Andijon Qishloq Xo`jaligi va Agrotexnologiyalar Instituti


Download 0.82 Mb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1469445
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mintaqaviy turizm Shahzodbek2023

Suv resurslari hisoblangan okean va dengizlar, daryolar, ko’llar ham katta turistik imkoniyatlarga ega. Keyingi paytlarda dunyo okeani bo’ylab sayohatga chiquvchilar soni oshmoqda. Daryo va ko’llar ham o’ziga xos mikroiqlim xususiyatlariga ega bo’lib, kishilarning asosan mavsumiy dam olishi, suv sporti, baliq tutishi uchun ob’ekt vazifasini bajaradi. SHuning uchun hozirgi paytda ko’plab dam olish uylari ushbu turistik ob’ektlarga qurilmoqda. Okean va dengiz suvlarining cho’milishi uchun qo’lay bo’lgan qirg’oqlari tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz va okean suvlarining quruqlikka tutash bo’lgan joylarida suvning harorati, chuqurligi, suv to’lqinlari, ko’tarilishi, qaytishi, oqimlar, suvning shifobaxshligi, tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi tagining relefi, suvdagi yirtqich qonxo’r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor-yo’qligi h.k., qirg’oq chiziqlarining tuzilishi, plyajlardagi qumlar va yotqiziqlarning sifati, rangi, shakllari va qolaversa bir qator omillar ta’sir etadi.
Relef, ikki xil ta’sir ko’rsatuvchi xarakterga ega bo’lib, uning noqo’layligi tufayli transport tarmoqlarini rivojlantirishga qiyinchilik to’g’diradi va turizm infratuzilmasini to’liq shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ikkinchi tomondan, tog’li hududlar asosiy rekreatsiya resurslaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Tog’li, xush manzarali, murakkab relef tuzilishiga ega bo’lgan o’lkalar turistlar oqimini o’ziga ko’proq jalb qilishadi. Murakkab tog’ relfi landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi hududlarga nisbatan turistlarni ko’proq jalb etish imkoniyatiga ega. Tog’li o’lkalar o’zining toza va sof havosi bilan ajralib, tog’ sportini rivojlantirish imkonini tug’diradi. SHveytsariya, Frantsiya, Avstriya, Germaniya, Italiya, CHexiya mamlakatlarida joylashgan dunyoga mashhur alp sayyohlik kurortlari bunga tasdiq bo’ladi.
Iqtisodiy geografik omillarga turizmning moddiy texnika bazasi, ya’ni mehmonxonalar fondi, umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran tarmoqlari), sport inshootlari, tomosha va sayr qilish, dam olish, bir qator servis xizmati ko’rsatish ob’ektlari ichki va tashqi kommunikatsiya tarmoqlari avtomobil, temiryo’l, havo yo’llari, dengiz va daryo transporti, aloqa vositalari, Internet tarmog’i kiradi. Iqtisodiy geografik omillar mavjud resurslardan unumli foydalanishga ta’sir ko’rsatib, o’z navbatida quyidagilar orqali anilanadi:

  • turstlarni qabul qiluvchi mamlakatlar, mintaqalar, hududlarning iqtisodiy- geografik o’rni, joylanishi;

  • sayyohlarni qabul qiluvchi mamlakat (mintaqa, rayon)ning umumiqtisodiy darajasi;

  • ichki turizmni rivojlanish darajasi;

  • urbanizatsiya darajasi;

  • turistlarni qabul qiluvchi mamlakatlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasi (malakali kadrlarning soni, ularning tayyorgarlik darajasi );

  • ma’lum bir hududda rekratsion resurslarning qiymati, transport xizmatlari turi, oziq-ovqat mahsulotlarning narxi, mehmonxonalarda joylashish narxlari (xizmat ko’rsatish tarmoqlarini saviyasi);

  • trasport, aloqa vositalarining hududda tutgan o’rin va holati bilan xarakterlanadi.

YUqoridagilarning har biri o’ziga xos ahamiyatga ega. Misol uchun, iqtisodiy geografik o’rnini qulayligi, mintaqaning asosiy turistik bozorlar, dunyo transport tarmoqlariga nisbatan qulay joylashganligini bildirib, shu mintaqa turizmini rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va hududning geografik o’rni ya’ni uning dengiz va okeanga yaqinligi, qirg’oq chiziqlarining xususiyati, turli xil suv, avtomobil va temir yo’llar bilan kesishish joyi, tog’li va o’rmon manzarali joylarga yaqinligi, ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog’liq bo’ladi.


Xalqaro turizmning rivojlanishida madaniy-tarixiy shart-sharoitlar, etnik shart-sharoitlar bilan qushilib ketadi. Arxitektura ob’ektlari, muzeylar, rasmlar galereyasi, mahalliy musavvirlar ishlari, tarixiy yodgorlik, obidalari ham xorijiy turistlarni o’ziga jalb qiladilar. Tarixiy yodgorliklar va boshqa xalqlar madaniyatiga qiziqish xalqaro turizmning eng muhim stimullaridan biridir.


3.O’zgaruvchan omillar va ularni turlari
Davr mobaynida o’zgaruvchanlikka ega omillarga siyosiy, ijtimoiy-demografik, moliyaviy-iqtisodiy va texnikaviy omillar kiradi.
Turistik biznesni rivojlantirishda, mamlakatdagi siyosiy vaziyatning qay ahvolda ekanligi katta ahamiyatga ega. CHunki xalqaro munosabatlarning rivojlanganligi, xavfsizlik kafolati turizmni bir moramda rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, mamlakatdagi ichki vaziyatning qay darajada turg’unligi ko’p hollarda xalqaro turizm oqimining yo’nalishini belgilaydi. Tabiiyki, davlatlararo turistlarni almashtirishda, mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro kelishuvchilik munosabatlari ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Odatdagi diplomatik aloqalar, turizm sohasidagi kelishuvlar, shartnomalar, kommunikatsiyalar va transport vositalaridan hamkorlikda foydalanish, turistik reklamalarni bir-birlari bilan almashtirish-bularning hammasi turizmning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Demografik omillar. Dunyo mamlakatlarida demografik jarayonlar (aholining tug’ilishi, o’limi, tabiiy ko’payishi, aholi migratsiyasi kabilar) ham xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. yer sharining turli davlatlarida, hududlarida va mintaqalarida aholi sonining ko’payib borishi, ayniqsa shahar aholisi aglameratsiya doirasining borgan sari kengayib borishi kishilarning dam olishi va sayyohlikka chiqishni taqazo qiladi. SHu borada turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik omillarni quyidagicha ifodalash mumkin:

  • dunyo xalqlaridagi bir-biriga o’xshashlik bo’lish umumiy tomonlari, ularning qiziqishlari h.k;

  • ayrim malakaviy sohalaridagi kishilarning maxsus sayyohlik guruhda faol ishtirok etishning kuchayib borishi;

  • turizm tarkibidagi Xotin-qizlar va yoshlar salmog’ining ortib borishi;

  • xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan kurort va sanatoriyalar tarmog’ining ko’payib borishi, ularda davolanishga mail bo’lgan kasallar sonining ortib borishi;

  • kishilarning atrof muhitga bo’lgan qarashlari, tushunchalari va munosabatlarning o’zgarib borishi h.k.

Turizm rivojlanishiga, har bir davlatning ichki iqtisodiy imkoniyati, barcha iqtisodiyot tarmoqlarining integratsiyalashuvi muhim ahamiyatga ega. Bu o’z navbatida aholini ishga doir harakatchanligini oshirib, xizmat turizmni rivojlantiradi. Odatda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xalq ommasining turmush farovonlik darajasi bir muncha yuqori bo’lganligi sababli, turizm harakati ommaviy tusga egadir. YA’ni buning asosiy sababi ishchilarning oylik ish haqi miqdori, ularning tatil paytida oladigan tatil pulining ko’pligi, nafaqaxo’rlarning nafaqa pulining yuqori bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy-demografik omillar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Turizm rivojlanishiga aholi sonining oshishi, asosan shahar aholisining ko’payishi ta’sir ko’rsatadi. Psixologlarning fikricha, shaharcha hayot shaklida, aqliy mehnatning ko’pligi, o’ta sanoatlashish, yovvoyi tabiatdan ayriligi shahar aholisini sayyohlikka intilishini kuchaytiradi. Undan tashqari aholi o’rtasida o’rtacha umr uzunligini oshishi va tug’ilishning nisbatan pasayishi kuzatilmoqda. SHuning uchun turizm industriyasini tashkillashtirishda yuqoridagi holatlarni e’tiborga olish lozim. YA’ni qo’shimcha meditsina xizmati, diyetik ovqatlar, madaniy marosimlar, sayr qilishlarni oshirishga e’tiborni qaratish muhim sanaladi.
YUqoridagi omillardan tashqari xalqaro turizmni rivojlanishiga tashqi va ichki omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarni quyidagi 2-chizma orqali ko’rish mumkin:

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling