Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 1.42 Mb.
bet60/90
Sana24.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1116735
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Bog'liq
Umumiy biologiya majmua

Tabiatda ekskursiya o‘tkazish. Tabiatga ekskursiya umumiy uslubiy nizomga amal qilgan holda o‘tkaziladi. Tabiatga ekskursiyalar tashkil qilish avval ekskursiya o‘tkazish joyini aniqlashdan boshlanadi. Bunday joylar o‘rmon, botqoqlik, dala, cho‘l, o‘tloq, suv havzasi kabilar bo‘lishi mumkin.
Tabiatga ekskursiyalar vaqtida o‘quvchilarning tabiat go‘zalliklari haqidagi fikrlari yuzasidan qisqacha suhbat o‘tkazish ham mumkin.
Tabiatga ekskursiyalar vaqtida boriladigan joydagi barcha obyektlarni o‘quvchilarga doimo harakatda, o‘zgarishda ekanligini uqtirish kerak.
Ekskursiyani odatda o‘qituvchi atrof landshaftidan ko‘rgazma qurol sifatida foydalangan holda mavzuga oid hikoya yoki suhbat qilish bilan boshlaydi. O‘qituvchi har bir o‘quvchilar guruhining bajarishi uchun topshiriqlar beradi. Topshiriqlar barcha guruhlar uchun umumiy bo‘lishi yoki alohida berilishi ham mumkin.
Botanika fanidan VI sinfda dastlabki o‘tkaziladigan ekskursiyalar vaqtida o‘quvchilar ancha sodda va umumiy ishlarni bajaradilar.
Chunonchi, ular turli joylarda o‘sayotgan o‘simliklardan namunalar to‘playdilar yoki bir xil o‘simliklardan namunalar yig‘adilar, turli xilga ega bo‘lgan o‘simliklar to‘playdilar va hokazolar.
Ekskursiyalar mobaynida o‘qituvchi uchrayotgan barcha o‘simliklar haqida o‘quvchilarga gapirib beravermasligi kerak. Shu joyga xarakterli bo‘lgan o‘simlik haqida ma’lumot berish kerakki, toki o‘quvchilar bu o‘simliklarni uzoq vaqtlar esidan chiqarmasinlar.
O‘simliklar bilan tanishish vaqtida uning o‘sish muhiti bilan qo‘shib o‘rganish eng muhim vazifalardan biridir. Shuning uchun biror o‘simlik o‘rganilar ekan, uning boshqa a’zolari bilan o‘rganilishi, o‘simlikning tuproq bilan aloqasi qo‘shib olib borilishi kerak. Ayniqsa, ayni o‘simlikni o‘rab turgan muhitni ko‘rsatish, shu o‘simlikning tarqalishi, moslanganlik belgilarini ko‘rsatish o‘quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.
Zoologiyaga oid ekskursiyalarda ham hayvon, uni o‘rab turgan sharoit va shu yashash muhitiga hayvonning moslanish belgilarini o‘quvchilarga ko‘rsatib berish ayniqsa muhimdir. Eskursiyalar vaqtida o‘quvchilarning bajaradigan amaliy ishlarida ularni o‘lchash, aniqlash, rasmini chizish va namunalar yig’ishga ko‘proq o‘rgatib borish kerak.
Ekskursiyalar vaqtida beriladigan topshiriqlardan ham o‘quvchilarni sinchiklab kuzatish, berilgan topshiriq qisqa, aniq misollar topishni o‘rgatish kerak. Quyida shunday topshiriqlardan namuna keltiramiz.
Eskursiyalar vaqtida turli guruhdagi o‘quvchilar har xil ish bajarishlari mumkin. Masalan, bir guruh tuproq tuzilishini, ikkinchi guruh shu joy uchun xarakterli bo‘lgan o‘simliklarni, uchinchi guruh ko‘p o‘simliklarning xillarini ko‘rishlarini, to‘rtinchi guruh muhit sharoitida o‘simliklarning moslanuvchanligini o‘rganishi mumkin. Zoologiya ekskursiyalarida ham bir guruh suv usti hayvonlarini tersa, ikkinchi guruh suv o‘simliklaridagi hayvonlarni, uchinchi guruh esa suv ostidagi hayvonlarni yig‘adi.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling