Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


Platinaning kimyoviy xossalari


Download 0.72 Mb.
bet7/15
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1259981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
240- guruh Janon qodirov Qobiljon kurs ishi

Platinaning kimyoviy xossalari. Faqat issiq akva regia bilan to'liq reaksiyaga kirishadi:
3Pt + 4HNO 3 + 18HCl = 3H 2+ 4NO + 8H 2 O.
Uning ma'lum haroratgacha qizdirilgan sulfat kislotada va bromda erishi juda sekin kechadi.
2. Platina qizdirilganda kislorod bilan reaksiyaga kirishib, uchuvchi oksidlarni hosil qiladi. Quyidagi platina oksidlari ajratilgan: qora PtO, jigarrang PtO2, qizil jigarrang PtO 3, Pt 2 O3 va Pt 3 O 4.
Platinaning metalli inson tanasiga toksik ta'sir ko'rsatmaydi, ammo qora platinaning tarkibidagi aralashmalar (birinchi navbatda tellur) zaharli hisoblanadi va agar ular oshqozon-ichak traktiga kirsa, ular paydo bo'ladi: oshqozon-ichak shilliq qavatining nekrozi, gepatotsitlarning granüler degeneratsiyasi, buyrak tubulalarining epiteliysining shishishi, shuningdek, "umumiy intoksikatsiya".
Osmiy va iridiy platinadan ko‘ra pishiq va qattiq metallardir. Sof platina ancha yumshoq va egiluvchan bo‘lib, undan hatto kimyo laboratoriyalarida ham foydalanish birmuncha noqulay. Shu sababli, sof platinaning o‘zidan kamdan-kam foydalaniladi. Unga atiga 10% iridiy qo‘shib qotishma hosil qilinsa, olingan metall juda pishiq va mustahkam bo‘ladi. 
Platinaning bu kabi iridiy bilan qotishmasi o‘ta barqaror va mustahkam metall bo‘lgani sababli, undan o‘lchov etalonlari tayyorlashda foydalaniladi. Masalan, butun dunyo bo‘yicha qo‘llaniladigan kilogramm etaloni aynan platina-iridiy qotishmasidan tayyorlangan. Biz bozor va do‘konlarda ishlatadigan qadoqtoshlarning barcha-barchasi Parijda saqlanadigan shunday etalon toshga qiyosan tayyorlanadi. Metrning avvalgi qoidasi va ta’rifi ham aynan shunday qotishmadan tayyorlangan etalonga asoslangan edi. Lekin, keyinchalik, aniqrog‘i 1983-yildan e’tiboran metrning etalonidan voz kechildi va uning o‘rniga, metrning yorug‘lik tezligiga asoslangan boshqa yanada aniqroq qoidasi ishlab chiqildi. [8]
Osmiy va iridiyning qotishmasi osmiridium deyiladi. Osmiridium tabiiy holda ham uchraydigan qotishma bo‘lib, uning tarkibida platina guruhidagi boshqa metallarni ham kam miqdorda uchratish mumkin. Bu qotishma qattiqligi jihatdan eng yaxshi metallar sirasiga kiradi. Shu sababli, undan aynan qattiqlik talab qilinadigan o‘rinlarda, xususan, avtoruchka uchun pero tayyorlashda va grammofon ignalarini yasashda foydalaniladi. 
Platina guruhi metallari unchalik ham yaxshi o‘tkazgich emas. Ularning o‘tkazuvchanligi mis yoki kumushnikidan olti marta past. Lekin, bunday xossaning ham afzal taraflari bor. Yomon o‘tkazgichlardan tok o‘tganida ular kuchli qiziydi. Agar bunday o‘tkazgich juda ingichka sim shaklida bo‘lsa, undan tok o‘tishi tufayli u kuchli qizib, oqarib ham ketadi va o‘zidan yorug‘lik tarata boshlaydi. Shu sababli, bir paytlar cho‘g‘lanma lampalarda osmiy metallidan foydalanilgan ham edi. Platina guruhi metallari ichida eng yuqori erish harorati aynan osmiyga tegishli bo‘lib, buning uchun 2750 ℃ daraja talab etiladi. Platina guruhi metallari og‘ir vazni bilan ham yaqqol ajralib turadi. Ruteniy, palladiy va rodiy kumushdan og‘ir bo‘ladi. Osmiy, iridiy va platina oltindan og‘irroq bo‘ladi. Umuman olganda, bu metallar eng og‘ir metallardir.
Iridiy — havoda 2300°C da ham barqaror, kislotalar, ishqorlar va «zar suvi» ta’siriga ch id am li. K ukun holatda suyuqlantirilgan Na202 va Ba02 bilan, qizdirilganda esa F2, Cl2, Br2, 02, S, Se, Т е, Po lar bilan reaksiyaga kirishadi.
Platina — havo ta’siriga chidam li, yuqori bosim va yuqori temperaturada qisman oksidlanadi, kislota va ishqorda erimaydi. F aqatgina «zar suvida» eriydi, suyuq Br2 da sekin eriydi, 400 — 500°C dan yuqori tem peraturada galogenlar, P, S, C , Si va Se bilan birikadi.
Platina oltindan ko‘ra % ga og‘irroq bo‘ladi. Agar g‘isht kattaligidan oltin taxminan 20 kg tosh bosishini eslasangiz, xuddi shu o‘lchamdagi platina 22 kg keladi. Iridiy va osmiy bundan ham og‘irroq bo‘ladi. G‘isht kattaligidagi iridiy va osmiyning vazni 23 kg va undan yuqoriroq bo‘ladi. Ushbu ikki metall fanga ma’lum moddalar ichida eng og‘ir moddalar sanaladi. 
Platina mavjud sharoitda, ya’ni, platina huzurida vodorod xona haroratida ham kislorod bilan birika boshlaydi va ko‘plab organik birikmalar tarkibiga kirib keladi. Shuningdek, platina huzurida kislorod oltingugurt dioksid bilan birikib oltingugurt gazi hosil qiladi. Bu oltingugurt kislotasi olishning eng muhim bosqichlaridan biri sanaladi. Sezganingizdek, platina – muhim katalizator sifatida xizmat qiladi.[3]
Mayda bo‘lak-bo‘lak zarralar shaklida esa platinaning katalizatorlik samaradorligi yanada ortadi. Kukun holiga keltirilgan platina qoramtir tusga kiradi. Bunday kukunni platina qorasi deyiladi. Bunday qimmatbaho modda bilan ishlashni osonroq qilish uchun, uni asbestdan tayyorlangan inert qoplamaga joylashtiriladi. Platinalashtirilgan asbest ko‘plab kimyoviy ishlab chiqarishlarda katalizator sifatida qo‘llanadi. Shunda, odatda juda uzoq muddat boradigan kimyoviy reaksiyalar tezligi ortib, samaradorligi bir necha hissa kuchayadi.Lekin, platinaning sanoatda keng qo‘llanishiga to‘g‘anoq bo‘ladigan yagona muammosi – uning narxi o‘ta qimmat ekanidir. Shu sababli, platina o‘rniga u darajada samarador bo‘lmasa-da, lekin, unga yaqin xizmat qila oladigan arzonroq metallardan foydalaniladi. Vodorod ishtirok etadigan reaksiyalarda shuningdek palladiy ham juda yaxshi katalizator bo‘la oladi. Palladiyning vodorodni o‘ziga singdirishini kuzatish juda qiziq. Oddiy sharoitda bir birlik hajmga ega palladiy bo‘lagi o‘zining hajmidan 500 barobar ko‘p hajm vodorodni absorbsiyalashi mumkin. Yuqori haroratlarda esa ushbu yutish hajmi yanada ortadi. Tabiiyki, bunda palladiy bo‘lagining o‘zining hajmi ham ortadi. Platina guruhining boshqa metallari ham vodorodni absorbsiyalash xossasiga ega. Lekin, ular ichida bu ishni baribir eng yaxshi uddalaydigani aynan palladiy bo‘ladi. Palladiy ham platina singari zargarlikda ham ishlatiladi. 0,9 qismi palladiy va 0,1 qismi oltindan iborat palladiyli tilla ham oq tilla turiga mansub bo‘ladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling