Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
-Mavzu. Botanika fanining 1- qismi bo’yicha darslarni tahlil qilish. Darslarni kuzatish va tahlil etish
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
5-Mavzu. Botanika fanining 1- qismi bo’yicha darslarni tahlil qilish. Darslarni kuzatish va tahlil etish
Reja 1. Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi 2.Botanika darsligi mavzularini tahili qilish Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi O’rta ta’lim maktablarida botanika 5-6-sinflarda o‘qitiladi. Uning asosiy maqsadi o‘simliklar dunyosining xilma-xil vakillari, ularning tashqi, ichki tuzilishi, hayot faoliyati, tabiat va inson hayotida tutgan o‘rni bilan o‘quvchilarni tanishtirishdan iborat. 5-sinfda 34 soat xajmda o‘quvchilarga botanik bilimlarni berish ko‘zda tutilgan. Maktablarda qo‘llanilayotgan 5- sinf botanika darsligi 95 sahifadan iborat bo‘lib, 64 rangli rasmlar bilan bezatilgan. U 6 bobdan, 34 paragrifdan tashkil topgan. Agar 5-sinf botanika darsligi o‘zida sitologik, anatomik, morfologik, fiziologik, ekologik bilimlarni mujassamlashtirgan bo‘lsa, 6-sinf botanika darsligida ko‘proq sistematik tushunchalarni rivojlantirishga e’tibor qilingan. Darslikning 4- bobida bu haqdagi bilimlar izchil bayon etiladi. O‘simlik guruhlari, bakteriyalar, zamburug‘lar, lishayniklar, suv o‘tlar, yo‘sinlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlar, ochiq urug‘lilar, yopiq urug‘lilar shu boblarda berilgan. Umuman olganda 5- sinf botanika darsligiga ijobiy baho berish mumkin. Ayniqsa uning dizayni juda yuqori. Shu bilan birgalikda darslikning yaratishda ayrim kamchiliklar ham uchraydi: 1.Yuqorida qayd qilingandek darsliklar ta’lim standarti, o‘quv dasturi talablari asosida yozilishi kerak. Darslik faqat o‘quvchilarga bilim berish bilan cheklanmay, ularning o‘quv ko‘nikma, malakalarini rivojlantirishni ham ko‘zda tutish kerak. Bu masala 5- sinf botanika darsligida yetarlicha o‘z ifodasini topmagan. Masalan 6 ta laboratoriya mashg‘ulotining alohida ajratilmaganligi, ularni o‘tkazishiga oid metodik tavsiyalarini yetarlicha yoritilmaganligi, o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikma va malakalarining rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi deb o‘ylaymiz. Darslikda ayrim hollarda tushunchalarni izchillik bilan rivojlantirishga e’tibor berilmagan. Chunonchi, o‘simliklarda moddalarning harakatlanishi “poya” mavzusida berilgan. Unda bir vaqtning o‘zida suv va suvda erigan mineral moddalarni hamda organik moddalarning harakatlanishi to‘g‘risida ma’lumot keltirgan. Vaxolanki organik moddalarni sintezlanishi barg mavzusi bilan uzviy aloqador. “Barg” esa “poya” mavzusidan so‘ng o‘tiladi. Xuddi shuningdek darslikning boshida berilgan “Kuz faslida o‘simliklar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlar” mavzusini 30 paragrifidan “Hazonrezgilik” mavzusi bilan birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar 5-sinf botanika darsligi o‘zida sitologik, anatomik, morfologik, fiziologik, ekologik bilimlarni mujassamlashtirgan bo‘lsa, 6-sinf botanika darsligida ko‘proq sistematik tushunchalarni rivojlantirishga e’tibor qilingan. Darslikning 4- bobida bu haqdagi bilimlar izchil bayon etiladi. O‘simlik guruhlari, bakteriyalar, zamburug‘lar, lishayniklar, suv o‘tlar, yo‘sinlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlar, ochiq urug‘lilar, yopiq urug‘lilar shu boblarda berilgan. Darslikda gulli o‘simliklarning oilalari, turkumlari, tur vakillari haqidagi bilimlar va har bir oilaning o‘ziga xos gul tuzilishi yoritilgan. Darslikning beshinchi bobi “O‘zbekistonning o‘simliklar boyligi”, oltinchi bobi “O‘simlik va atrof muhit”, yettinchi bobi “Erda o‘simliklar dunyosining rivojlanishi” deb atalgan. Darslikda “O‘zbekistonda botanika fanining rivojlanishi”, hamda “Manzarali o‘simliklar” deb nomlangan paragraflar ham mavjud. Paragriflarda tayanch atamalar, savollar keltirilgan. 30 paragraf so‘ngida o‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar, 19 paragrif so‘ngida amaliy ishlar, 2 paragrifda qo‘shimcha ma’lumotlar, test savollari, chaynvord, krossvordlar keltirilgan. Bularning hammasi o‘quvchilarning botanik bilimlarni o‘zlashtirishiga ko‘mak beradi, bilim olishga qiziqish uyg‘otadi, hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘laydi. Darslikning ijobiy tomonlarini ta’kidlash bilan, unda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar xususida to‘xtab o‘tish joizdir. Avvalo darslik strukturasi xususida haqida gapirib III bobdagi “O‘simlik yaxlit organizm” mavzusi bilan oltinchi bobdagi “O‘simlik va atrof-muhit” degan mavzularni bir-biriga qo‘shish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi, shuningdek “O‘zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi” deb atalgan bobni 5-sinfdagi muqaddima mavzusiga qo‘shish o‘rinli bo‘ladi deb hisoblaymiz. “Manzarali o‘simliklar” degan bobni “Erda o‘simliklar dunyosining rivojlanishi” bobidan oldin berilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling