Andijon viloyat Qo’rg’ontepa tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Hamshiralik ishi yo’nalishi 206-gurux talabasi


Download 63.78 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi63.78 Kb.
#1625214
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Рефарат Kattalarda hamshiralik




Andijon viloyat Qo’rg’ontepa tumani
Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Hamshiralik ishi yo’nalishi 206-gurux talabasi
Mamatova Zuxro Alijon qizining
Jamoada xamshiralik ishi fanidan tayyorlagan

R E F E R A T I

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


Mavzu: Kattalarda hamshiralik parvarishi va uning xususiyatlari.

Reja:
1.Kattalarda hamshiralik parvarishiga umumiy ta’rif.

2.Katta yoshdagi bemorlarni o’qitish va muommolarini yechish jarayonini.

3.Kattalarda hamshiralik parvarishida qo’llaniladigan asosiy nazariyalar.

4.Katta yoshdagilarning rivojlanish bosqich va vazifalari.

5.Katta yoshdagilarning har bir bosqichidagi xususiyatlari.

6.Sog’lom hayot va katta yoshdagi odamlarda salomatlik muammolari.



Kattalarning salomatligiga bog’liq muommolar murakkab harakterga ega va uning zamirida ko’p omillar yotadi. Katta yoshdagi insonlarni salomatligini saqlab turish va yaxshilash uchun uning shaxsi orqasidan yashirinib turgan turli omillarni to’g’ri tushinish zarur va bemor hayotini hisobga olgan holda samarali yordam ko’rsatish kerak. Shuning uchun muommolarni muntazam yechish jarayonida asosan bemor salomatligini yetarlicha tekshirish va samarali yordam ko’rsatish kerak.
Kattalarda hamshiralik parvarishi – bu katta yosh rivojlanish bosqichida bo’lgan insonga sog’lom kundalik hayot kechirishi uchun, rivojlanish vazifalarini mustaqil bajarishi uchun hamda sog’lom qarilik davriga o’tishiga qaratilgan professional parvarishni amalga oshirishdir.
Kattalarda hamshiralik parvarishida salomatlik muommolarida yechish jarayoni.

Muammolarni yechish jarayonini tashkil etuvchi elementlar.
a)Tahlil: katta yoshdagi bemorlarga tegishli ma’lumotlarni muntazam yig’ish va parvarish bo’yicha muommolarni aniqlash.
b)Rejalashtirish: parvarish muommolari ichidan muhimlik tartibini aniqlash va qo’yilgan vazifalar, ularni bajarish muddatlarini hamda muommolarini yechish usullarini o’z ichiga oluvchi parvarish rejasini tuzish.
c)Amalga oshirish: rejalashtirilgan parvarishni olib borish va shu bilan birga hamshira faoliyati natijalari haqida ma’lumot olish.
d)Baholash: amalga oshirilgan parvarish natijalari qo’yilgan vazifalar bilan solishtiriladi.Barcha bosqich jarayonlari umumlashtiriladi va parvarish muommolari yechilgan yoki yechilmaganligi aniqlanadi.
Barcha tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligi yuqorida sanab o’tilgan 4 ta tarkibiy qismlar amaliy parvarish ko’rsatish jarayonini ifodalaydi va bunda 4 ta bosqich ketma-ketlikda keladi.
Katta yoshdagi odamlar bir-biridan individual hayotiy foni va turli tuman odatlari bilan farq qiladi. Hamda qarish jarayonida yuzaga keladigan jismoniy o’zgarishlarni boshidan kechiradi va turli xil hayotiy muommolarga ega. Shuningdek, katta insonlar salomatligi shu hamma omillarning murakkab yig’indisi ta’siri ostida shakllanadi. Shuning uchun salomatlik holatini baholash va tahlil qilishda muntazam va ilmiy yondashib, rahbarlik qilish zarur. Tahlil obyekt salomatligiga tegishli muntazam ma’lumotlar yig’ish va parvarishdagi muommolarni aniqlashdan iborat.


Download 63.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling