Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


Download 0.72 Mb.
bet4/15
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1259981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
240- guruh Janon qodirov Qobiljon kurs ishi

Birikmalari. Platina oilasi elementlarining quyidagi kislorodli birikmalari ma’lum . Ru02 — ko'kish qoramtir tusli kristall modda, ruteniyga yuqori tem peraturada kislorod ta’sir ettirib, yoki RuS va RuCl3 ni oksidlab hosil qilinadi. Ruteniy (IV ) oksid 700°С da o'zidan kislorod ajratib parchalanadi. Ru04 — och -sarg'ish tusli, uchuvchan kristall, juda zaharli, o‘tkir hidli modda. Bu oksid ruteniy tuzlariga kislotali m uhitda kuchli oksidlovchilar (HJ04, KMn0 4) ta’sir ettirib hosil qilinadi. Ru04 — suyultirilgan H2S04 da yaxshi eriydi, 180°C dan yuqori temperaturada qizdirilganda kuchli portlash hosil qilib Ru02 va 02 ga parchalanadi, ishqorlarda quyidagi reaksiya asosida eriydi:
4Ru04 + 4NaOH → 4 NaRu0 4+ 0 2 + 2H 20
4 NaRu0 4 + 4 NaOH → 4Na2Ru0 4 + O2+ 2 H20
OsO2 — jigarrang-qoramtir tusli modda. Osmiy metalini NO bilan yoki OsO 4 ni qizdirib hosil qilinadi. OsO2 qizdirilganda OsO 4 va O2 hosil qilib disproporsiyalanadi. OsO 4 — rangsiz uchuvchan kristall, o‘tkir hidga ega, juda zaharli modda. Organik moddalar ta’sirida oson qaytariladi. Bu oksid kislotalarda oz miqdorda eriydi, kuchli oksidlovchi, ishqorlarda erib, OsO 4[(0H)2]2 tarkibli ionlar hosil qiladi:[2]
OsO 4 + 2 NaOH →N a 2[OsO4(OH)2]
Ru2O3 — jigarrang tusli korund tipidagi modda, ruteniy (III) nitratni qizdirish natijasida hosil bo'ladi. U kristallgidrat, Ru 2O 3 · 5 H2O tarkibga ega, ishqoriy muhitda kuchli oksidlovchilar ta ’sirida Ru02 n H 20 ga aylanadi. Jr04 — to‘q qoramtir-jigarrang tusli kukun, kristallgidrat bo'lgani uchun Jr20 3 n H 20 tarkibga ega. Bu oksid iridiyni K2[JrCl6] tarkibli kom pleks birikm alarini N a 203 bilan aralashtirish natijasida hosil qilinadi. J r 0 2 — qora rangli kristall, Jr(O H)4 ni azot atm osferasida qizdirib yoki Na 2[JrCl6] tarkibli kom pleks birikmalariga ishqor ta’sir ettirib hosil qilinadi. Bu oksid suvda, kislota va ishqorlarda 800° dan yuqori tem peraturada parchalanadi. PdO — yashil-qoram tir tusli kristall, kislota va ishqorlarda erim aydi, faqat konsentrlangan HBr bilan reaksiyaga kirishadi. Palladiy m etaliga 800—850°C da kislorod ta ’sir ettirib hosil qilinadi. Pt02 – to‘q qizg‘ish-qoramtir tusli kristall, suvda, kislotalarda erimaydi. Termik beqaror, 200°C dan yuqori tem ­peraturada parchalanadi. Bu oksid Pt(OH)2 ni termik parchalab olinadi. Ru(OH)4 va Os(OH)4 — qora rangli amorf moddalar, suvda, suyultirilgan kislota va ishqorlarda, konsentrlangan HNO3, HC1O4, H20 2 da erimaydi, «zar suvi» da parchalanadi. Rh(OH)3sariq rangli amorf modda, termik beqaror, 200°C dan yuqori temperaturada parchalanadi, suvda erimavdi. Rodiyning (III) valentli tuzlariga ishqor ta’sir ettirib olinadi. Jr(OH) 2 — qo‘ng‘ir tusli, qisman kristall xossaga ega bo'lgan modda, suvda erimaydi, suyuqlantirilganda kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi. Bu oksid palladiy (II) tuzlarini gidroliz qilib yoki palladiyni suyuqlantirib, N a202 ta’sirida hosil qilinadi. Pt(OH)2 — qora rangli cho‘kma, suvda erim aydi, kislotalar ta’siriga chidamli, suyuqlantirilgan ishqorlar bilan qisman reaksiyaga kirishadi. Pt(O H )4 — to‘q - qo‘ng‘ir rangli cho‘kma, suvda erimaydi, amfoter xossaga ega. Kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, anion kompleks birikmalar hosil qiladi:
P t ( OH ) 4 + 6H C1 → H 2[P tCl6] + 4 H 20
P t(OH)4 + 2NaO H → Na2[Pt (OH )6]
R uS , — to ‘q - yashil tusli kristall, 1 000° da parchalanadi,
ishqorlar va qaynoq H 2S 0 4 bilan reaksiyaga kirishm aydi. Yuqori tem peraturada inert gaz atm osferasida ruteniyga oltingugurt ta’sir ettirib yoki K4[Ru 2Cl10] va KJRuClJ tarkibli kompleks birikm alariga 80°C da Na2S ta ’sir ettirib hosil qilinadi. Ru teniyning [R u3(C O )12]n tarkibli zangori rangli karbonil birikmasi ma’lum . Bu birikmalari suvda erimaydigan, organik erituvchilarga yaxshi eriydigan moddalar bo'lib , metallar, keramika, shisha sirtlarini ruteniy bilan qoplashda ishlatiladi. RuCl3 — to‘q - qoramtir tusli kristall, suvda erim aydi, karbonil atmosferasida ruteniyga xlor ta’sir ettirib olinadi. OsS 2 — to‘q - qoramtir tusli kristall, suvda, ishqorlar kuchsiz va konsentratlangan kislota ( H N 0 3, H 20 2, HClO4) larda erimaydi, zar suvida parchalanadi. Organik moddalarni sintez qilishda ishlatiladi. OsCl4 — qizg'ish -qoramtir tusli kristall, gigroskopik, suv va vodorod xloridda gidrolizlanib, kompleks birikmalar hosil qiladi, organik erituvchilarda erimaydi:
OsCl4 + 2 H 2 O → OsO2 + 2 H 2[OsCl4]
PtCI2 — qo‘ng‘ir-yashil tusli kristall, 550°C da parchalanadi, suvda va organik erituvchilarda erimaydi. Yuqori temperaturada platinaga xlor ta’sir ettirib yoki H2[PtCl6] · 6 H20 ni termik parchalab hosil qilinadi. Organik moddalarni sintez qilishda katalizator sifatida ishlatiladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling