Andijon viloyat Qo’rg’ontepa tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Hamshiralik ishi yo’nalishi 206-gurux talabasi
Download 63.78 Kb.
|
Рефарат Kattalarda hamshiralik
Mijozning fizik holatini baholash: fizikal tekshiruvlar.
Ruhiy holatini baholash: kasallikni qanday qabul qilingaligi va barcha davolanishlar, qiyinchiliklarni hal qilish usullari va h.k. Ma’lumotlar manbaalari: Mijoz, oilasi, turli yozma axborotlar, mijoz bilan muloqotda bo’lgan barcha tibbiy hodimlar. Ma’lumot yig’ish uslubi: Obyektiv ma’lumotlar: Simptomlar, kuzatuvdagi belgi va ta’surotlar; O’lchovlar natijasida aniqlangan ma’lumotlar; Turli tekshiruv va tahlillar natijasida olingan ma’lumotlar. Subyektiv ma’lumotlar: Mijozning o’zi ta’riflab bergan ma’lumot; To’g’ridan to’g’ri bemor bilan o’zaro suhbat jarayonida olingan ma’lumot. Ma’lumot yig’ishdagi asosiy momentlar: Katta yoshdagi mijoz va hamshira o’rtasidagi o’zaro munosabat asosiy poydevor hisoblanadi; Olingan muhim ma’lumotni to’g’ri qabul qilish uchun bilim va muloqot malakasining yetarlilgi; Katta yoshdagi mijozlarning fikrlarini, subyektiv dunyoqarashini qadrlash – bemorning fikriga ahamiyat berish muhim. Mijoz va oilasini tashvishga solayotgan muommolarini diqqat bilan tinglash va ularga kerakli yordam ko’rsata olish; Ma’lumot yetarli emasligiga asoslangan holda parvarishning foydasizligi haqida gapirmaslik, vaziyatda kelib chiqqan holda u yoki bu holatda kerakli bo’lgan parvarish olib borish; Barcha ma’lumotlarni birdaniga yig’ib olishga urinmaslik; Ma’lumot tushunarsiz yoki noaniq bo’lmasligi kerak – ma’lumot tekshirilishi kerak; Konfidensial printsipiallik. Muammolarni aniqlash. Muammolarni aniqlash: yig’ilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, baholanadi va muammolar aniqlanib, hamshiralik yordami ko’rsatiladi. Parvarish muammolari – bu hamshiralik parvarishi bilan hal etilishi mumkin bo’lgan mijoz salomatligining holatiga bog’liq bo’lgan muammolardir(hamshiralik aralashuvi, real hal qilinishi mumkin bo’lgan muammolar). Muammolarni hal qilish rejasini tuzish. Reja tuzish – bu aniqlangan parvarish muammolarining muhimlik bilan tartibini aniqlovchi jarayon bo’lib, parvarish maqsadini hisobga olgan holda kutilayotgan natijalar rejalashtiriladi, bajarish muddatlari va amaliy faoliyat belgilanadi. Vazifa tanlash – bu tibbiyot hamshirasining fikrlash qobilyati bo’lib, parvarish muammolarini hal qilishda hamshira erishishi mumkin bo’lgan natijalarni aniqlab olishidir. Bu hamshiraning parvarish muammosini yechishda hohlayotgan natijalarni aniq ko’rinishidir. Hamshiralik jarayoni rejalashtirish Hamshiralik jarayoni – bu kutilgan natijani olish maqsadida parvarish qilish bo’yicha aniq yo’naltirilgan va rejalashtirilgan faoliyatidir. Kutilgan natijaga erishish uchun muammolar harakteriga tayangan holda parvarishning amaliy usullarini tanlash lozim. Bundan tashqari mijozning individual hususiyatlarini hisobga olib parvarish qilishning aniq va effektiv usullarini ko’rsatish lozim: - Hamshiralik chora tadbirlari va uni konkret amalga oshirish usullari - Hamshiralik jarayoni parvarishning spetsefik vazifalari bo’lib, muammoni hal qilish jarayoni yo’nalishlarini aks ettiradi. Baholash – olib borilgan hamshiralik jarayoni natijalarini qo’yilgan vazifalar bilan birga taqqoslash jarayoni bo’lib, ularning effektivlik darajasini aniqlashdir. Shuningdek, bunga muammolarni hal qilish jarayonining barcha etaplarini ko’rib chiqish, qayta analiz va parvarish rejasining korrektsiyasi ham kiradi. Baholash uslublari: Kutilayotgan natijalargan taaluqli bo’lgan ma’lumotni yig’ish (mijozning ahvoli, so’z va harakatlar, reaksiya, munosabatlar); Yig’ilgan ma’lumotlarni kutilayotgan natija bilan solishtirish va natijaga erishish darajasini aniqlash. Kutilayotgan natijalar parvarishning yakuniy maqsadlariga yo’naltirilganligini aniqlash. Download 63.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling