Angren shahar 4-ixtisoslashtirilgan davlat
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOLOGIYA PISA DAFTAR
3-savol Qaysidir mamlakatda bir nafar odamga to‘g‘ri keladigan kariyes bilan kasallangan tishlarning o‘rtacha soni ancha yuqoridir. Ushbu mamlakatda tishlar kariyesi bilan bog‘liq muammoga quyida keltirilgan savollarga ilmiy tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan javob topish mumkinmi? Har bir savol uchun “Ha” yoki “Yo‘q”ni aylanaga oling. Ball___________ MERI MONTEGYU Vaksinatsiya tarixi Meri Montegyu go‘zal ayol edi. U 1715-yilda tabiiy chechak bilan kasallanganidan so‘ng omon qoldi, biroq uning butun terisi chandiqlar bilan qoplandi. U 1717-yilda Turkiyada yashagan vaqtda o‘sha yerda keng tarqal gan emlash deb atalgan usulni kuzatgandi. Bunda baquvvat, yosh odamlarning terisini tirnab, tabiiy chechak virusining kuchsiz formasi kiritilgan, so‘ngra ular kasallikka chalin ganlar, ammo kasallik ko‘pincha yengil kechgan. Meri Montegyu emlashning Xavfsiz- ligiga o‘ta ishongani sababli o‘g‘li va qizini emlashga rozilik bergan. 1796-yilda Edvard Jenner tabiiy chechakka qarshi antitelolar ishlab chiqarish uchun bu kasallikka yaqin bo‘lgan sigir chechagidan foydalanib, emlash o‘tkazgan. 4 1-savol Yuqorida keltirilgan gazetadan olingan maqolani o‘qing va quyidagi savollarga javob bering. Odamlarni qaysi turdagi kasalliklarga qarshi emlash mumkin? A Gemofiliya kabi irsiy kasalliklarga qarshi B Poliomiyelit kabi virusli kasalliklarga qarshi C Diabet kabi organizmning funksional o‘zgarishlari bilan bog‘liq kasalliklarga qarshi D Dorisi kashf etilmagan har qanday kasallikka qarshi Javob:_______ 2-savol Agar odam yoki hayvonlar bakteriyalar keltirib chiqaradigan biror kasallik bilan kasallanib, so‘ngra tuzalsa, odatda, muayyan kasallikning sababchisi bo‘lgan bakteriyalar o‘sha kasallikni qaytadan keltirib chiqarmaydi. Buning sababi nimada? A)Organizm muayyan kasallikni keltirib chiqaradigan barcha bakteriyalarni o‘ldiradi B)Organizm bunday bakteriyalar ko‘payishni boshlashidan avval ularni yo‘q qiladigan antitelolarni ishlab chiqaradi C)Qizil qon tanachalari muayyan kasallikni keltirib chiqaradigan barcha bakteriyalarni yo‘q qiladi D)Qizil qon tanachalari bunday bakteriyalarni o‘rab olib, organizmni ulardan xalos etadi Javob:_______ 3-savol Nima sababdan, ayniqsa, yosh bolalar va qariyalarni grippga qarshi emlash tavsiya etiladi? Buning sabablaridan birini ko‘rsating. Javob: ______________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________ Ball___________ Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling