladi, ikkinchi qo’l bilan dahanidan tortib, dahanini buyni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin ko’krak qafasini to’ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og’zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko’rsatayotgan kishi og’zi bilan, jarohatlangan kishining og’zini butunlay berkitishi va barmoqlari yordamida uning burnini berkitish kerak. Shundan keyin yordam ko’rsatuvchi boshini ko’tarib, yana o’pkasini havoga to’ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqazadi. Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastrumol yoki boshqa sun‘iy nafas berish moslamalari orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun‘iy nafas oldirishni bemor o’ziga kelguncha davom ettiriladi. Yurakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun‘iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi. Qorin bo’shlig’idan ko’krak qafasiga o’tgandan keyin 2 barmok Yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo’lni bir-biri ustiga to’g’ri burchak shaklida qo’yib, jarohatlangan kishining ko’krak qafasi tana og’irligi bilan 15-25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi. Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo’lishi kerak. Bunda ko’krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi ritmiga moslab davom ettiriladi. Massaj qilish sun‘iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko’rsatayotgan kishi bir o’zi bo’lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko’krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo’lganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun Yuqoridagi vazifalarni 2-3 sekundga to’xtatib, tomir urishi sanab ko’riladi. Statik elektr zaryadlari xavfidan himoyalanish. Tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo’lmagan ikki materialning o’zaro ishqalanishi natijasida va ayrim suyuklik yoki gazlarning quvurlarda katta tezlikda harakatlanishi oqibatida statik elektr zaryalari hosil bo’ladi. Masalan, avtomobil beton yo’lda harakatlanaetganida, uning g’ildiraklari yo’l uzra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh zarralarining avtomobil kuzoviga o’rilishi natijasida - 3000V, benzinni po’lat quvurlarda katta tezlikda harakatlanishida - 3600V, tezligi 15 m/s bo’lgan tasmali uzatmalarda - 80000V, tasmali transportyorlarda - 45000V gacha statik elektr zaryadlari hosil bo’lishi mumkin. Statik elektr zaryadining miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi qismlarning yuzasiga, zichligiga, solishtirma elektr qarshiligiga, texnologik jarayonning intensivligiga va muhitning mikroiqlim holatiga bog’liq bo’ladi. Statik elektr zaryadlari tasirida turli xil jarohatlanishlar, yong’inlar va portlashlar kelib chiqishi mumkin. Yuqori miqdorda statik elektr zaryadlari hosil bo’ladigan muhitda inson organizmining muskullari keskin kiskarishi, o’zoq vaqt statik elektr zaryadlari tasirida ishlash oqibatida esa nerv faoliyatining buzilishi, tayyorlanadigan maxsulot sifatining pasayishi ko’zatiladi. Statik elektr zaryadlarining hosil bo’lishini va tuplanishini turli xil yo’llar bilan oldini olish mumkin, jumladan - ish joyi mikroiqlim holatini meyorlashtirish, yani xona havosi nisbiy namligini 70% dan kam bo’lmasligiga erishish; asosiy materiallarga antistatik materiallar qo’shish; muhit havosini ionizatsiyalash; ishqalanuvchi yuzalarga teskari belgili zaryadlarni kiritish va b. Statik elektr zaryadlarining xavfli va zararli tasiridan himoyalanishning asosiy yullaridan yana biri - jihozlar va sig’imlarning metall qismlarini erga ulashdir. Erga ulashda elektrod sifatida po’lat trubalardan, burchaksimon po’latlar va armaturalardan foydalanish mumkin. Statik elektr zaryadlari hosil bo’lish extimoli bor bo’lgan statsionar mexanizmlar va sig’imlarning erga ulash qurilmalarini qarshiligi 100 Om.dan, texnologik jarayonda ishtirok etayotgan uskuna, qurilma va jihozlar tizimlari uchun esa bu ko’rsatkich 10 Om.dan kichik bo’lishi zarur. Atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish. Yashin va momoqaldiroq vaqtida kuchli elektr zaryadlari hosil bo’lib, ularning kuchlanishi 2V. dan 8 mln. V. gacha, tok kuchi esa 200000 A. gacha etishi va bunday zaryadlar binolarga, insonlarga va xayvonlarga katta zarar etkazishi, shuningdek turli yong’inlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday 60 vaqtda yashinning tasiri birlamchi (to’g’ri urish) va ikqilamchi (elektrostatik va elektromagnit induksiyalari ko’rinishida) bo’lishi mumkin. SHu sababli, binolar va inshootlarga yashin qaytargichlar o’rnatilishi zarur. Yashin qaytargichlar uch elementdan: yashin qabul kilgich, tok utkazgich va erga ulash tizimidan tashkil topadi. Ular sterjen, antena va tur ko’rinishida bo’ladi. Yashin qaytargichning eng oddiy konstruksiyasi tom tepasiga o’rnatilgan yashin qabul kilgich va erga ulangan sterjendan iboratdir. Bunday sterjen bino atrofida yumalok asosli ikki konus ko’rinishidagi himoya zonasini tashkil etadi. Uning radiusi yashin qabul kilgich balandligidan bir yarim marta katta bo’ladi. Yashin qaytargich o’lchamini sxema tarzida aniqlashda dastlab binoning konturi masshtab bo’yicha chiziladi, keyin esa yashin qabul kilgich balandligi belgilanib, ushbu masshtabda ikqilamchi konus chiziladi. Agar bino uzining barcha qismlari bilan konus ichiga joylashsa, yashin qaytargichning tanlangan balandligi binoni yashindan etarli darajada himoyalashga yarokli hisoblanadi, aks holda sxemada yashin qabul kilgich balandligi kattarok qilib olinadi va ikqilamchi konus qayta chizilib, tekshiriladi. Yashin qabul kilgichlar uzunligi 1,0…1,5 m. li, kesimi 100 mm2 dan kichik bo’lmagan po’lat sterjenlardan tayyorlanib trubasimon, temir-beton yoki yog’och tayanchlarga berkitiladi. Katta uzunlikdagi binolarda kesimi 35 mm2 . dan kichik bo’lmagan va ikki sterjen orasiga tortilgan trosslar ishlatiladi. Tok utkazuvchi - diametri 6 mm.dan kichik bo’lmagan po’lat sterjenlardan yoki simlardan, elektrodlar esa diametri 10 mm. dan kichik bo’lmagan po’lat sterjenlardan tayyorlanadi. Yashin qaytargichdagi barcha birikmalar payvandlanib birlashtiriladi. Boltli birikmalarga faqat vaqtinchalik erga ulash qurilmalarida foydalanishga ro’xsat etiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling