Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
-MAVZU. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI TAHLILI MAJMUASI
Download 232.32 Kb.
|
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari
- Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari
7-MAVZU. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI TAHLILI MAJMUASI
Reja: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari 7.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq xarajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg'i-m oylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar), va jonli m ehnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin: Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko'ra: — ishlab chiqarish xarajatlari; — noishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko'ra: — ichki xarajatlar; — tashqi xarajatlar. J. M ahsulot ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga nisbatan: — doimiy xarajatlar; — o'zgaruvchan xarajatlar. M ahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan: — bevosita xarajatlar; — bilvosita xarajatlar. Korxonaning umum iy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan: — mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; — davr xarajatlari; — moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar; — favqulodda zararlar. Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog'liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: — bevosita moddiy xarajatlari; — bevosita m ehnatga haq to'lash xarajatlari; — ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar. Bevosita m ahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan xarajat turlari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga: — mahsulotni sotish bilan bog'liq xarajatlar; — boshqaruv xarajatlari; — boshqa operasion xarajatlar va zararlar; — favqulodda zararlar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning o'ziga tegishli resurslar sarfi (masalan, fermer xo'jaligida asosiy vositalar eskirishi, xo'jalikning o'zida ishlab chiqarilgan em-xashak, organik o ‘g‘itlar, asosiy podaga o'tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) korxonaning ichki xarajatlarini tashqi mol etkazib beruvchilar va boshqa subyektlardan sotib olingan resurslar uchun to'lovlar korxonaning tashqi xarajatlarini tashkil qiladi. Qisqa muddatli davrda mahsulot hajmining o'sishiga nisbatan doimiy (G ‘S) va o'zgaruvchi (US) xarajatlar farq qiladi. Doimiy xarajatlar mahsulot hajmining o ‘zgarishiga bog'liq bo‘lmay, korxonaning m a’lum bir vaqt oralig'ida sarflashi qat’iy belgilab qo‘yilgan o ‘zgarmas xarajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning amortizasiyasi, boshqaruv xodimlarining ish haqi, sug'urta to'lovlari, telefon uchun abonentlik to'lovi va ijara to'lovlarini misol qilib keltirish mumkin. Doimiy xarajatlaming o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bilan bir birlik mahsulotga to'g'ri keluvchi o'rtacha doimiy xarajatlar kamayib boradi. O'zgaruvchi xarajatlar miqdori m ahsulot ishlab chiqarish hajmining o'sishi yoki kamayishiga qarab o'zgarib turadi, ya’ni mahsulot hajmi o'zgarishiga mutanosib bo'ladi. O'zgaruvchan xarajatlar tarkibiga ishchilarning ish haqi va unga nisbatan ajratmalar, xomashyo, yonilg'i-moylash materiallari, yoqilg'i va energiya, transport xarajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. O'zgaruvchan xarajatlaming o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bir birlik mahsulotga to'g'ri keluvchi o'rtacha o'zgaiuvchi xarajatlaming o'zgarishiga uncha ta’sir ko'rsatmaydi. 2. Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko'rsatkichlari — ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o'z aksini topadi. Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad - uni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlami tegishli hujjatlarda o'z vaqtida, to'liq va ishonchli aks cttirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o'rnatishdir. Mahsulot tannarxi korxona xarajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa m oliyaviy-x o'jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan barcha xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulotning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli: — bevosita moddiy xarajatlar; — bevosita mehnat xarajatlari; — ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama xarajatlar. Bu xarajatlaming ko'pchiligini naturada, ya’ni dona, kg, metr va boshqa ko‘rinishlarda hisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda hisobga olish uchun ularni yagona o'lchov birligiga - qiymat-pul ko‘rinishiga keltirish talab etiladi. Ayrim turdagi ishlab chiqarish xarajatlarini yaratilayotgan mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish mumkin. Unga ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqi va iste’mol qilingan m oddiy resurslar sarfini kiritish mumkin. Bunday xarajat turlari bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Ikkinchi bir xarajat turlari bir necha xil mahsulot etishtirish jarayonida ishtirok etishi tufayli (masalan, bir necha xil ekinlarga o ‘g ‘it tashigan traktor amortizasiyasi) ularga ketgan xarajatlarni shu mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga mutanosib taqsimlashga to ‘g ‘ri keladi. Bunday xarajatlar bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari yoki ishlab chiqarishga tegishli ustama xarajatlar deb yuritiladi Download 232.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling