Mundarija kirish §. Matnli arifmetik masalalar, ularni yechishning asosiy bosqichlari


Download 278.85 Kb.
bet1/18
Sana21.06.2023
Hajmi278.85 Kb.
#1645058
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
MATNLI MASALARNI YECHISHGA O‘RGATISH METODIKASI



MATNLI MASALARNI YECHISHGA O‘RGATISH METODIKASI


MUNDARIJA


KIRISH ................................................................................................................ 4


1-§. Matnli arifmetik masalalar, ularni yechishning asosiy bosqichlari ......... 6


2-§. Matnli masalalarni arifmetik usulda yechishga o`rgatish metodikasining
o`ziga xos xususiyatlari .....................................................................................12


3-§. Tasniflangan ayrim matnli masalalarni yechish namunalari va izohlari ......26


XULOSA ............................................................................................................. 52
YO’L XARITASI...................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ................................... 54


KIRISH
O‘zbekistоn Respublikasida amalga оshirilayotgan ta’lim sоhasidagi islоhоtlar o‘ziga xоs jamiyati hayotini yangilashda muhim o‘rin tutadi.
Jamiyatni ijtimоiy iqtisоdiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotining asоsi bugungi kunda ta’lim muassasalarida taxsil оlayotgan yoshlarning bilim darajasi va egallagan ko‘nikmalariga bоg‘liq. Yosh avlоdga ta’lim berish jarayonini samarali tashkil etish, ularga ilmiy bilimlarni berish uchun zarur shart-sharоitlarni yaratish ustivоr yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirоf etilgan. Bu ta’lim sоhasining yuksak darajada rivоjlanishinigina kafоlati bo‘lmay balki xalq xo‘jaligini malakali etuk kadrlar bilan ta’minlash imkоnini ham beradi.
Xоzirgi kunda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kоllejlari matematika kursi dasturini mazmuni va uning bayon qilish metоdlarining asоsiy maqsadi o‘quvchilarning shu fan bo‘yicha egallaydigan bilimlari sistemasini yanada chuqurrоq shakillantirish, ularning bilim оlish jarayonini faоllashtirishdan ibоratdir.
Umumiy o‘rta ta’limda ta`lim olayotgan iqtidorli o`quvchilarni maqsadli tayyorlash va ularning noyob iste`dodini ro`yobga chiqarish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarni joriy etish zarurati paydo bo`ladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da qayd etilganidek: «Umumiy o‘rta ta’lim o`quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste`dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo`nalishlari bo`yicha o`z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o`zlaridagi noyob iste`dodni ro`yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratildi». Ushbu yo`nalishlarda dunyoning turli mamlakatlari mutaxassislari kabi Respublikamiz mutaxassislari ham samarali izlanishlar olib bormoqda. Ular tomonidan turli tavsiyalar, maxsus psixologik, pedagogik testlar, iqtidorli o`quvchilarni maqsadli tayyorlashga mo`ljallangan maxsus o`quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar, o`quv ijodiy, tarbiyaviy muammolar yechimlari ishlab chiqilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida» gi qonuni, «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» ham ana shu maqsadlarni ko`zlaydi.
Bu hujjatlarda bayon etilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish, 1-navbatda, jahon andozalariga teng kela oladigan yangicha ta`lim mazmunini va unga mos o`qitish metodlarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Jamiyatning ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida bozor iqtisodiyoti vazifalarini hal eta oladigan avlodning intelektual potensialiga bo`lgan ehtiyojini qondirish, avvalo, maktabning ta`limiy funksiyasini, ya`ni o`quvchilarni fan asoslari bo`yicha chuqur va puxta bilimlar bilan qurollantirishni, ularda zaruriy bo`lgan bilish va amaliy faoliyat ko`nikma va malakalarini shakllantirish, shuningdek ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ishlarini takomillashtirishni talab etadi.
Ma`lumki, maktabda o`qitishning boshidan oxirigacha matematik masalalar o`quvchilarga matematik tushunchalarni to`g`ri shakllantirishga, uni o`rab turgan muhitning o`zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o`rganilayotgan nazariy qoidalarni qo`llanish, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bog`lanishlarni o`rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalalar yechish o`quvchi tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.
Matematik ta`limda masalalar va ularning yechimlari vaqt bo`yicha ham, bolaning aqliy rivojlanishiga ta`siri bo`yicha ham muhim o`rinni egallaydi.
Shuning uchun ham o`quvchilarni masalalar yechishga o`rgatish metodikasini takomillashtirish dolzarb muammolardan biridir.
Malaka ishimizning asosiy maqsadini matnli masalalarni ulardagi amallar nuqtai - nazaridan tasniflash (klassifikatsiyalash) va shu asosda ularni arifmetik usulda yechishga o`rgatishdan iborat bo`ldi.
Izlanishlarimizning ob`yekti sifatida 5-6-sinf o`quvchilarining masalalr yechish jarayonidagi faoliyatini, predmeti sifatida esa matnli masalalarni arifmetik usulda yechishga o`rgatish jarayonidagi izlanishlarni belgilab oldik.
Malaka ishimavzusini yoritish maqsadida yirik metodist-olimlarning ilmiy izlanishlarini chuqur tahlil qilib, ularning mulohazalarini o`rganib chiqdik va shu asosda ishimiz uchun reja tuzib chiqdik.
Malaka ishimizning ayrim bandlari va masalalarini maktablarda o`tkazgan pedamaliyotlar paytida samarasini tekshirib chiqdik. Shuningdek, ilg`or matematika o`qituvchilarning darslarini kuzatish va metodik maslahatlari asosida bu masalalarni hal etishning turli usul va metodlarini o`rganib chiqdik. Malaka ishimizningbiz uchun amaliy ahamiyati shundan iborat bo`ldiki, agar o`quchilarga masalalarni arifmetik usulda yechishga sistemeli ravishda o`rgatib borilsa, ulardagi matematik nutq madaniyati va tafakkur doirasi kengayishiga ishonch hosil qildik.

Download 278.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling