Andijon Qishloq Xo`jaligi va Agrotexnologiyalar Instituti


Download 0.82 Mb.
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1469445
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mintaqaviy turizm Shahzodbek2023

Xalqaro turizm rivojlanishiga tasir etuvchi omillar
2-chizma

YUqorida qayd qilingan barcha omillar turizmni shakllanishi va rivojlanishiga o’z ta’siriga ega. SHuning uchun bu omillarni tahlil qilish, ularning qaysi birlari asosiy ahamiyatga ega ekanligini aniqlab ish yuritish, o’z navbatida turistik resurslardan samarali foydalanishimizga olib keladi.


4.Turizm infrastrukturasi
Turizmning hozirgi holatini baholar ekanmiz, shuni qayd etish muhimki, O’zbekistonda infratuzilmaning rivojlanish darajasi chet ellik turistlarning ehtiyojlarini to’liq qondira olmayapti. Infratuzilma yetarlicha rivojlanmagan taqdirda turistlar oqimini ko’paytirish va shunga mos ravishda valyuta tushumini ko’paytirish mumkin emas. Bundan kelib chiqqan holda infratuzilmaning ahvoli turizmning rivojlanishi va mamlakat imidjini shakllantirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Avvalo, shuni alohida qayd etish lozimki, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishmaguncha turizmga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Respublikaning turistik salohiyati to’g’risda ob’ektiv ma’lumotlar va reklama umuman bo’lmagan. Turistik imkoniyatlar sobiq strukturalarning tor manfaatlari orqali bir tomonlama yoritilgan. Natijada turizm, xizmat ko’rsatish va ko’ngilocharlik infratuzilmasi rivojlanmagan, turistlarga xizmat ko’rsatish darajasi past bo’lib, jaxonning yetakchi turistik korxonalari bilan aloqalar ko’ngildagidek emas. O’zbekiston hududida turizm infratuzilmasi bir tekisda taqsimlanmagan. Toshkent shahri va viloyatida respublika turizm salohiyatining 36 % qismi jamlangan. Yirik infratuzilma salohiyatiga to’rt viloyat (Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm) va Toshkent shahri ega, Farg’ona vodiysi 19 % turizm infratuzilmasiga ega.
Mintaqada turizmni rivojlantirish uchun mavjud turistik resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga erishishimiz kerak. Bunda mintaqaning turizm infratuzilmasini talab darajasida rivojlantirish asosiy o’rinni egallaydi.
Turizm infratuzilmasi deganda – turistlarning turistik resurslaridan foydalanishni ta’minlovchi binolar tizimi, muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, yo’llar, turizmning xilma-xil korxonalari hamda turizm korxonalarining ishlatilishini ta’minlashga imkon yaratilishi tushuniladi. Bu avtomobil va temir yo’llar, yo’l harakatini, havo yo’llarini, dengiz va daryo yo’llari harakatini tartibga soluvchi tizimlar, issiqlik, elektr va telefon aloqalari bilan ta’minlash va boshqalardir.
chizma - 3


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling