Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
Download 0.72 Mb.
|
240- guruh Janon qodirov Qobiljon kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.3. Platina guruppachasi elementlarining fizik va kimyoviy xossalari
Olinishi. Platina oilasi elementlarini olishda, asosan mis, nikel, sulfid rudalaridan foydalaniladi. Bu rudalar flotatsiya usuli bilan boyitiladi. Hosil qilingan konsentratdan mis va nikel ajratib olinadi. Qolgan aralashma kuydirilib, konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlov beriladi. Hosil bo'lgan cho'kmani zar suvida eritib, qizdiriladi. Natijada cho'kma tarkibidagi metallardan platina H [P tCl6] oltin — H [AuClJ] , iridiy — H 3[JrC l6], ruteniy - H 2[R u C l6], palladiy – H2[RdCl6], rodiy — H 3[RhCl6] eritmaga o'tadi, osmiy esa oksid holida cho'k mada qoladi. Eritma filtrlanadi, cho'kmaga yuqori temperaturada kuchli oksidlovchi ta’sir ettirib OsO4 gazi hosil qilinadi. Hosil bo'lgan gaz ishqorning suvli eritmasida yig'iladi. Eritmaga ammiak va ammoniy xlorid aralashmasi ta’sir ettirib, osmiy [OsO2(N H 3)JC12 holida cho'ktiriladi. Cho'kmaga H2 ta’sir ettirib, erkin osmiy qaytariladi.
Rudaga ishlov berish natijasida hosil bo'lgan filtratga qaytaruvchi ta ’sir ettirib birinchi navbatda oltin ajratib olinadi. Qolgan mahsulotga NH 4C1 ta ’sir ettirib platinaning (N H 4) 2[PtC l6]Cl2 tarkibli, qiyin eriydigan kompleks tuzi hosil qilinadi. So'ngra kompleks tuz qizdirilib toza platina ajratib olinadi. Filtratga nitrat kislota qo'shib eritm a bug'latiladi va iridiy xlorid holida cho'ktiriladi. Qolgan eritmaga qaytaruvchi ta’sir ettirib palladiy va rodiy [P d (NH,)2C l2]; [R h (N H 3)2C l2] holda ajratib olinadi. Bu kompleks birikmalar qizdirilib erkin m etallar hosil qilinadi. I.3. Platina guruppachasi elementlarining fizik va kimyoviy xossalari Osmiy va iridiy metallari platinaning spirtda erishidan qoldiq shaklida kashf qilinganidan xulosa qilinsa ayon bo‘ladiki, ushbu metallarga spirt ta’sir qilmas ekan. Demak, ular hatto platinadan ham aslzodaroq bo‘lib chiqmoqda J. Rodiy va ruteniyning ham platinadan ham afzal jihatlari bor. Rodiydan tayyorlangan qizdirish uskunalari platina bardosh bera olmaydigan yuqori haroratlarga ham chidamli bo‘ladi. Lekin, palladiy ham xuddi platina singari spirtda eriydi. Bular ichida eng nodiri – iridiy deyish mumkin. 3 – rasm . Platinadan yasalgan haykalcha Xossalari. Platina oilasi elem entlari oq-kulrang tusli yaltiroq metallardir. Osmiy va iridiy yuqori temperaturada suyuqlanadi. Ruteniy va osmiy juda qattiq, lekin mo'rtdir. Rodiy, palladiy va platina u qadar qattiq emas, lekin juda qovushqoq, oson yassilanadi. Shuning uchun ulardan yupqa plastinkalar va ingichka simlar tayyoriash mumkin. Ruteniy — oddiy sharoitda kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli, qizdirilganda kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi. Kukun holatda NaOCl eritmasi bilan reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda F2, Cl2, Br2, S, Se, Те, Po lar bilan birikadi. Osmiy qattiq holatda kislota va ishqor ta’siriga chidamli, suyuqlantirilgan ishqor bilan suvda eriydigan birikmalar hosil qiladi. Kukun holatdagi osmiy qizdirilganda HN02, H 2S0 4, F2, Cl2, S, Se, Те va Po bilan reaksiyaga kirishadi. Rodiy qattiq holatda barcha kislotalar, ishqorlar va «zar suvi» ta’siriga chidamli. Kukun holatda qaynoq H2S04 HBr va NaOCl bilan reaksiyaga kirishadi, 600°С dan yuqori temperaturada F2, Cl2, Br2, S va Se bilan birikadi.[6] Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling