Android studioda uchraydigan ba'zi xatoliklar
Download 370.23 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Android Gradle Plugin
- Gradle Wrapper
Android studioda uchraydigan ba'zi xatoliklar Abdulaziz RasulbekApril 20, 2020 Assalomu alaykum ushbu maqolamizda Xudo xohlasa Android studioda Gradle bilan uchraydigan xatoliklardan ba'zilarini ko'rib chiqib, bartaraf etishga harakat qilamiz. Dastlab Gradlega to'xtalib o'tsak. Gradle o'zi nima? Android operation tizimida asosan Gradlega oid quyidagi uchta tushunchaga duch kelamiz:
Gradle Android Gradle Plugin Gradle Wrapper Gradle Gradle asosan moslashuvchanlik va ishlash samaradorligiga e'tibor qaratadigan, ochiq manbali, loyihani qurishni avtomatlashtirish vositasidir. Nazariy jihatdan, Gradle har qanday loyihani, masalan, Java, Android va hatto iOS loyihasini qurish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, u har qanday IDE bilan moslashtirilishi mumkin, masalan, Android Studio, Netbeans yoki Eclipse. Gradlening ajoyib xususiyatlaridan biri bu Custom Pluginlarni qo'llab-quvvatlashidir. Ya'ni o'z loyihamiz uchun Gradle asosida ishlaydigan plugin yozib ishlatishimiz mumkin.
buildscript { .... dependencies { classpath 'com.android.tools.build:gradle:3.6.3' } .... } Yuqoridagi misolda Android Studio 3.6.3 versiyasi uchun chiqarilgan Android Gradle Pluginning 3.6.3 versiyasi ishlatilganini ko'rish mumkin. Ushbu plaginning har bir versiyasi uchun Gradlening minimal versiyasi talab qilinadi uni ushbu gradle-plugin linki yoki quyidagi jadval orqali bilish mumkin: Gradle-Plugin Masalan, Android Gradle Plugin 3.6.0+ versiyasi Gradlening minimal 5.6.4 versiyasini talab qiladi.
Ushbu Wrapper sozlamalari loyiha katalogi ostidagi gradle-wrapper.properties dan sozlash mumkin bo'ladi. Masalan quyidagicha: distributionUrl=https\://services.gradle.org/distributions/gradle-5.6.4-all.zip yoki Project structure orqali ham sozlash mumkin buning uchun Android Studioda Ctrl+Alt+Shift+S klavishlar kombinatsiyasi bosiladi. Quyidagi oyna hosil bo'ladi: Project structure Ikkinchi maydonni o'zgartirish orqali Gradle versionni sozlash imkoniyatiga egamiz. ------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------ Endi shu Gradle va shu bilan birga Kotlin plugini bilan bog'liq xatoliklarga to'xtalib o'tsak. Aytaylik birorta kompyuterda Android studioda ochilgan loyihani o'zimizning kompyutermizga ko'chiradigan bo'lsak yoki Internetdan open-source loyihaning kodini yuklab oladigan bo'lsak Gradle versiyasi, Android Gradle Plugin yoki Kotlin plugin versiyasi bilan bo'g'liq muammolarga duch kelamiz. Bu avvalo ikkita sababga ko'ra bo'lishi mumkin. Boshqa kompyuterda ochilgan loyihaning Gradle yoki Kotlin plugin versiyasi yuqori bo'lishi hisobiga Internetdan yuklab olingan loyihaning Gradle yoki Kotlin plugin versiyasi pastligi hisobiga birinchi holat asosan narigi kompyuterda Android Studioning oxirgi versiyasi o'rnatilgan va shunga mutanosib ravishda Gradle, Android Gradle Plugin va Kotlin versiyalari oxirgisiga yangilangani hisobiga bo'lishi mumkin. Agar bizda Internet trafik cheklanmagan miqdorda va yuqori tezlikda bo'lsa buni Gradle offline modeni o'chirib qayta sinxronizatsiya qilish orqali internetdan yuklab olish mumkin. Ha aytgancha Android Studioning 3.6.0+ versiyasidan boshlab Offline modeni o'chirib yoqish biroz o'zgargan. Buning uchun menular qatoridan View->Tool Windows->Gradle bosiladi va quyidagi oyna hosil bo'ladi: shu yerdagi Toggle Offline Mode buttoni orqali o'chirib yoqishimiz mumkin bo'ladi. Toggle Offline Mode Lekin "Internet orqali yuklab olishda muammo bo'lganda taqdirdachi, cache xotirada bor Gradledan yoki kotlin plugindan foydalansak bo'lmaydimi" degan savol tug'iladi.
Download 370.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling