Andijon viloyat Qo’rg’ontepa tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Hamshiralik ishi yo’nalishi 206-gurux talabasi


Download 63.78 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi63.78 Kb.
#1625214
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Рефарат Kattalarda hamshiralik

O’tish davri bu ko’pgina stresslardaniborat bo’lib, osongina psixologik krizisga olib keladi.
Inson rivojlanishi uning tug’ilishidan boshlab, har bir rivojlanish bosqichini ketma – ket bosib o’tishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun tug’ilgandan keyingi har bir bosib o’tilgan bosqich inson uchun muhim ahamiyatga ega.


Hayot davrining kattalik bosqichi. Bu davr insonning jinsiy rivojlanish davridan to inson hayotiga nuqta qo’yiladigan qarilik davrigacha bo’lgan uzun hayot yo’lini o’z ichiga oladi.
Kattalik davrining bir qancha yosh toifalarga bo’lish mumkin: o’z ichiga jinsiy rivojlanish davrini oladigan o’spirinlik yoshi, yetuklik yoshi, o’rta yosh, shuningdek, keksalik yoshiga o’tish oldidan keksalik oldi yoshi.


O’spirinlik yoshi rivojlanish xususiyatlari. O’spirinlik yoshi – bu jinsiy yetilish davridan 30 yoshgacha bo’lgan oralik. Tayyorlov bosqichi – bunda inson jismonan, ruhan yetiladi va jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida o’ziga turli mas’uliyatlarni oladi. Jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan jadal o’sish va rivojlanish kuzatiladi.

O’spirinlik davrida salomatlik muammolari. O’spirinlik davrida jismoniy jihatdan tana tuzilishi shakllanib mustahkamlanadi, bu davrda maksimal darajada faoliyat yuritish imkoni bo’ladi, kasallanish holati kamdan kam kuzatiladi.
Kuchning ko’pligi o’z imkoniyatlariga ichonuvchanlikka olib keladi. Bu yosh osonlik bilan nomuntazam hayot kechirishga, o’z sog’lig’iga nisbatan befarq munosabatda bo’lishga imkon yaratadi, shuning oqibatida inson ko’pincha baxtsiz hodisalarga uchraydi va turli xil jarohatlar olishi mumkin.
Ota – onalari, do’stlari bilan o’zaro munosabatdagi kelishmovchiliklar natijasida kelib chiqadigan qo’rquv va zo’riqish hisobiga, jismoniy muammolarga nisbatan ruhiy muammolar ustunlik qiladi. Jinsiy ongining erta rivojlanishi, seksual hulq – atvor, homilani oldirish yoki jinsiy aloqa orqali kelib chiqadigan yuqumli kasalliklar rivojlanishi kabi muammolarga olib keladi.

Rivojlanishning yetuklik yoshidagi xususiyatlari. Yetuklik yoshi – 30 dan 50 yoshgacha bo’lgan oraliqni o’z ichiga oladi. Bu yoshga kelib, odatda inson jismonan to’liq yetiladi, ruhiy va sotsial yetuklik darajasini yanada oshirib, mustahkamlab boradi va hayotiy faollikning eng yuqori cho’qqisida bo’ladi. Yana shu davrga kelib unga nisbatan jamiyat tomonidan katta ishonch bildiriladi. Inson oila shaklida o’zining kichik jamiyatini yaratadi. Kasbiy muvaffaqiyatlariga erishish jarayonida jamoat ishlaridagi faoliyat ko’rsatishi va oila qurish tufayli juda katta hayot masalalariga duch keladiki, bu uning keying o’sishini ta’minlaydi.

Orta yoshlilarning rivojlanish xususiyatlari. Orta yosh 50 dan 65 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va bu davr keksalik oldi davri deyiladi. Inson yetuklik yoshidan o’tgandan keyin, u jismoniy imkoniyatkarining pasayganligini his qiladi. Ruhiy va sotsial tomondan to’liq yetiladi. Qarish jarayoni bilan bir vaqtda inson o’zining jismoniy va ruhiy so’nib borayotganini his qiladi hamda o’zining shaxsiy rivojlanishidagi sekinlashuvni sezadi va kelgusi hayoti haqida qayg’ura boshlaydi.

Yetuklik v aorta yoshlarga xos muammolar. Yetuklik va o’rta yoshlarga xos muammolar shundan iboratki, insonni o’rab turuvchi turli ijtimoiy omillar organizmni ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Inson ishdagi, oiladagi o’zaro munosabatda va o’z o’rnidagi majburiyatlarni bajarishda juda ko’p ruhiy va sotsial muammolarga duch keladi. Bu muammolar stressga olib keladi. Mana shu stress oqibatida sog’liqdagi muammolar kelib chiqadi.
O’rganilgan odatlar asosida kundalik hayot olib boriladi, ma’lum bir hayot tarsi shakllanadi. Odat bo’lib qolgan chekish, spirtli ichimlik ichish, ko’p ovqat iste’mol qilish va harakatchanlikning sustligi qandli diabet va gipertoniya kabi kasalliklirning rivojlanishiga olib keladi.


Hayotiy odatlar bilan bog’liq salomatlik muammolari. Insonlarda kasallik rivojlanishiga olib keluvchi va uning keying oqibatlarini kelib chiqishiga ta’sir etuvchi birdan biro mil – bu hayotiy odatlar hisoblanadi. Kundalik harakterga ega bo’lgan hayotdagi zararli odatlar turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Hayotiy odatlarni o’zgartirish esa kasalliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Alkogol qabul qilish: oshqozon – ichak trakti va jigar ishining buzilish, qon aylanish tizimi kasalliklari, semizlik va qandli diabet kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Chekish: nafas a’zolari, qon aylanish a’zolari, hazm a’zolariga ta’sir qiladi va hokazo.
Ovqatlanishni ta’siri: hayvon yog’larini haddan tashqari ko’p iste’mol qilish qonda xolesterin miqdorini ko’tarilishiga olib keladi va giperlipedemiya kelib chiqadi, bu esa yurakning ishemik kasalliklarini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Kaloriyasi yuqori yoki juda sho’r ovqatlar yeyish keyinchalik yog’ bosishi yoki gipertoniyaga olib keladi. Bundan tashqari, semirish insulinga sezuvchanlikni pasaytiradi va qandli diabet kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Harakat faolligi ta’siri: harakat faolligi inson salomatligini saqlashda muhim samara beradi – mushak va yog’ to’qimalarida insulinga sezuvchanlikni yaxshilaydi, qonda neytral yog’lar miqdorini kamaytiradi, qondagi qand miqdorini pasaytiradi. Yaxshi jismoniy faolligini ushlab turuvchi insonlarda yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, yog’ bosish, osteoporoz kelib chiqish havfi kamayadi hamda ruhiy salomatlikning yaxshilanishiga olib keladi.
Sog’liqning kasbga bog’liq muammolari: sog’liqning kasbga bog’liq muammolari – bu ma’lum bir kasb bilan shug’ullanish natijasida kelib chiqadigan organizmdagi buzilishlar va kasalliklardir. Bu kasalliklar ishdagi fizik va kimyoviy ta’sirlar, ish uslublari va boshqa mehnat sharoitlarining ta’siri natijasida kelib chiqadi. Kasallik kelib chiqqandan keyin uni butunlay davolab sog’aytirish juda qiyin, shuning uchun kasallik sabablarini bartaraf qilgan holda oldini olish zarur.
Download 63.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling