«Aniq fanlar» kafedrasi fanidan ma’ruzalar matni


EHM da masalalar yechishning asosiy bosqichlari


Download 1.15 Mb.
bet6/161
Sana02.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#200874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
dasturlash fanidan maruzalar matni 2

EHM da masalalar yechishning asosiy bosqichlari

EHM bilan bevosita ishlashdan oldin qanday bosqichlarni bajarish kerakligini ko`rib chiqamiz. Istalgan hayotiy yoki matematik, fizik va hokazo masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma'lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat’iy ta'riflangan matematik yoki fizik va hokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So`ngra yechishning maqsadi, ya'ni masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi ko`rsatiladi.



Birinchi bosqich — masalani qo`yish. Istalgan masalani yechish uning qo`yilishidan boshlanadi. Masala shartining aniq ifodasi masalaning matematik (fizik va hokazo) qo`yilishi deb ham ataladi. Masalaning qo`yilishida boshlang’ich ma'lumotlar yoki argumentlar hamda qiymatlari aniqlanishi kerak bo`lgan kattaliklar, ya'ni natijalar ajratiladi. Masalani qo`yish uni yechishning birinchi bosqichi bo`ladi. Bunga turli-tuman misollar keltirish mumkin:

1. Tomonlarining uzunligi ma'lum bo`lgan to`g’ri to`rt-burchakning yuzi hisoblansin.

2. Bosib o`tilgan yo`l va ketgan vaqt ma'lum bo`lsa, yo`lovchining tezligi aniqlansin.

3. Mashhur Pifagordan so`rashdi: Sizning maktabingizga nechta o`quvchi qatnashadi va suhbatingizni tinglaydiq Pifagor javob berdi: mening o`quvchilarimning yarmi matematikani o`rganadi, choragi musiqani o`rganadi, yettidan biri jimgina fikrlaydi, qolgani esa 3 ta. Pifagor maktabida nechta o`quvchi bo`lganq

4. Shaxmat taxtasining kataklaridan bir katakka qayta yurmaslik sharti asosida, ot bilan yurib o`ting.

5. O`tloqdagi qo`ylarning sakkizdan birining kvadrati o`tlayotgan, qolgan 12 tasi yotgan bo`lsa, hammasi bo`lib nechta qo`y bor.




Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling