Angren shahar 4-ixtisoslashtirilgan davlat
ASALARI OILALARINING NOBUD BO‘LISH SINDROMI
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOLOGIYA PISA DAFTAR
ASALARI OILALARINING NOBUD BO‘LISH SINDROMI Imidakloprid ta’siri Tadqiqotchilarning fikricha, asalari oilalari nobud bo‘lishining bir nechta sa bablari bor. Ulardan biri imidakloprid insektitsidi bo‘lib, asalarilar uning ta’sirida o‘z uyalaridan tashqarida yo‘nalishni aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Tadqiqotchilar asalari oilalari nobud bo‘lishiga imidakloprid ta’sirini tekshirib ko‘rishdi. Ular uch hafta mobaynida ayrim asalari oilalarining ozuqasiga mazkur insektitsiddan bir kilogramm ozuqaga mikrogramm miqdorda (mɡ/kg ) qo‘shishdi. Ba’zi asalari oilalariga insektitsid umuman ta’sir ettirilmadi. Insektitsid ta’sir ettirilgan asalari oilalarining hech qaysisi darhol nobud bo‘lmadi. Biroq 14-haftaga kelib, ayrim asalari uyalari bo‘shab qoldi. Quyidagi grafikda kuzatish natijalari keltirilgan. 1 2-savol “Imidakloprid ta’siri” matnini o‘qing. “Ro‘yxat” bandidan foydalanib, jumlani to‘ldiring. “Ro‘yxat” bandidan foydalanib, quyidagi jumlani to‘ldirish orqali tadqiqotchilarning tajribasini tasvirlang. Tadqiqotchilar____________________________________________ning ________________________________________ga ta’sirini tekshirib ko‘rishdi. Ro‘yxat: > asalari oilalarining nobud bo‘lishi; > ozuqadagi imidakloprid konsentratsiyasi; > asalarilarning imidaklopridga qarshi immuniteti . 3-savol “Imidakloprid ta’siri” matnini o‘qing. Savolga javob berish uchun bitta javob variantini tanlang. Quyida keltirilgan xulosalarning qaysi biri grafikda ifodalangan natijalarga mos keladi? A) Ko‘p miqdorda imidakloprid ta’sir ettirilgan asalari oilalari tezroq nobud bo‘lishga moyil. B) Imidakloprid ta’sir ettrilgan asalari oilalari 10 hafta ichida nobud bo‘ladi. C) Imidakloprid konsentratsiyasi 20 mɡ/kg dan kam bo‘lganda asalari oilalariga zarar yetkazmaydi. D) Imidakloprid ta’sir ettirigan asalari oilalari 14 haftadan ortiq yashay olishmaydi. Javob:_______ 4-savol “Imidakloprid ta’siri” matnini o‘qing. Savolga javob yozing. Tadqiqotchilar imidakloprid ta’sir ettirmagan (0 mg/kg) asalari oilalarining 20-haftadagi natijasiga qarang . Unga ko‘ra, tadqiq etilgan asalari oilalarining nobud bo‘lish sabablari haqida nima deyish mumkin? Javob:___________________________________________________ ________________________________________________________ 5-savol Savolga javob berish uchun bitta javob variantini tanlang. Olimlar asalari oilalari nobud bo‘lishiga ikkita qo‘shimcha sabab borligini taxmin qilishmoqda: • asalarilarga yuqadigan va ularni o‘ldiradigan virus. • asalarilarning qorin bo’limiga tuxum qo‘yadigan parazit pashsha. Quyida keltirilgan xulosalarning qaysi biri asalarilar virus sababli nobud bo‘lgan degan taxminni tasdiqlaydi? A) Asalari uyalarida yot organizm tuxumlari topilgan B)Asalari hujayralarida insektitsidlar topilgan C) Asalari hujayralarida asalarilarga tegishli bo‘lmagan DNK topilgan D) Asalari uyalarida o‘lgan asalarilar topilgan Javob:_______ Ball___________ 2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling