Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillarini aniqlang.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini ko‘rsating.
Biologik ta’limda qo‘llaniladigan o‘qitish tamoyilini aniqlang.
Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan qonuniyatlar va ularning mohiyatini aniqlang.
Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmalarini aniqlang.
Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi ijtimoiy buyurtmalarni aniqlang.
Biologik ta’limning yaxlitliligini isbotlang.
Pedagogik jarayon birligi va yaxlitligi qonunining mohiyati nimada?
O‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi hamda uzviy bog‘liqligi nimada?
Ta’lim-tarbiya jarayonining tahsil oluvchilarning faoliyati xarakteriga bog‘liqligi qonunining mohiyati nimada?
Testlar:
1. Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:
A. Ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
B. Ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi;
V. Ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
G. Ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish.
2. Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:
A. Ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;
B. Ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan o‘zgartirish;
V. Majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash;
G. Maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o‘quv muassasalarini vujudga keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |