Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
Organizmlarning ko‘payishi. Ko‘payish tirik organizmlarning genetik axborotdan foydalangan holda o‘ziga o‘xshaganlarni yarata olish xususiyati ekanligi
Ko`payish, individual rivojlanish, mitoz, meyoz, somatik va jinsiy hujayralarning bo`linishi, jinsiy va jinssiz ko`payish, eukariot hujayralar, prokariot hujayralar, antogenezning turlari, interfaza, profaza, metafaza, anafaza, telofaza, hujayra tsikli, mitoz tsikli, sintezdan oldingi davr, DNK sintezi, sintez davri, sintezdan keyingi Davr, RNK va oqsil sintezi, diploid hujayralar, gaploid Hujayralar, bo`linish dugi, mikronaychalar, xromosomalarrxromatidlarr xromosomaning birlamchi belbogX xromosomalarning spirallashuvi, sitokinez, kariokinez, mitozning biologik ahamiyati. Organizmlarning o`sishi, rivojlanishi va ko`payishi hujayraning bolinishi bilan bogliq. Organizm voyaga etganda bir qancha to`qimalarning hujayralari doimo nobud bolib turadi va ularning o`rni doimo bolinish yoli bilan vujudga keladigan yanga hujayralar bilan almashinadi. Demak, bolinish hujayralarning yashab qolishiga sababchi bo`ladigan, aslida hayotai uzluksiz davom ettiradigan jarayondir. Irsiy belgilarning izchillik bilan nasldan naslga oxtishini, asosan bolinib ko`payishda davom etayotgan hujayralar amalga oshiradi. Prokariotlar oddiy bolinish (ikkiga bolinish) yoli bilan ko`payadi. Eukariot xujayralar asosan ikki xil: mitoz yoki kariokinez va meyoz yo`li bilan bo`linadi. Ko`payishning ahamiyati. Prokariot va eukariot hujayralarning ko`payishi. Ko`payish hayot mohiyatining eng muhim xususiyatlaridan biridir. Bakteriyalardan tortib, to sut emizuvchilargacha bolgan barcha tirik organizmlar istisnosiz ko`payish qobiliyatiga ega. Har bir hayvon va o`simlik turining yashashi, ota —ona individlar bilan avlodlar o`rtasidaga izchillik fadat ko`payish tufayligina saqlanib qoladi. SHartli ravishda ko`payish deb atasa boladigan jarayonni molekulalar doirasida olib qaraladigan bolsa, u DNK ning o`z molekulalari sonini ikki hissa ortgarish xususiyati bilan ifodalanadi. Hujayra darajasida mitoxondriyalar bilan xloroplastlar singari organoidlar bolinish yo`li bilan ko`payadi. Organizmlarning ko`payish shakllari juda xilma —xil va murakkabdir. Jinsiy va jinssiz ko`payish. Barcha tirik organizmlar ko`payishining ikkita turi tafovut qilinadi. o`ziga o`xshash yanga indivldlarni hosil qilish ko`payish deb ataladi. Koxpayish o`z —o`zini hosil qilish, qaytarish, o`ziga o`xshash nusxa paydo qilish bolib, tirik organizmlarning xossalaridir: ertutning vegetativ yol bilan palagidan ~sopayishi. Jinssiz ko`payish. Jinssiz ko`payish natijasida ayrim hujayralar yoki organlarning bo`linishi natijasida yangi organizmlar hosilboladi. Jinssiz ko`payishdayangi avlodlar ona avlodning aynan nusxasi hisoblanadi. Jinssiz ko`payishiiing biologik ahamiyati organizmlarning tez ko`payishi va ko`p avlod hosil bo`lishini ta`minlashdan iborat. Jinssiz ko`payish hayvonlarga qaraganda o`simliklarda ko`proq uchraydi. Ko`payishning bu turi qishloq xcrjaligi: bogdorchilik, sabzavotchilik, dalachilik uchun katta ahamiyatta ega, qishloq xo`jaligi amaliyotida faqatgina jinssiz yol bilan ko`paytiriladigan ko`pgana madaniy o`simliklar bor. SHu nuqtai nazardan olganda gulli, urugli oliy o`simliklarning vegetativ ko`payishi biz uchun katga ahamiyatga ega. Vegetativ ko`payish o`simliklarning vegetativ jinssiz qismlari yordamida yuzaga chiqadi. O`simlikning ildizi, poyasi, bargi ana shunday qismlar jumlasiga kiradi, bular yo maxsus organlar, yoki yangi qismlar paydo qilib boradi. o`simliklar qalamchalar yordamida ham ko`payadi. Vegetativ ko`payishga o`simliklarning jingalaklari, ildiz bachkisi, piyozchalari, tugunaklari va ildiz poyasidan ko`payishlarini misol qilib ko`rsatish mumkin. Prokariotlar, ko`pgina sodda hayvonlar: bulutlar, kovak ichlilar, ba'zi yassi chuvalchanglar, astsidiyalar va boshqalar jinssiz yol bilan ko`payadilar. Xuddi o`simliklar dunyosida bo`lganidek, hayvonlar dunyosida ham jinssiz ko`paylshning bir necha usullari boladi. Jinssiz ko`payishning eng ko`p tarqalgan turi ona organizmining taxminan bir —biriga teng keladigan ikkita qismga bolinishidir. Masalan, infuzoriya 16 — 24 soatda bir marta ko`ndalangiga: oddin yadrosi, soxngra Sitoplazmasi ikkiga bolinadi. Ana shuning natijasida ikki qiz individ vujudga keladi. Parazitlik qilib yashovchi sodda hayvonlar hamda sdoralilarning ko`payishi o`ziga xos bolib, spora hosil qilipsh yoki shizogoniya deyiladi. Triponasomalar uzunasiga bolinadi. Hayvonlarning jinssiz ko`payishining boshqa bir turi marjon poliplarda kurtaklanishdir. CHuchuk suv buluti, bodyagalarda ichki kurtaklanish (gemulalar deyiladi) bolib o`tadi, qishda ona organizm halok bolib ketadi va gemulalardan ko`klamda yosh bulutlar vujudga keladi. Kurtaklanib ko`payishda ona organizmidan ajralmay qolishi va koloniyalar hosil bolishiga olib keladi. Jinssiz ko`payish ko`pincha bir hujayrali zoosporalar yordamida amalga oshadi. Spora grekcha—u r u g' ma`nosini bildiradi, «zoo» esa hayvon degan ma`noni beradi. Sporalar yoki zoosporalar ona hujayraning maxsus hujayrasidan hosil boladi. Ular spora hosil qilsa — sporalar, zoospora hosil qilsa, zoospora deyiladi. Jinssiz ko`payishga: eukariotlardan anor, tol, tok va anjir parxish yo`li bilan ko`payishi, qalamcha bilan ko`payish, tuplarni bolish, payvandlash yo`li bilan ko`paytirishlar kiradi. Eukariotlardan: tok, terak, tol va anor qalamchalari bilan, olcha, agargul, siren iddizlari bilan, binafshalar barglari bilan ko`payadi. Payvandlash usuli bilan ko`pincha qoxshimcha ildiz chiqarishi qiyin bolgan mevali va rezavor o`simliklar ko`paytiriladi. Poliembrional ko`payishda—bitga zigotadan mustaqilholda rivojlanuvchi bir nechta homilalar hosil boladi. Jinsiy ko`payish. Bunday ko`payishda alohida rivojlangan, etilganjinsiyhujayralar (gametalar) ishshrok etadi. Urg"ochi jinsiy hujayralar — ovotsitlar deyllib, tuxumdonlarda rivojlanadi. Erkak jinsiy hujayralari spermatozoidlar deyilib, urug' hujayralarda rivojlanadi. Jinsiy hujayralarning tuzilishi. Barcha jinsiy hujayralar bir —biridan farq qiladi. Tuxum hujayralar boshqa hujayralar kabi hujayra qobish, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Lekin boshqa hujayralardan farqi uning o`lchamining juda katta bolishidadir. Odam tuxum hujayrasining hajmi 150 mkm gacha etadi (somatik hujayralarda esa 10—15 mkm dan oshmaydi). Ularning olchami, kattaligi sitoplazmada oqsillarga boy oziq modda sariqlikning mayjudligiga bogliq. Tuxum qo`yib ko`payadiga umurtqalilar tuxum hujayrasida oziq modda — tuxum sarigya ko`pdir. Tuxum hujayrasi qalin qobiq bilan o`ralgan bo`lib, u himoya vazifasini bajaradi. Tuxum hujayralar hujayralardan katta bolganliga bilan ham farkdanadi. Tuxum hujayra organizmlarning rivojlanishi uchun kerak bolgan barcha irsiy axborotni o`zida saqlaydi.Odam spermatozoidining olchami juda kichkina bolib, 50-70 mkm lan oshmaydi. Spermatozoidning asosiy roli o`z gaploid to`plamiga ega bo`lgan yadrosini tuxum hujayra sitoplazmasiga kiritishdan iborat. Uning tuzilishi ham o`sha funktsiyani bajarishgalyuslashgan bolib, boshcha, bo`yin va dum qismlaridan tashkil topgan. Bosh qismida yadro, bo`yin qismida tsentriola va mitoxondriyalar joylashgan, dum qismi esa harakatlanishni ta`minlaydi. Jinsiy `ujayralarning rivojlanishi — gyametogenez. Urug' xujayralar (spermatozoidlar) urugdonda rivojlanadi. Urug hujayralarning rivojlanishi — spermatogenez, tuxum hujayralarining rivojlanishi — ovogenez deyiladi. Jinsiy hujayralarning etilishi — gametogenez shartli ravishda to`rt: ko`payish, o`sish, etilish va shakllanish davrlariga bolinadi. Ko`payish davri. Ko`payishda etilmagan jinsiy xujayralar xuddi tanadagi kabi diploid (2p) to`plamga ega boladi. Ular kcrp marta migoz yoli bilan bolinib, ko`paya boradi va bu jarayon ko`payish zonasida kechadi. o`sish davrida diploid to`plam bosRlanglch xujayralarning ayrimlari o`sish zonasiga o`tib katgalashadi, oziq moddalar to`playdi, ularning DNK si mikdori ikki xdssa ortadi. Undan keyin etilish zonasida hujayralar meyoz usulida ko`payib, gaploid to`plamga ega bolgan xujayralar to`plamini hosilqrlladi. SHakllanish davrida etuk jinsiy xujayralar hosil boladi. Ovogenez va spermatogenez asosan btr—biriga o`xshashdir, lekin ularning o`rtasida quyidaga farqlar mavjud: Ovogenez spermatogenezga nisbatan uzoq davr davom etadi. CHunki tuxum xujayralarda homilaning rivojlanishi Uchun zarur bolgan moddalar hosil bo`ladi. Spermatogenezning meyozjarayonidasitoplazma Hamma xujayralarga baravar ta`minlanadi. Ovogenezda esa Hujayraning faqat bitgasigagina sitoplazma ta`minlanib, boshqalariga deyarli o`tmaydi. Natijada spermatogenez oxirida 4 ta, ovogenezda esa faqat bitgagina yirik xujayra Hosil boladi, uning uchta mayda xujayralari nobud boladi. Ovogenezda shakllanish davri bo`lmaydi. SHunday qilib, gametogenez jarayonida jinsiy bezlarda diploid to`plamli (2p) boshlanshchxujayralardangaploidto`planili (p) jinsiy hujayralar hosil boladi. Spermatogenezda uchta davrdan tashqari, to`rtanchi davr — qayta tuzilish davri ham bolib o`tadi. Bu davr ovogenezda bolmaydi. Urgochi va erkak gametalar katta — kichikligi hamda tashqi ko`rinishi jihatidan yo bir xil bo`lishi — bunda bular izogametalar deb ataladi, yoki har xil bolishi mumkin—bunda ular anizogametalar deyiladi. Ikki jinsga mansub gametalar otalanib zigota hosil qiladi. O`simliklarning jinsiy ko`payishi. O`simliklarnmg jinsiy ko`payishi haddan tashqari keng tarqalgan va xilma —xil shakllarni ifodalaydi. Izogomiya tuban darajadagi o`simliklarda uchraydi. Ulotriks — suv o`ga tashqi ko`rinishidan bir xil ikkita gameta hosil qiladi va 2 ta xivchinli hujayradan iborat boladi. qirqquloqlarda sporalardan yuraksimon mayda — mayda o`simlikcha (nish) hosil boladi. Uning ikkala tomonida erkak (anteridiylar) va urg'ochi (arxegoniylar) jinsiga mansub bolgan jinsiy hujayralar hosil boladi. Oliy darajadagi prokariotlarda va yopiq uruglilarda jinsiy ko`payishga xizmat qiladigan maxsus organ — shaklan o`zgargan novdadan iborat g u 1 bo`ladi. SHu novdada odatda yashil barglar o`rniga kontsentrik doiralar holda joylashgan to`rgga tarkibiy qism bo`ladi, ular gul bandiga gul chiqaradigan doyaning kengayib kelgan uchiga birikkan bolib, uning generativ organini tashkil etadi. yOpiq uruglilarning tugunchasi uruglangandan keyin o`sib, ichida uruglari bo`lgan meva hosil bola boshlaydi. o`simliklarning jinsiy ko`payishidan qishloq xo`jaligida doimo keng foydalaniladi. Ko`payishning bu usullaridan duragaylashda keng foydalaniladi. Duragaylash yoli bilan yangidan — yangi o`simlik navlari yaratiladi. Etilgan jinsiy hujayralarining yadrosida xromosomalarning toq, gaploid to`plami mavjuddir. Ana shu ikki xil jinsiy hujayralarning qo`shilishi natijasida organizm hosil bo`ladi va yana jinsiy hujayralardagi xromosomalarning diploid to`plami vujudga keladi. Har xil xromosomalar juftlashgani uchun ham yangi irsiy xususiyatli organizmlar vujudga keladi. Jinsiy ko`payish irsiy xilma — xillikga olib keladi. 6-mavzu
Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling