Giperinflyatsiya — pul qadrsizlanishining juda yuqori sur’atini ifodalaydi. Bunda pulning qadrsizlanishi yiligi 1000 foizdan ortadi. Daromadlar — korxona, tashkilot, firmalar faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, faoliyatning barcha tomonlaridan kelishi mumkin. Savdo firmasi, do‘konning daromadi molning xarid narxi
bilan sotilish narxi o‘rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi.
Debitor — biror korxonadan, firmadan, muassasadan boshqa yuridik shaxs yoki fuqaroning qarzdor bo‘1ib qolishi.
Devalvatsiya — mamlakat pul birligi asosidagi oltinning kamayishi yoki kursining boshqa mamlakatlar valyutasi kursiga nisbatan qonuniy ravishda pasayishi.
Iqtisodiy nochor korxonalar — muayyan miqdorda kapital yo‘qotish, ishlab chiqarish maydonlarini qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda materiallar, xomashyo, yoni1g‘i, mehnat resurslari sarflaydigan qoloq, sama- rasiz korxona.
Investitsiya — kelgusida foyda olish, samaraga erishish maqsadida biror-bir korxonaga uzoq muddatga kapital qo‘yish.
Investor — investitsiya bilan shug‘ul1anuvchi yuridik shaxs yoki fuqaro.
Injiniring korxona — muhandislik-maslahat xizmatlarini tijo- ratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradigan korxona. Inqirozga qarshi mo‘ljallangan choralar dasturi — O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012-yi1larga mo‘1jallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo‘1ib, mazkur dasturda talab va taklifqi rag‘bat1antirishga yo‘naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
ta’minlovchi chora-tabdirlar majmui o‘z aksini topgan.
Investitsion kreditlar — ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur vositalarni sotib olish maqsadida olingan kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |