Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "
-rasm. Bozor xo’jaligi subyektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Bozor iqtisodiyotida Davlatning roʼli va vazifalari
1.1-rasm. Bozor xo’jaligi subyektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta tarkibiy qismdan iborat boiadi: narx, talab, taklif, raqobat. Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yoki ko‘rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z navbatida, narxlardagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: Bank Korxona (firma) Davlat Uy xo`jaligi 8 - turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustuvorligi; - tadbirkorlik va tanlov erkinligi; - raqobat kurashming mavjudligi; - davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; - korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga moslashuvchanligi. Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning shaxsan erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi; j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun ishlash. Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan iqtisodiyoti deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari: 9 a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi; b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi; v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan- texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar); d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining vujudga kelishi. Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ulaming qonun- qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (2-rasm). Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling