Andijon viloyatida xalqaro yuklarni tashish jarayoni uchun yetkazib berish zanjiriini boshqarishni takomillashtirish


– rasm. Tovarlarni Yetkazib berish davrida logistik zanjirlani turlari


Download 64.54 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi64.54 Kb.
#1618652
1   2   3
Bog'liq
!Yulchibayev Omadbek Ulug‘bek o‘g‘li

2– rasm. Tovarlarni Yetkazib berish davrida logistik zanjirlani turlari

Mahsulot tannarxidagi transport xarajatlari ulushini kamaytirish eng muhim vazifalardan biridir, chunki sanoat mahsulotining tannarxida transport xarajatlarining oshishi mamlakatimiz tovarlarining raqobatbardoshligiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakat ichkarisida yuk tashish xiz- matlarining qiymati xalqaro tashish xizmatlarining (shu jumladan tranzit xizmatlarining) qiymati kabi ko‘rsatkichlar nisbatan yuqoriligicha qolmoqda hamda oxirgi yillarda katta sur’atlarda oshib bormoqda. Jumladan, 2020-2022 yillardan boshlab transport xizmatlari narxlarining o‘sishi iqtisodiyotdagi, xususan, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, sanoat mahsulotlari narxlari o‘sishi sur’atlaridan ancha o‘zib ketdi.





3-rasm. 2015-2022 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va mahsulotlarini tashish

Yuqoridagi rasmda yuk tashish tariflari nisbatan yuqori bo‘lgan avtomobilda tashish qiymatini pasaytirish eng muxim vazifadir. Jumladan, 20 tonna yukni (to‘qimachilik mahsulotini) 500 kilometrlik masofaga avtomobilda 1 kilometrga tashish qiymati O‘zbekitsonda 1,75 dollarni, Qozog‘istonda 1,19 dollarni, Qirg‘izistonda 1,35 dollarni, Tojikistonda 1,11 dollarni, Turkmanistonda 0,71 dollarni tashkil etadi. Bunday holatning sabablari quyidagilardan iborat.


Birinchidan, avtotashuvchi kompaniyalarning avtosaroyi eskirmoqda. Respublikamizda yuk avtomobillari saroyining taxminan 60 foizi (2018 yil boshidagi holatga ko‘ra) 15 yildan ortiq ekspluatatsiya qilingan. Eskirgan avtosaroy yoqilg‘i ko‘proq sarflanishiga va yuk tashish qiymatining oshishiga olib kelmoqda. Jumladan, yuk avtomobilining 100 km yo‘lga yoqilg‘i sarfi O‘zbekistonda 34-41 l., Evropa Ittifoqida 32-34 litrni tashkiletadi.
Ikkinchidan, yuk avtomobillarini import qilishga qo‘yilgan bojxona to‘lovlari stavkalari. Jumladan, Respublikamizga Evropada ishlab chiqarilgan zamonaviy avtopoezdni import qilishda to‘lovlarning umumiy summasi (bojxona boji, QQS, aksiz, Yo‘l jamg‘armasiga yig‘im va hokazolar) tovar bojxona qiymatining 110- 146 foizini tashkil etmoqda. Natijada Respublikamizda 2011-2017 yillarda yuk avtotransporti saroyining o‘sishi 0,6 foizni tashkil etdi. AQSHda shu davr mobaynida u 5,7 foizni, Polshada 40,1 foizni, Rossiya Federatsiyasida 25,4 foizni, Sloveniyada 48,7 foizni, Slovakiyada 64,7 foizni tashkil etdi.
Uchinchidan, avtotashuvchilarning transport xizmatlarining narxlariga ularning faolitini litsenziyalash mexanizmining og‘irlashtirilgani, Xalqaro avtotashish kvotalariga kirish huquqidek omillar ta’sir qiladi.



Download 64.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling