Mundarija kirish §. Matnli arifmetik masalalar, ularni yechishning asosiy bosqichlari


Masala yechilgandan keyin uning ustida ishlash


Download 278.85 Kb.
bet7/18
Sana21.06.2023
Hajmi278.85 Kb.
#1645058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
MATNLI MASALARNI YECHISHGA O‘RGATISH METODIKASI

Masala yechilgandan keyin uning ustida ishlash

  1. berilgan masalani boshqacha – qisqaroq vq ixchamroq usullar bilan yechish;

  2. masalaning yechimini sonli formula bilan yozish;

  3. o`quvchilarga o`z kuzatganlaridan, gazeta, kitob, jurnallardan materiallariga asoslanib masalalar tuzdirish.

O`quvchi tomonidan bu bosqichlarni amalga oshirish masala yechishni puxta va samarali bo`lishiga olib keladi.
III. TASNIFLANGAN AYRIM MATNLI MASALALARNI YECHISH , NAMUNALARI VA IZOHLARI
Biz yuqoridagi bandda matnli masalalarni tasniflashda ularning yechimi usullari hamda mavjud amallar komponentlarini asos qilib oldik.
Shuni ham unutmaslik kerakli, ko`pgina matnli masalalar bir necha usul bilan yechiladi. Bunday masalalarni yechishda tartibga solish bir usul bilan masala yechishni yaxshi o`zlashtirib olgandan keyingina yangi usulga o`tish lozim. Bir necha usuldan eng qulayini, maqsadga muvofig`ini tanlab olish kerak.
Masalani bir necha usul bilan yechish ishi masala yechish metodini yaxshi tushunishga yordam beradi, o`quvchilarni tashabbuskorligini, masala yechish usullariga nisbatan topqirlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Masala yechishning turli usullariga o`tishda o`quvchilarga taklif etilgan usullarga katta e`tibor berish, ularni tahlil qilish, baho berish, eng sodda va ratsional usullar topgan o`quvchilarni rag`batlantirish kerak.
Endi ayrim masalalar yechilishlari bilan tanishib chiqaylik. Masala shartida berilgan son miqdorlar natural son, kasr sonlar ham bo`lishi mumkin. Bizning asosiy maqsadimiz shu guruh masalalardagi umumiylikni qayd etib yechilish yo`llarini ko`rsatishdan iboratdir.

    1. Ikki sonni ularning yig`indisi va ayirmasi yordamida topish

Tayanch masala: ikki sonning yig`indisi 1000 ga, shu sonlarning ayirmasi 292 ga teng bo`lsa, shu sonlarni toping.
Katta son, kichik son + ayirma bo`lgani uchun, ikki sonning yig`indisini, kichik sonning ikkilanganiga ayirmaning qo`shilgani deb qarash mumkin.
Ikki sonning yig`indisidan ularning ayirmasi ayrilgandan keyin, kichik sonning ikkilanganini hosil qilamiz. Yig`indiga ayirmani qo`shsak, katta sonning ikkilanganini hosil qilamiz.

Download 278.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling