Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Axoli bandligini samarali ta`minlash va farovonligini yuksaltirishning muhim omili sifatida oilaviy biznesnn rivojlantirish istiqbollari
Download 232.32 Kb.
|
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-hozir.org
Axoli bandligini samarali ta`minlash va farovonligini yuksaltirishning muhim omili sifatida oilaviy biznesnn rivojlantirish istiqbollari
Iqtisodiyotning tobora integratsiyalashib borayotganligi sababli innovatsiyalar jahon iqtisodiyotining barcha sohalarida zamonaviy rivojlanish mazmuniga aylanib ulgurgani barchaga ayon va bunga innovatsiya faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish orqali erishilganligini hisobga olsak, innovatsiya faoliyatining mazmun-mohiyatini bilish zarurligini anglab yetish mumkin. Bugungi kunda jadal taraqqiy etib borayotgan fan-texnika natijasida yuqori darajadagi o’sish sur’atlari va barqaror rivojlanishning asosiy va samarali omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag’batlantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Zero, zamonaviy taraqqiyotni innovatsion faoliyatning natijasi sifatida olinadigan intellektual mahsulotsiz tasavvur bo’lmaydi. Bozor munosabatlari sharoitida ilm-fan va iqtisodiyotning uzviy aloqasi tobora kengayib bormoqda. “Kuchli fan – kuchli iqtisodiyot” iborasi nafaqat bugungi kun uchun balki insoniyat kelajagi uchun ham dolzarb bo’lib qolmoqda. Innovatsiya faoliyatining bugungi kunda hayotimizning mazmuniga aylanib borayotganligi va o’z kelajagimizni qurishda maqsadlarimizni amalga oshirish jarayoniga tobora chuqur kirib borayotganligi, shu bilan bir qatorda yangi-yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganligi mazkur atamaning mazmunini o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda intilishlarni tobora kuchaytirib bormoqda. Shu munosabat bilan ko’plab iqtisodchi-olimlar tomonidan innovatsion faoliyatga doir turli talqindagi ta’riflar keltirilmoqda. Ular bir-biridan keskin farq qilmasa-da, lekin innovatsiyaning ma’lum bir jihatlari, xususiyatlari orqali tafovutni sezish mumkin. Quyida innovatsion faoliyat tushunchasiga berilgan ba’zi ta’riflarni keltiramiz. Rus olimlaridan Folomyev A.N. “Innovatsiya faoliyati – tugallangan ilmiy-tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar natijalarini o’tkazishga qaratilgan jarayon”14 degan tushunchani keltirgan bo’lsa, Glushenko V.V. va Glushenko I.I. tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra: “innovatsiya faoliyati – ishlab chiqariluvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, yangilash va sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish, ularning kelgusi joriy etilishi bilan bog’liq texnologiyalarni takomillashtirish va ichki hamda tashqi bozorlarda samarali amalga oshirilishiga yo’naltirilgan faoliyat”ni anglatadi. O’zbekistonda ham innovatsiya sohasida keng ko’lamda ilmiy-izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan iqtisodchi olimlar bo’lib, ular ham innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasiga o’z tadqiqotlari asosida turli talqindagi ta’riflarni keltirganlar. Jumladan, E.Egamberdiyev va X.Xo’jaqulovlar tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra “Innovatsiya faoliyati – texnika va texnologiya yangiliklarini joriy etish bilan bog’liq faoliyat”16dir. Ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Biz o’z tadqiqotlarimiz asosida “Innovatsion faoliyat” tushunchasiga quyidagicha ta’rifni keltirib o’tmoqchimiz: “Innovatsiya faoliyati – bu har qanday faoliyat sohasida yuqori samaraga erishish maqsadida zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash, takomillashgan menejment usullarini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ilmiy faoliyatdir”. Innovatsion faoliyatning mohiyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularni iste’mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borish bilan izohlanadi. Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagilarni kiritish taklif etiladi: - Amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi va takomillashtirilgan mahsulot, texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik ishlar bajarish; - Yangi mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy etish uchun ishlab chiqarishni har tomonlama tayyorlash va texnologik qayta jihozlash; - Takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish; - Xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish; - Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat; - Innovatsion infratuzilma yaratish hamda uni rivojlantirish; - Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish; - Sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish, xarid qilish; - Yangi, takomillashtirilgan mahsulot, takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish; - Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish. Amalga oshiriladigan har qanday faoliyatning o’z obyekti hamda subyekti bo’lganidek, innovatsiya faoliyatining ham obyekti va subyekti mavjud. Mamlakat hududida joylashgan mulk shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxonalar tominidan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish innovatsiya faoliyati obyekti hisoblanadi. Innovatsion faoliyat subyektlari esa quyidagilar hisoblanadi: -Innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik hamda jismoniy shaxslar; -Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion tashkilotlar; Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari; Innovatsiyalarni joriy etish va amalga oshirishga sarmoya kirituvchi banklar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.; Innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan hamda uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnopark hamda texnopolislar, axborot markazlari va boshqalar. Innovatsiya faoliyati subyektlari huquqlari tegishli qonun hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlanadi. Innovatsion faoliyat obyektlari va subyektlari orasidagi samarali faoliyatning mavjud bo’lishi bevosita innovatsion infratuzilmaga borib taqaladi, albatta. Shuning uchun ham innovatsion faoliyatning amal qilishiga ko’maklashuvchi, turli tashkilotlardan tashkil topgan innovatsion infratuzilmaning shakllanishi zarur. Innnovatsion infratuzilma – bu tashkiliy, boshqaruv, moddiy-texnik, moliyaviy, axborot, kadrlar bo’yicha, konsalting va boshqa xizmatlarni mujassamlagan, innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon beruvchi innovatsiya faoliyati subyektlarining majmuasidir (1-rasm). Innovatsion infratuzilma g’oyalar ishlab chiqaruvchi innovatorlar hamda bu g’oyalarni muayyan mahsulot va xizmatlarda mujassam etuvchi innovatorlarning mehnatini taqsimlash asosida shakllantiriladi. Ushbu mehnat turlari o’zaro bog’liq bo’lib, lekin shu bilan bir qatorda o’ziga xos hisoblanadi – agar “innovator-generator” yangi g’oyalar ishlab chiqishni tashlab, o’zining ishlanmalarini sanoat, texnologik jihatdan amalga oshirishga va ayniqsa, muayyan marketingga “yetkazish” bilan shug’ullanadiga bo’lsa, bunday holatda shu vaqt davomida yangi g’oya ishlab chiqish jarayoni sezilarli darajada sekinlashib boradi yoki umuman to’xtab qoladi, bu esa kelgusida yuqori ixtisoslashuv orqali yangi g’oyalarni oxiriga yetkazish bilan shug’ullanuvchilar ish bilan ta’minlanishiga hamda ish joylariga ta’sir ko’rsatib boradi. Bu orqali infratuzilma ta’minotining bozor variantlari va bunday taqsimlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi kelib chiqishini ko’rish mumkin. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ko’plab rivojlangan mamlakatlar yuksak taraqqiyot darajasiga fan va texnika sohasidagi eng so’nggi innovatsiyalar- ni ishlab chiqarishga tez va keng ko’lamda joriy etish hisobiga erishmoqdalar. Innovatsion jarayonni kichik biznes sohasidagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish mavjud ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan to’liq foydalanishni taqazo etib boradi. Asosiy e’tibor esa bozor raqobati sharoitida eng maqbul variantlarni tanlash hamda kichik korxonalarning faoliyatini har tomonlama jadallashtirishga qaratilishi lozim. Kichik biznes va innovatsiya tushunchalari bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lib hisoblanadi. Ko’plab iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari va asarlarida biznes va tadbirkorlikning innovatsiya tushunchasi bilan o’zaro bog’liq ekanligini ko’rish mumkin. Innovatsiya atamasini ilmiy asoslab bergan mashhur iqtisodchi-olim Y.Shumpeter “tadbirkorlik – ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangi kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan kishi”, - deb ta’riflaydi Mashshur iqtisodchilardan yana biri, marketingning rivojlanishiga sezilarli hissa qo’shgan iqtisodchi P. Druker innovatsiyalarning aynan iqtisodiy asosini ta’kidlab, “tadbirkorlar innovatsiya yordamida yangi xizmatlar yoki biznes turini amalga oshiradi”, degan g’oyani ilgari surgan. “Tadbirkorlik innovatsiyani boshqarish jarayoni bo’lib, tadbirkor esa har bir imkoniyatdan maksimal foydalanuvchi shaxs”, deb tushuntiradi O’zbekistonlik iqtisodchilar S. G’ulomov va B. G’oyibnazarovlarning ta’kidlashicha, “kichik biznes korxonalari yangi innovatsiyalar va tashabbuskorlikni talab etib, shular asosidagina iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mumkin. Buning uchun kichik biznes korxonalari fan va texnikada erishilgan so’nggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim”20. Bugungi kunda iqtisodiyotning integratsiyalashuvi, raqobat bozorining tobora kuchayib borishi, iste’molchilar ehtiyojlarining tez o’zgara borayotganligi har bir tadbirkordan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni talab etmoqda. Shu sababli ham korxonalarning faoliayatini innovatsion rivojlantirish zamon talabiga aylanib bormoqda. Kichik biznes korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samaraliroq foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan iboratdir. Kichik biznes korxonalari kishilardagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik hamda mulkka egalik qilish qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirishda, aholini ish bilan ta’minlash va pirovardida milliy farovonlikni oshirish ushbu sektorning qay darajada rivojlanganligiga bog’liq. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi ko’plab adabiyotlarda ushbu faoliyatning quyidagi o’ziga xos afzalliklari keltirilgan: bozor konyunkturasi o’zgarishlariga tez moslashuvchan va harakatchan; o’z harakatida boshqa korxonalarga bog’liq bo’lmaydi; vaziyatga qarab tezda ishlab chiqarish, xizmat qilish konyunkturasini tezda o’zgartirishga qaror qabul qila oladi; iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ularning istaklariga, urf-odatlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga tez moslasha oladi; ishlab chiqarish siklining qisqa muddatligi va qisqa muddatda foyda ko’rish va eng asosiysi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tezda joriy qilishi mumkinligi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, kichik biznes korxonalari faoliyatini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyaning o’rni ortib borayotganligi sababli kichik biznes korxonalari faoliyatida uni qo’llamasdan turib yangilik darajasi yuqori bo’lgan raqobatbardosh mahsulotlar yaratib bo’lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznesning innovatsion faoliyati raqobat kurashi uchun maqbul vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Ushbu faoliyat ishlab chiqarish jarayonida yangi iste’molchilarning paydo bo’lishiga, investitsiyalar kirib kelishining asosiy mezoni bo’lib hisoblanadi. Bu sababli yangi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning reytingi oshib boradi va yangi zamonaviy bozorlarni egallash imkoniyati tobora ortib boradi. Download 232.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling