Andijon viloyat Qo’rg’ontepa tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Hamshiralik ishi yo’nalishi 206-gurux talabasi
Download 63.78 Kb.
|
Рефарат Kattalarda hamshiralik
Mijozlarni o’qitish tushunchasi.
Bu bemor salomatligi darajasini optimal yaxshilashga qaratilgan rejalashtirilgan va sistematik olib boriladigan jarayondir. Katta yoshdagilar kichik yoshdagilarga qaraganda boy hayotiy tajribaga ega, shu sababli o’qishga, o’rganishga bo’lgan tayyorlik darajasi kichik yoshdagi o’quvchilardan ko’p. Katta yoshdagi mijozlarni to’g’ri va effektiv o’qitish uchun o’qilayotgan ob’yekt hususiyatlarini to’g’ri tushunish va o’quv jarayonida qo’llash lozim. Salomatlikka nisbatan munosabati va kasallikka nisabatan psixosotsial moslashuvi baholash. O’qishga bo’lgan tayyorgarligini baholash Salomatlik muammolariga qiziqish darajasi Salomatlikning muhimligini anglash O’zining kasalini atrofdagilarga tarqalishi xavfini anglash Kasallikka nisbatan psixosotsial moslashuv etaplarini baholash Sog’liqda muammolar bo’lganda bemor va uning oilasi turli psixologik jarayonlarni boshdan kechiradi – qo’rquv, ichki konfliktlar va hokazo. Tashqi ta’surotlar natijasida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar «Stress» deb ataladi. Inson uchun zararli bo’lgan tashqi ta’surotlar stressorlar deb ataladi, bu stressorlar ta’sirida paydo bo’ladigan psixologik, ijtimoiy va o’zini tutish reaksiyalari stress reaksiyalari deb ataladi. Stressning biologik modeli.(Gans Sele) Ekologiyaga ta’sir etuvchi zararli ta’sirotlar buyrak usti bezi po’stlog’i gipertrofiyasi , buqoq bezi, taloq va limfa tugunlari atrofiyasi kabi patologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Stressning asosiy bosqichlari: Havotirlanish davri: arterial bosim, tana haroratining pasayishi, hazm a’zolarida funksional o’zgarishlar va hokazolar. Qarshilik davri: arterial bosim, tana haroratining ko’tarilishi; Charchash davri. Stress davrlari bu ilmiy moslashish sindromning bir ko’rinishi bo’lib, uning asosida adrenogipofizlar tizimida birlamchi o’zgarishlar kuzatiladi. Hayajonlanish, ko’rish va eshitish asosiy dominant (boshqaruvchi) vazifasini o’ynaydi. Stressning paydo bo’lishida turli xil omillar: yuqori va past harorat, to’qnashuv vaziyatlari, turmush sharoitining keskin o’zgarishlari, turli xil farmakologik vositalarning ta’siri bo’lishi mumkin. Salbiy ta’surotlarni bartaraf qilish yo’llarini tibbiyot hamshirasi bemorlarga tushuntirishi lozim. Ammo hamma stresslar ham inson uchun zararli emas. «Yaxshi stress» bu eustress – organizmning yangi sharoitlarga moslashish uchun safarbar qiladi. «Yomon stress» - distress – nevrozlar rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Stress turlari: O’tkir stress – birda rivojlanadi. Surunkali stress – kuchli va nisbatan kuchsiz bo’lib, organizmga uzoq vaqt davomida ta’sir qiladi. Gomeostaz. Bu shunday holat bo’lib, bunda organizm ichki muhiti (suv, elektrolitlar, gormonlar, kislorod, ozuqa moddalari va boshqalar) organizmning tashqi muhitidagi turli o’zgarishlariga mos ravishda o’zgaradi va bir xildagi me’yorda ushlanib turadi. Koping. Biror bir qiyinchilik yoki muammolar natijasida inson stress holatiga ushlanib qolganda, u bu vaziyatdan qochishga yoki ularni yengib o’tishga harakat qiladi. Individumning doimiy va uzluksiz bu qiyinchilik va krizisni yengishga qaratilgan tegishli harakatlari koping deb ataladi. Ijtimoiy qo’llab quvvatlash. Inson turli xildagi shaxslararo munosabatlar mavjud bo’lgan muhitda yashaydi va stress ta’sirida uni o’rab turgan insonlarning qo’llab quvvatlashlarini oladi (oila, do’stlar, hamkasblar, mutaxassislar va boshqalar) bu ijtimoiy qo’llab quvvatlash deb ataladi. Ijtimoiy qo’llab quvvatlash stress reaksiyasini yengillashtiruvchi ta’sir etadi. Krizis nazariyasi: Krizis tushunchasi - krizis bu kuchli bezovtalik holati bo’lib, bu paytda inson yo’qotish havfini sezadi (qo’rquv yoki biror kimsani yoki o’zi uchun qadirli bo’lgan narsani yo’qotish havfi) yoki yo’qotish ta’sirida bo’ladi. Bu holatga inson kerakli bilimlari, malakasi va mazkur holatga tez moslasha olmasligi natijasida tushib qoladi. Krizis xususiyatlari Krizis odatda 4-6 hafta davom etadi va aniq bir ijobiy yoki salbiy natija bilan tugaydi. Bundan kelib chiqadiki, insonni qayta tiklashda muhim ro’l o’ynaydigan kishilarni bu jarayonga jalb etgan holda qisqa vaqt oralig’ida intensiv yordamni berish zarur. Yana shu muhimki, hech bo’lmasa krizisni yengillashtirib tez va normallashtirib kechishini ta’minlash va bu tajriba insonning keyingi o’sishi uchun hizmat qilishi haqida qayg’urish zarur. Krizis moduli Krizis jarayonining harakterli kechishining klassik ko’rinishi bunda krizis tuzilmasi bayon etiladi va konsepsiya tushunchasi soddalashtiriladi. (1)Aguilera D.C.& Mesick F.C. krizis moduli. Krizis moduli krizisga olib keluvchi jarayon va uni yengishga aksent berishga qaratiladi. (2)Ctivin Fink (Fink S.L.) bo’yicha krizis moduli. Aksent krizisga tushgan insonning sezgilariga va sinovlariga qaratiladi. Inson hayoti – bu insonning tug’ilishidan boshlab, o’sishi, rivojlanishi, yetuklik davri, keksayishi va so’nishini o’z ichiga oladigan davrdir. Inson butun umri davomida rivojlanib boradi. Kattalik davri qulaylik uchun o’spirinlik, yetuklik va o’rta yoshga bo’linadi. Erikson (Erikson E.H.) bo’yicha rivojlanish vazifalari. Inson umrining rivojlanishi 8 bosqichdan iborat bo’lib, Erikson konsepsiyasi xulosasiga ko’ra biron bir bosqichga erishish uchun, albatta oldingi bosqichga erishgan bo’lish kerak. Erikson bo’yicha rivojlanish vazifasining 8 bosqichi: ko’krak yoshi davri,erta bolalik yoshi, bolalik yoshi, maktab yoshi, o’spirinlik yoshi, erta kattalik yoshi, yetuklik yoshi, qarilik yoshi. Xevigxerst (Havighurst R.J.) bo’yicha rivojlanish vazifalari. Inson butun umri davomida o’qib o’rganishi kerak, har bir davrda har bir inson uchun individual vazifalar paydo bo’ladi. Inson o’z oldoda turgan vazifalarni bajarar ekan, bu uni baxtli qiladi va aksincha, bajarolmasa baxtsizlikka olib keladi. Natijada jamoani ishonchidan chiqadi-da, keying bosqichda muammolar paydo bo’ladi. Xevigxerst bo’yicha rivojlanish vazifalari 6 bosqichdan iborat: ko’krak va erta maktab yoshi, o’rta maktab yoshi, o’spirinlik yoshi, erta kattalik yoshi, o’rta kattalik yoshi, qarilik yoshi. Levinson (Levinson D.J.) bo’yicha rivojlanish vazifalari. Levinson 2 ta asosiy tushunchalarni ilgari surgan. Birinchisi, uning fikricha, tug’ilishdan to o’limgacha bo’lgan davr: bu sayohatdan iborat jarayon bo’lib, ma’lum ketma – ketlikda turli taassurotlar ta’siridan amalga oshiriladigan sayohatdir. Ikkinchidan, inson umri davrlar yoki mavsumlar bilan bog’liq holda kechadi. Inson umrining ma’lum o’zgarmaydigan ssenariysi yo’q, balki mavsumlarda o’zgarib turadigan sifatga ega. Bir mavsumdan ikkinchi mavsumga o’tish uchun ma’lum o’tish davri kerak. Download 63.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling