Majburiy to’lovlar - davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
Moratoriy - qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to’lovlar majburiyati bajarilishini to’xtatib turish;
Pul majburiyati - qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo’yicha hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra kreditorga muayyan pul summasini to’lash majburiyati;
Sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) - bankrotlik taomillarini o’tkazish maqsadida xo’jalik sudi tomonidan tayinlanadigan shaxs;
Sudgacha sanatsiya qilish - qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to’lov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko’riladigan chora-tadbirlar;
Sud sanatsiyasi - xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to’lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o’tkazmagan holda qo’llaniladigan bankrotlik taomili;
Tashqi boshqaruv - xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to’lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o’tkazgan holda qo’llaniladigan bankrotlik taomili;
Tugatishga doir ish yuritish - xo’jalik sudi tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo’llaniladigan bankrotlik taomili;
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona - xodimlari ularning oila a’zolarini ham qo’shib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil etuvchi yoki xodimlarining soni kamida uch ming kishi bo’lgan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlovchi yoki tabiiy monopoliyalar sub’ekti bo’lgan yuridik shaxs;
Qarzdor - pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir bo’lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Do'stlaringiz bilan baham: |