Aksiyadorlik jamiyati — korxonaning tashkiliy-h uquqiy shakli bo‘lib, jamiyat ixtiyoridagi mulki, boyligiga asoslanib, faoliyat yuritadi. Aksiyadorlik jamiyati sarmoyasi jamiyat a’zo1arining qo‘shgan pul mablag‘i yoki moddiy ne’matidan tashkil topadi.
Aksiyaning nazorat paketi — biror shaxsga aksiyadorlar ja- miyati faoliyati ustidan nazorat qilishni ta’minlaydigan aksiyalar hissasi. Odatda bunday holat aksiyalar miqdorining yarmidan ko‘pi yoki katta qismi bir qo‘lda to‘planganda amalga oshadi.
Arbitraj — xo‘jalik tomonlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qiluvchi hakamlar sudi.
Aylanma fondlar — bu fondlar odatda ishlab chiqarish jarayonlarida bir marta ishlatilib, ularning har birida yangilanadi va o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga to‘la o‘tkazadi.
Asosiy fondlar — bu fondlar ishlab chiqarish jarayonida qayta- qayta ishlatiladi. Ular uzoq muddat davomida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, emirilishi darajasiga qamb, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini asta-sekinllk bilan o‘tkazib boradi.
Assortiment — sotish xonasidagi turli-tuman mollarning to‘p1anishi; ba’zida bir molning turlar, navlarining to‘p1ami.
Assosiasiya — to‘planma, uyushma; biror maqsadga erishish uchun (xo‘ja1ik, siyosiy, ilmiy, madaniy yoki boshqa maqsadlar) birlashish. Assosiasiya yuridik shaxs hisoblanadi.
Auditor fırmasi — mustaqil tashkilot bo‘1ib, shartnoma asosida korxonalar yillik buxgalteriya hisobotini tekshiradı va tasdiqlaydi. Tekshiruv davomida auditor firmasi buxgalteriya hisob-kitobining holati va talabga mos kelishi, moliya-xo‘jalik faoliyati masalalarining haqiqiy holatga mos kelishini nazorat qiladi.
Auksion — kimoshdi savdosi. Bu alohida xususiyatga ega bo‘lgan va alohida joylarda tashkil etiladigan ochiq savdoga asoslangan maxsus bozor. Auksion o‘zaro musobaqaga tayangan holda amalga oshadi.
Aholining xarid qobiliyati — aholining bozordagi vujudga kelgan narx asosida mollar va xizmat ni xarid qilish imkoniyati. Aholining xarid qobiliyati bozor sig‘imini belgilash da etakchi o‘rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |