Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
-Mavzu. Botanika fanining 2- qismi mavzulari bo’yicha talabalarni darsini kuzatish va tahlil etish
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
6-Mavzu. Botanika fanining 2- qismi mavzulari bo’yicha talabalarni darsini kuzatish va tahlil etish
Reja: 1. Maktab 6 sinf botanika darsligining mazmuni va tuzilishi 2. Darslik mavzularini tahlil etish. Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi Respublikamiz maktablarida botanika 5-6-sinflarda o‘qitiladi. Uning asosiy maqsadi o‘simliklar dunyosining xilma-xil vakillari, ularning tashqi, ichki tuzilishi, hayot faoliyati, tabiat va inson hayotida tutgan o‘rni bilan o‘quvchilarni tanishtirishdan iborat. 6-sinf botanika darsligi 142 ta sahifadan iborat. Unda muqaddima va 52 paragrif, 85 ta rangli rasmlar mavjud. Darslik yuqori sifatli oq qog‘ozga chop etilgan va chiroyli rasmlar bilan bezatilgan. Har bir paragrifda botanika atamalar, o‘simliklarning nomlari, rangli harflar bilan ajratib berilgan. Matnlar o‘quvchilarga mos tushunarli qilib bayon etilgan Agar 5-sinf botanika darsligi o‘zida sitologik, anatomik, morfologik, fiziologik, ekologik bilimlarni mujassamlashtirgan bo‘lsa, 6-sinf botanika darsligida ko‘proq sistematik tushunchalarni rivojlantirishga e’tibor qilingan. Darslikning 4- bobida bu haqdagi bilimlar izchil bayon etiladi. O‘simlik guruhlari, bakteriyalar, zamburug‘lar, lishayniklar, suv o‘tlar, yo‘sinlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlar, ochiq urug‘lilar, yopiq urug‘lilar shu boblarda berilgan. Biologiya (Botanika) 6–sinflar uchun nashr etilgan yangi (2017) darsligida 6 bob va 59 paragrif, 144 sahifadan iborat. Unda 145- rangli rasmlar va jadvallar mavjud. Darslikning ilmiyligi haqida to‘xtab “Bakteriyalar, zamburug‘lar, lishayniklar” bo‘limini botanika darsligiga kiritilishi organik olamning hozirgi zamon sistemasi to‘g‘risidagi bilimlarga to‘g‘ri kelmaydi deb aytish kerak. Chunki ular tuzilishi va hayot kechirishi tarzi bilan yashil o‘simliklardan tubdan farq qiladi. Botanika darsligida “tip” sistematik birlikni o‘rniga “bo‘lim” tushunchasini “avlod” sistematik birligi o‘rniga “turkum” sistematik birlikni qo‘llanilishi keyinchalik 7-sinfda zoologiyani o‘qish mobaynida sistematik birliklar to‘g‘risidagi o‘quvchilarning tushunchalarini chalkashtirib yuboradi, bu o‘z navbatida o‘quvchilar tomonidan sistematik tushunchalarni sayoz o‘zlashtirishga olib keladi deb hisoblaymiz. Maktab darsligiga barcha olimlar tomonidan e’tirof qilingan bilimlar majmuasi kiritilishi kerak. Munozarali masalalar undan o‘rin olmasligi joiz. Botanika fanining ikkinchi qismi bo’yicha mavzular talablarga bo’lib beriladi va ular pedagogic texnologiyalarni qullagan holda mavzular bo’yicha quyidagi misol bo’yicha tuziladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling