Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


Download 0.66 Mb.
bet6/16
Sana11.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1259983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
242- Abduhamidov UmidjonningNoorganikadan kurs ishi

Xususiyatlari. Selen jigarrang tusli to‘q kulrang modda. bir nechta
modifikatsiyasi bor. Ulardan oddiy sharoitda eng barqarori kristall holdagi
kulrang Selendir. Suyuqlanish temperaturasi 217°C, qaynash temperaturasi
685°C, zichligi 4,81 g/sm
3. Selenning eng ajoyib xususiyati shundaki, yorug‘lik
nuri ta’sirida uning elektr o‘tkazuvchanligi keskin o‘zgaradi. Selen metallmaslar
jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga ko‘ra, oltingugurtga o‘xshash, lekin
faolligi oltingugurtnikidan past. Selen o‘z 
birikmalarida, asosan, -2, +2, +4 va
+6 valentli. Selen sulfat kislota va sellyuloza qog‘ozlarining “balchiklaridan” va
misni elektroliz yo‘li bilan tozalashda elektrolizyor tubiga cho‘kadigan
shlamdan aniqrog‘i balchiqni tubida asosan ajratib olinadi.

Ishlatilishi. Selen yarimo‘tkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli
shisha ishlab chiqarishda, metallurgiya, kimyo, farmasevtika 
va rezina sanoatida
qo‘llanadi. Birikmalari zaharli. Ko‘pchilik tirik organizm to‘qimasida 0,01 dan
1 mg/kg gacha selen bo‘ladi


Selenning eng ajoyib xususiyati shundaki, yorugʻlik nuri taʼsirida uning elektr oʻtkazuvchanligi keskin oʻzgaradi. Selen metallmaslar jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga koʻra, oltingugurtga oʻxshash, lekin faolligi oltingugurtnikidan past. Selen oʻz birikmalarida, asosan, —2, +2, +4 va +6 valentli.
Selen sulfat kislota va sellyuloza qogʻoz zaryadlarining «balchiqlaridan» va misni elektroliz yoʻli bilan tozalashda elektrolizyor tubiga choʻkadigan «balchiqdan» olinadi.
Selen yarimoʻtkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha ichida, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va rezina sanoatida qoʻllanadi. Birikmalari zaharli. Koʻpchilik tirik organizm toʻqimasida 0,01 dan 1 mg/kg gacha Selen boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar uchun Selen hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning Selenga boʻlgan ehtiyoji 50 — 100 mkg/kg. Hayvonlarning kunlik ozuqasida selenning miqdori 2 mg/kg dan koʻp boʻlsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi. Selen birikmalari. Selenning SeO, SeO2 va SeO3 tarkibli oksidlari mavjud. Selen (II) oksid SeO faqat yuqori tralarda bugʻ holatida barqaror. C (IV) - oksid SeO2 — oq rangli yaltiroq tetragonal panjarali kristall modda. Zichligi 3,954 g/sm3, sublimatsiyalanadi, uni faqat kavsharlangan idishlardagina suyuqlantirish mumkin (suyuqlanish temperaturasi 340—390°C). Oltingugurt (VI)- oksid SeO3 ning suyuqlanish temperaturasi 118,5°C. Atmosfera bosimida 185°C da parchalanadi. Selenat kislota H 2SeO4 ni degidratlash yoʻli bilan olinadi. Selen suvda erib , H2SeO4 hosil qiladi. Kimyoviy jihatdan juda faol, kuchli oksidlovchi: oltingugurtni SO gacha; qizil fosforni R2O5 gacha oksidlaydi.
Selenning uglerod bilan CSe, azot bilan (SeN)4 fosfor bilan P4Se3, P2Se3, P2Se5 kabi birikmalari olingan. Selen vodorod bilan bevosita birikib suvda eruvchan koʻlansa hidli, zaharli gaz — vodorod selenid H2Se hosil qiladi. Bu kislotaning tuzlari selenidlar texnikada muhim ahamiyatga ega. Rux va kadmiy selenidlari yorqin qizil rangli shisha va shishasimon materiallar, fotoelementlar, fotokarshiliklar, televizor trubkalarining yorugʻlikka sezgir qatlamlarini tayyorlashda, galliy selenid lazer texnikasida, simob selenid magnit maydoni kuchlanishini oʻlchaydigan asboblarda qoʻllanadi. Oraliq metallar (shuningdek, lantanoid va aktinoidlar) ning selenidlari yuqori traga chidamli yarimoʻtkazgich qurilmalarda, mashina ishqalanish qismlarida qattiq surkama sifatida ishlatiladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling