Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


I.Bob.VIII B guruh elementlari haqida umumiy tav’sif


Download 0.72 Mb.
bet2/15
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1259981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
240- guruh Janon qodirov Qobiljon kurs ishi

I.Bob.VIII B guruh elementlari haqida umumiy tav’sif
I.1. Platina guruppachasi elementlarining tabiatda tarqalishi
Platina oilasi elementlariga ruteniy — Ru, osmiy — O s, rodiy — Rh, iridiy — Ir, palladiy — Pd va platina — Pt kiradi. Bu elementlarning hammasi tarqoq og'ir metallardir. Bu elementlarda quyidagi elektronlar mavjud:

Bu elementlarning elektron formulalaridan ko'rinib turibdiki, ular o'zlarining d-orbitallaridagi elektronlar sonini 10 taga yetkazishga intilib boradi. Platina oilasi elementlari juda ko'p sun ’iy radioaktiv izotoplar hosil qiladi. Bu metallar tabiatda tug'ma holda yoki ko'pgina nodir metallar bilan aralashgan qotishmalar holida uchraydi. Bundan tashqari, PtAs2 (Pt, Pd,Ni )S tarkibli minerallari ham ma ’lum .
VIII guruhdagi birinchi triada 44, 45 va 46-raqamli elementlar, ya’ni, ruteniy, rodiy va palladiydan iborat. Ikkinchi triadaga esa 76, 77 va 78-raqamli elementlar, ya’ni, osmiy, iridiy va albatta, platinaning o‘zi kiradi. Bularning barchasi deyarli oltin narxida, yoki undan ham qimmat turadi. 
Agar siz davriy jadvalga e’tibor qaratsangiz, ushbu triadalar yana bir boshqa metallar triadasi – temir, kobalt va nikel uchligi ostida joylashganini ko‘rasiz. Albatta, platina guruhi metallari temir, kobalt va nikelga unchalik ham o‘xshamaydi. Lekin, ularni mutlaqo o‘zaro begona guruhlar deyish ham to‘g‘ri emas. Nikel shaxtalarida odatda platina guruhi metallari ham birga chiqadi. Masalan, Kanadadagi nikel konlarida ushbu nodir metallar ham olinadi.

1 – rasm . Platina bo‘lakchasi .
Platina oilasi elеmеntlari. Platina oilasi elеmеntlariga rutеniy, osmiy, rodiy, iridiy, palladiy va platina kiradi. Bu elеmеntlarning hammasi tarqoq og’ir mеtallardir. Bu elеmеntlarning d- orbitallaridagi elеktronlar soni 10 taga еtkazishga intilib, turli oksidlanish darajasini nomoyon qiladi. Bu mеtallar tabiatda tug’ma holda yoki ko’pgina nodir mеtallar bilan saralashgan qotishmalar holida uchraydi.
Olinishi. Platina oilasi elеmеntlarini olishda, asosan mis, nikеl sulfidlari rudalaridan foydalaniladi. Bu rudalar flotatsiya usuli bilan boyitiladi. Hosil qilingan konsentratdan mis va nikеl ajratib olinadi. Qolgan aralashma kuydirilib, konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlov bеriladi. Hosil bo’lgan cho’kmani zar suvida eritib, qizdiriladi. Natijada cho’kma tarkibidagi mеtallardan platina H[PtCl6], oltin- H[AuCl4], iridiy- H3[JrCl6], rutеniy- H2[RuCl6], palladiy- H2[PdCl6], rodiy- H3[RhCl6] eritmaga utadi, osmiy esa cho’kma holida eritmada qoladi. Eritma filtrlanadi, cho’kmaga yuqori haroratda kuchli oksidlovchi ta’sir ettirib, OsO4 gazi hosil qilinadi. Eritmaga ammiak va ammoniy xlorid aralashmasi ta’sir ettirib, osmiy [OsO2(NH3)4] Clholida cho’ktiriladi. Cho’kmaga vodorod ta’sir ettirib, erkin osmiy qaytariladi. Rudaga ishlov bеrish natijasida hosil bo’lgan filtratga qaytaruvchi ta’sir ettirib, birinchi navbatda oltin ajratib olinadi. +olgan mahsulotga ammoniy xlorid ta’sir ettirib, platinaning (NH4)2[PtCl6] Cl2 tarkibli, kiyin eriydigan komplеks tuzi hosil qilinadi.So’ngra komplеks tuz qizdirilib, toza platinaajratibolinadi:
(NH4)2[PtCl6]Cl2 Pt+2NH3 +2HCl+2Cl2

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling