Andijon Qishloq Xo`jaligi va Agrotexnologiyalar Instituti
Download 0.82 Mb.
|
Mintaqaviy turizm Shahzodbek2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ovqatlantirish infrastukturasida yutuqlarimiz ko’proq, mehmonxonalar qoshidagi yoki yakka tarzda restoran, bar, kafelar, yaxshi ishlab nafaqat turistlarga, balki mahalliy aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Ayrim oqvatlantirish ob’ektlarining ahvoli, xizmat ko’rsatish darajasi talabga javob bermaydi. Agar ovqatlantirish ob’ektlari sanitariya holati nazorat qilinib, ovqatlar va xizmat ko’rsatishning turli ish shakllari joriy etilsa, ijobiy yutuqlarga erishgan bo’lamiz.
Hozirgi paytda turizmni rivojlanishida bank va moliyaviy tashkilotlar xizmatlarining o’rni katta. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil xizmat turlaridan foydalanishni hohlaydilar. YA’ni, o’z hohishi bo’yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda ular ko’ngil ochish uchun har kuni ko’p mikdorda pul sarflashadi. SHu sababli bu xizmat turini takomillashtirish turistlarga qo’layliklarni keltirib chiqaradi. Axborot xizmati ham turistik resurslardan unumli foydalanish uchun juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda, hamda sayohat vaqtida o’zi boradigan joy haqida, o’sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odatlari, mehmondo’stligi haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarga, shuningdek, o’sha joyning xaritasiga, transport magistrallari sxemasiga muxtoj bo’ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko’rinishida chop etiladi va bu holat turistlarni sayohat qilishga chorlaydi. Turizmda bo’lajak turistlarga bepul tarqatiladigan axborotlarni rang-barang ko’rinishida chop etishga e’tibor qaratish lozim. Bunda turistlar va turizm xizmatlari uchun axborot CD ROM disklarini chop etish katta samara beradi. 5.Xulosa. Bugungi mavzudan xulosam shuki:Turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar deb shularni ayta olaman: Tashqi(ekzogen) va ichki(endogen) omillar kabi guruhlarga ajratib ko‘rsatish ham mumkin. Bu omillar turizm bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo uni o‘rab turuvchi muhit negizida shakllanadi. Tashqi (ekzogen) omillar jamiyatda turli xil demografik va ijtimoiy o‘zgarishlar negizida shakllanuvchi quyidagi omillarni: aholining yosh tarkibi; ishlovchi ayollar sonining ko‘payishi; oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha daromad miqdorining ko‘payishi; jami aholi sonida yolg‘iz kishilar tarkibiy ulushining ko‘payishi; kech oila qurish tendensiyasining mavjudligi; hududiy aholi tarkibida farzandsiz oilalar sonining oshishi; immigratsion to‘siqlarning kamayishi; ish kuni grafiklarining egiluvchanligi natijasida bo‘sh vaqtning oshishi; to‘lanadigan safar harajatlari miqdorining ko‘payishi; nafaqaga muddatdan oldin chiqish holatining ko‘payishi kabi omillarni o‘z ichiga oladi.Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarning barchasi aholining mavjud bo‘sh vaqt tuzilmasiga ma’lum bir darajada ta’sir etgan holda,turizmning rivojlanishi uchun aniq,ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy-demografik shart-sharoitlarni yaratadi. Ma’lum bir hudud aholisi tomonidan turistik mahsulotlarga nisbatan talabning bildirilishi, eng avvalo ularda mavjud iqtisodiy imkoniyatlar va bo‘sh vaqtning mavjudligi bilan uzviy bog‘liqdir. Ammo, fikrimizscha, hozirgi vaqtda ko‘p hollarda aholining bo‘sh vaqt tuzilmasi va iqtisodiy imkoniyatlari o‘rtasida o‘zaro mos kelmaslik holatlari mavjud. Oqibatda, bo‘sh vaqtga ega aholining ma’lum bir qismi turistik mahsulotlardan foydalanish imkoniyatiga, shuningdek iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan boshqa bir qismi esa, dam olish uchun bo‘sh vaqtga ega emasligi tufayli, hattoki qisqa muddatli ta’tilga chiqish imkoniyaga ega emas. Xalqaro turizmning samarali rivojlanishida iqtisodiy omillar o‘ziga xos o‘rinni egalllaydi. Turizmning va iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari o‘rtasida chambarchas aloqalarning mavjudligi iqtisodiy omillarning turizmga ta’sirini belgilab beradi. Ma’lum bir davlatning rivojlanish darajasi, milliy daromadning hajmi bilan fuqarolarining moddiy farovonligi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Shu sababli, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar o‘z fuqarolarining sayohatga chiqish ko‘rsatkichlari bilan jahon turizm bozorida peshqadamlik qiladi. Bunda, nafaqat aholi daromadlari, balki turizmning moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir. Aholi daromadlarining o‘sishi ular orasida dam olish yoki sayohatga chiqishni istovchi kishilar sonining oshishiga olib kelib, mamlakat yoki hudud miqyosida turizmning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bizning fikrimizcha, inflyatsiya, foiz stavkalari, valyutalar real ayriboshlash kurslaridagi tebranishlar ham turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omilar qatoriga kiradi.Yana shunday holatni e’tirof etish mumkinki, qaysi mamlakatda aholi turmush darajasi yuqori bo‘lsa, ularda turistik sayohat uchun moliyaviy mablag‘ ajratish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Dunyo amaliyotida potensial turistlarning daromadlari tahlili deyarli barcha davlatlarda turistik oqim tarkibida o‘rta sinf vakillarining nisbiy ustunligini ko‘rsatmoqda. Masalan, ularning salmog‘i Gollandiyada 40%ni, Italiyada 59%ni tashkil etadi. O‘rta sinf vakillari keng doiradagi moddiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun barqaror daromadlarga ega kishilar ijtimoiy guruhi bo‘lib, ularning moliyaviy imkoniyatlari “etarli” turmush darajasini ta’minlay oladi. Shu sababli o‘rta sinf vakillari yuqori ijtimoiy barqarorligi bilan ajralib turadi. Demak, bizning fikrimizcha, dunyo miqyosida aholining daromadlar bo‘yicha tarkibida ushbu tabaqa ulushining oshishi potensial turistlar sonining va turistik oqim hajmining kengayishiga olib keladi. Hududiy turizm hajmiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar qatoriga aholi bilim saviyasini, madaniyati darajasini, estetik talablarini (insonlarning o‘z xalqining, shuningdek boshqa xalqlar madaniyati, tarixi, yashash tarzini o‘rganishga intilishi) o‘sishi kabilarni ham kiritish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O`zbekistonda turizmning rivojlantirishning 2005-yilgacha bo`lgan davlat dasturi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 15.01.1999 yildagi UP-2286 farmoni 2.O`zbeksiton Respublikasi Turizm to`g`risidagi qonuni xalq so`zi gazetasi 109.1999 3.A.Y.Alekasndrovning Yangi avlod turizmi 02.07.2000 4. Turizm Iqtisodiyoti darsligi 2000-yildagi eski tahriri 5.M.M.Marinin turizm haqidagi risolasi 25.09.2000 Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling