Angren universiteti fan: Falsafa
Download 482 Kb.
|
Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo\'nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neopozitivizm
Empiriokrititsizm pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli sifatida XIX–XX asrlar chegarasida yuzaga keldi. Uning eng mashhur namoyandalari – E.Max (1838-1916) va R.Avenarius (1843-1896). Ilk pozitivizmdan farqli o‘laroq, empiriokrititsizm falsafaga «ikkinchi pozitivizm»ni sintez qiluvchi fan sifatida yondashadi, uni bilish nazariyasiga bog‘laydi. Empiriokrititsizm «tajriba tanqidi» degan ma'noni anglatadi va «tajribani metafizik tabiatni o‘zgartiruvchi barcha qoidalardan tozalash»ni nazarda tutadi. E.Max fikriga ko‘ra, tajriba amalda «dunyo elementlari» hisoblanuvchi sezgilardan iboratdir. Binobarin, pozitivizm o‘zining maxizm shaklini kasb etgan ikkinchi bosqichida butun falsafiy faoliyatni inson tajribasi hissiy asosining ruhiy-fiziologik shakllari tahliliga bog‘ladi. Maxizm falsafasida dunyo «sezgilar majmui» tarzida namoyon bo‘ldiki, bu materializmdan butunlay voz kechilishi, ingliz faylasufi Berklining sub'ektiv idealizmi o‘ziga xos tarzda tiklanishini anglatadi. Xullas, ikkinchi pozitivizm yaratuvchilari bilish jarayonining nazariy modelini tuzishga harakat qildilar.
Neopozitivizm, pozitivizmning uchinchi tarixiy shakli sifatida, ilmiy nazariyalarning haqiqatnamoligini, ularning nisbiy qimmatini aniqlash metodlarini o‘z falsafiy faoliyatining predmetiga aylantirdi. Bu bosqich vakillari pozitivizmning asosiy tamoyillariga tayanib, an'anaviy falsafa tushunchalari noilmiydir, chunki ularni tajribada tekshirish mumkin emas, deb e'lon qildilar. Neopozitivistlar u yoki bu ilmiy xulosalar, konsepsiyalar va nazariyalarning to‘g‘riligi, haqiqiyligini tekshirish metodlariga asosiy e'tiborni qaratdilar. Ular hozirgi ilmiy bilimlarning haqiqiyligini tekshirishning asosiy tamoyillari: verifikatsiya, falsifikatsiya va konvensiya tamoyilarini ta'riflab berdilar. Verifikatsiya (lot. «verus» - haqiqiy va «facio» - bajaraman) tamoyili nuqtai nazaridan hissiy tajriba dalillari bilan tasdiqlanuvchi ilmiy qoidalargina haqiqiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tajribada sinalishi mumkin bo‘lgan mulohazalargina ahamiyat kasb etadi. Neopozitivizm metafizik farazlarni aniqlash ishida verifikatsiya tamoyili muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlagan. Biroq bu tamoyil o‘zini oqlamadi, chunki u fan tuzilishi va dinamikasiga mos kelmasdi. Verifikatsiya tamoyiliga qarshi quyidagi e'tirozlar mavjud: Fanda tajribada sinash mumkin bo‘lmagan bilimlar hanuzgacha mavjud. Biroq ularni keyinchalik, kuzatish va eksperiment texnikasi rivojlanganidan so‘ng tekshirish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, O.Kont osmon jismlarining kimyoviy tarkibi haqidagi masalani metafizik masala deb hisoblagan. U mazkur masalaning yechimini topish mumkin emasligini qayd etgan. O. Kont vafotidan so‘ng oradan ikki yil o‘tgach spektral analiz paydo bo‘ldi va uning yordamida osmon jismlarining kimyoviy tarkibi aniqlandi. Tarixiy bilim – o‘tmish haqidagi, hozir mavjud bo‘lmagan narsalar haqidagi bilim. Verifikatsiya tamoyili esa mavjud borliqqa tayanishni talab qiladi. Biroq o‘tmishni ham bilish mumkin. Verifikatsiya tamoyiliga ko‘ra esa, barcha tarixiy mulohazalar ma'nosizdir. Ma'noli mulohazalar majmuini neopozitivizm ikki turga – sintetik va analitik mulohazalarga ajratadi. Verifikatsiya tamoyilining o‘zini mulohazalarning qaysi turiga kiritish mumkin? Bu tavtologiya ham, tajribada sinalgan (sintetik) mulohaza ham emas. Mazkur tamoyilning kelib chiqishi falsafiy xususiyatga ega, mohiyat e'tibori bilan bu mantiqiy pozitivizm qabul qila olmaydigan metafizik qoidadir. Falsifikatsiya tamoyili ilgari surilgan qoidalarni tasdiqlashga emas, balki rad etishga qarab mo‘ljal oladi. U ilmiylikka da'vogar bo‘lgan qoidalarni rad etishga harakat qilishni nazarda tutadi. Ilgari surilgan qoidani rad etib bo‘lmasa, uni haqiqiy yoki hyech bo‘lmasa o‘rinli deb hisoblash mumkin. Rad etilgan qoidadan esa voz kechilishi lozim. Fanni o‘rganish sohasidagi falsafiy yo‘nalish sifatida, Neopozitivizm, 50-yillar oxiri – 60-yillarning boshlarida o‘z nufuzini yo‘qotdi, va shu davrda «To‘rtinchi pozitivizm» yoki postpozitivizm maydonga chiqdi. Uning eng mashhur namoyandalari qatoriga K.Popper, I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, P.Feyerabend, D.Agatssini kiritish mumkin. Download 482 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling