ASALARI OILALARINING NOBUD BO‘LISH SINDROMI
Butun dunyodagi asalari oilalariga xavfli hodi-
sa tahdid solmoqda. Ushbu hodisa asalari oilala-
rining nobud bo‘lish sindromi deb ataladi. Bu ho-
disa asalarilar o‘z uyalarini tark etishi bilan ifo-
dalanadi. Uyadan ajralib chiqqan arilar o‘ladi,
shunday qilib, asalari oilalarining nobud bo‘lish sindromi o‘n
milliardlab
asalarilarning o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Tadqiqotchilarning fikricha,
asalari oilalari
nobud bo‘lishining bir nechta sabablari bor.
1-savol
“Asalari oilalarining nobud bo‘lish sindromi” matnini o‘qing.
Savolga javob yozing.
Asalarichilik bilan shug‘ullanadigan va asalarilarni o‘rganadigan
odamlar
uchun asalari oilalarining nobud bo‘lish sindromini tushunishlari muhimdir. Asalari
oilalarining nobud bo‘lish sindromi asalarilardan boshqa organizmlarga ham ta’sir
ko‘rsatadi. Qushlarni o‘rganadigan odamlar bunday ta’sirni payqashgan.
Kungaboqar o‘simligi asalarilar hamda ayrim
turdagi qushlar uchun ozuqa
manbaidir. Asalarilar kungaboqarning
nektari bilan oziqlansa,
qushlar ularning
urug‘lari bilan oziqlanadi.
Ushbu bog‘liqlikni inobatga olgan holda, nima sababdan asalarilarning yo‘q
bo‘lib ketishi qushlar populyatsiyasining kamayishiga olib kelishi mumkin?