Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
II.3 . Selen elementining xossalari , olinish usullari , ishlatilishi
Download 0.66 Mb.
|
242- Abduhamidov UmidjonningNoorganikadan kurs ishi
II.3 . Selen elementining xossalari , olinish usullari , ishlatilishi
Selenning eng ajoyib xususiyati shundaki, yorugʻlik nuri taʼsirida uning elektr oʻtkazuvchanligi keskin oʻzgaradi. Selen metallmaslar jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga koʻra, oltingugurtga oʻxshash, lekin faolligi oltingugurtnikidan past. Selen oʻz birikmalarida, asosan, —2, +2, +4 va +6 valentli.[10] Selen sulfat kislota va sellyulozaqogʻoz zavodlarining "balchiklaridan" va misni elektroliz yoʻli bilan tozalashda elektrolizyor tubiga choʻkadigan "balchikdan" olinadi. Selen yarimoʻtkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha idish tayyorlashda, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va rezina sanoatida qoʻllanadi. Birikmalari zaharli. Koʻpchilik tirik organizm toʻqimasida 0,01 dan 1 mg/kg gacha Selen boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar uchun Selen hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning Selenga boʻlgan ehtiyoji 50— 100 mkg/kg. Hayvonlarning kunlik ozuqasida Selenning miqdori 2 mg/kgdan koʻp boʻlsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi. Selen birikmalari. Selenning SeO, SeO2 va SeO3 tarkibli oksidlari mavjud. Selen (II) oksid SeO faqat yuqori tralarda bugʻ holatida barqaror. Selen(IV)oksid SeO2 — oq rangli yaltiroq tetragonal panjarali kristall modda. Zichligi 3,954 g/sm³, sublimatsiyalanadi, uni faqat kavsharlangan idishlardagina suyuqlantirish mumkin (suyuqlanish temperaturasi 340—390° C). Selen (VI) oksid SeO3 ning suyuqlanish temperaturasi 118,5°. Atmosfera bosimida 185°da parchalanadi. Selenat kislota H 2Se04 ni degidratlash yoʻli bilan olinadi. [9] Selen geksaftorid SeF6 — xona temperaturasida rangsiz gaz, suyuqlanish temperaturasi —34,6 °C; —46,6 °C da sublimatsiyalanadi. Selen tetraftorid SeF4 — rangsiz suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi 13,2 °C , qaynashtrasi93 °C . Selen tetraxlorid SeO4 — rangsiz kristall modda, suyuqlanish temperaturasi 305 °C (bosim ostida), 196 °C da sublimatsiyalanadi. Selen tetrabromid SeBr4 — beqaror sariq rangli modda, kuchsiz qizdirilganda toʻq qizil rangli Se2Br3 ga aylanadi. Selen digalogenidlar SeCl2 va SeBr2 faqat bugʻ holatda mavjud. Selenning SeF2, SeOCl2 va SeOBr2 tarkibli oksigalogenidlari olingan. Selen ftoroksid SeOF2 — xona temperaturasida suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi 4,6 °C, kaynash temperaturasi 124 °C. Selen xloroksid SeOCl2 — sariq rangli ogʻir suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi 11°, qaynash temperaturasi 179 °C, zichligi 2,44 g/sm³. Selen bromoksid SeOBr2 — sariqqizil rangli qattiq modda, suyuqlanish temperaturasi 41,6 °C, keyingi qizdirilganda parchalanadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling