Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


Download 0.66 Mb.
bet15/16
Sana11.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1259983
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
242- Abduhamidov UmidjonningNoorganikadan kurs ishi

Olinishi . Selen sulfat kislota oishlab chiqarish zavodining chang kamerasida tutilib qolgan moddalardan va qo‘rg‘oshin kamerlarining balchiqlaridan ajratib olinadi . Buning uchun bu moddalarga konsentrlangan qaynoq sulfat kislota va natriy nitrat aralshmasi qo‘shiladi ., natijada o‘sha moddalar tarkibidagi selen oksidlanib , selenit kislota H2SeO3 ni erkin Selenga qadar qaytariladi. Hosil bo‘lgan selen qizil rangli cho‘kma holida idish tubida yig‘iladi . [14]
Xossalari. Selen xuddi oltingugurt kabi bir necha shaklga bo‘lib , ining ikkita qizil rangli metalmas modifikatsiyasi va bitta kulrang rangli metalsimon modifikatsiyasi barqarordir .
Suyuqlantirilgan selenni tez sovitish natijasida qizg‘ish jigarrang taltiroq selen olinadi : buni havonchada yanchish orqali qizil rangli selen kukuni hosil qilinadi . Selenning suvda eriydigan birikmalarini qaytarisdh yoki selen bug‘larini tez sovitish natijasida g‘ovak holdagi qizil kukun ( omorf metalmas ) selen olinadi . Amorf selen suvda erimaydi , uglerod (IV) sulfidida ozroq eriydi , elektr tokini o‘tkazmaydi .
Selenning uglerod (IV) sulfididagi eritmalaridan qizil tusli selen ajralib chiqadi. Agar qizil selen 150 OC da uzoq vaqt qizdirilsa , bu selen o‘zidan ko‘p issiqlik chiqarib, kulrang tusli kristal xolatga metalsimon Selenga aylanadi . Selenning bu modifikatsiyasi barqarordir. U xatto uglerod (IV) – sulfidida ham juda oz eriydi , uzidan elektr tokini o‘tkazadi .

2 – rasm.
Lekin metalsimon selen qorong‘uda elektr tokini juda kam o‘tkazadi . Agar Selenga yorug‘lik berilsa , uning elektr o‘tkazuvchanligi nihoyatda ortib ketadi . qorong‘u joyda yana kamayadi . Bu hodisaga asoslanib , selenni fotoelementlar yaratilgan . Yuqoridagi rasmda selenni fotoelement sxemasi berilgan . Selen yarimo‘tkazgich moddalardan hisoblanadi . [13]
Xulosa
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yoshlar ta’lim-tarbiyasi samaradorligini millatimisga xos yuksak insoniy fazilat deb e'tirof etgan holda "Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol naslni tarbiyalab, yetishtirishga intilish bizning milliy xusisiyatimizdir", degan edilar.
Mustaqil taraqqiyot yo'lini bosib o'tayotgan mamalakatimizning kelajak vorislari yosh avlodning bilim darajasini oshirishda umumta'lim maktablari, kasb- hunar kollej lari va akademik litseylarda o'tiladigan fanlar qatorida kimyo fanining ham munosib o'rni bor.
Shuning uchun ham hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri barkamol avlodni tarbiyalashda hozirgi zamon fan asoslarining mazmuni umumta'lim maktablarini g'oyaviy siyosiy yo'li bilan belgilanadi. umumta'lim maktablari yuqori sinf o’quvchilariga amaliy hayot bilan chambarchas bog`langan nazariy bilimlar beradi. O'quvchilarda bar tomonlama barkamol insonga xos xislatlar hosil qilish kimyo o'qituvchisining eng muhim vazifasidir.
Mavzu ularning ochilishi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizikaviy xossalari, kimyoviy xossalari va ishlatilishi ketma-ketligida tushuntirilib, bu tartibda o'quvchiga yetkazish yaxshi samara berishi kuzatildi. Shuningdek, mashq va masalalar yechish o'quvchi bilimini oshirishga, tirishqoqlikka, mustaqil o'z ustida ishlashga undaydi. 10 ta masalani bir xil usulda ishladan ko'ra bitta masalani bir necha xil usulda ishlash ko'praoq samara beradi.[10]
Shuningdik quyidagi ilmiy ishimizda quyidagi xulosalar qilindi .Bu elementlar haqida qator ma’lumotlarga ega bo‘ldik ya’ni VI A guruh elementlari hayotimizni ajralmas qismi ekan. Ayniqsa oltingugurt bilan , kislorod eng muhim vazifalarni bajaradi . S hosil qilgan birikmlar asosan sanoatda keng qo‘llaniladi. Shu bilan birga ularni xususiyatlarini yana bir bor takrorlab o‘tsak mubolag`a bo`lmas .
Demak biz bilgan VI A guruppacha elemntlariga kislorod ( O2 ) , oltingugurt (S), selen ( Se ) va poloniy ( Po ) lar kirar ekan . Kislorod biz nafas oladigan havo taribida bo‘lib , turli yonilg‘ilarni yonishda asosiy rol o‘ynovchi element . Achish , cherish jarayoni ham kislorod ishtrokida bo‘lib o‘tadi . Oltingugurtga keladigan bo‘lsak xalq xo‘jaligida zararkunanda hashoratlarga qarshi chiqish uchun dori vositasida dehqonchilik , polizchilik va boshqa sohalarda qo‘llaniladi .[12]
Shuningdek bitiruv malakaviy ishi davomida quyidagi xulosalar qilindi :
-elementlarning eng ko'p uchraydigan (ayniqsa kundalik hayotimizda) holatdan boshlash;
Kelajagi buyuk mustaqil yurtimiz uchun yosh avlodlarni hozirgi zamon kimyo fani asoslarini ongli ravishda va puxta o'zlashtirishga erishishi, o'quvchilarni kimyoning atrofdagi tabiatni asrash va undan foydalanish uchun zarur bo'lgan ilmiy asoslarl bilan, tanishtirish, ilmiy bilishning vositalardan biri bo'lgan kimyo ekspirimentidan foydalana oladigan qilib tarbiyalash, talabalarni mehnatga va mustaqil bilim olishga o'rgatishdan iborat.
Ushbu malakaviy ishida berilgan mavzu yuqori sinflarda VI A guruppachaning elementlari mavzusini o’qtish metodikasi. Bu mavzuni o`tishda nazariy bilimlardan foydalanib "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida uzluksiz ta'lim o'quvchilarni o'quv fanlari bo'yicha muayyan bilimlarni egallashlari, ularni bilim olishlari, mustaqil va erkin fikrlashga, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirishlariga xizmat qiladi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling