Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


Download 0.66 Mb.
bet4/16
Sana11.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1259983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
242- Abduhamidov UmidjonningNoorganikadan kurs ishi

O'z zamonasining eng iqtidorli va shuhrat qozongan arab alkimyogar] Abu Abdulloh Jobir ibn Xayyom (721-815 yy.) Kufa (Iroq, hozirgi Mashhad) shahrida tug’iSgan, Yevropada Geber nomi bilan mashhur. Buyuk alloma islom davlati rivojlanishining eng yuqori cho'qqiga erishgan zamon - xalifa Xorun ar-Rashid hukmronligi davrida yashab, matematika, tabobat, kimyo va falsafa fanlari sohasida ijod qildi, Aristoteining to'rt unsur stixiyalar haqidagi ta'limotiga asoslangan holda metallarning paydo bo'lishi haqidagi simob-oltingugurt nazariyasini yaratdi. Bir qator amaliy kimyo tadqiqot usullarini takomillashtirib, kerakli jihozlar, uskunaiar, isitish pechlari va shisha idishlari tayyorlashni kashf qilganlar.

Alohida ta'kidlash lozimki, simob-oltingugurt nazariyasi o'z zamonasining eksperimental tajribaiaridan kelib chiqqan xususiy nalijalarini nazariy jihatdan umumlashtiradi, yaxlit, chuqur xulosalarga kelganligi bilan u qadimiy naturfalsafa ta'limotidan ijobiy iarq qiladi. Jobir ibn Xayyomning fikricha, yer qa'rida ikki xildagi bug’lanish mavjud; ammo quyosh nuri ta'sirida yer yuzidagi suvning bug’lanishi bundan mustasno, chunki u sovuq va holdir:

a) quyosh nuri ta'sirida suvning bug’lanishi Yer ostida, u issiq va quruq bo'lib, undan simob bunyod bo'ladi, bu bug’ to'rt muhim sifati bilan ajralib turadi: namiik, sovuqlik, quruqlik va issiqlik belgilari;

b) Yer qa'ridan ko'tariladigan quruq tutiin oltingugurtni hosil qiladi. -Hg - simob - metallar onasi; - oltingugurt -- metallar otasi, Ular yer qa'rida birikib turli oddiy metallarni (simob, qo'rg’oshin, mis, qalay, va temir) hosil qiladi, faqat oltin va kumush oltingugurt va simobning yetuk nisbatda birikishidan nihoyatda toza holda olinadi, ularni yer qa'rida olish juda qiyin, chunki oltinning zichligi simob zichligidan katta. Uni olish uchun simob va oltingugurtdan boshqa zichligi juda katta bo'lgan substansiya kerak. Shuning uchun ham sof oltin hosil bo'lishi uchun “tezlashtiruvchi” modda qo'shilishi kerak.


Oltingugurtning tabiatda uchrashi olinishi va xossalari.Oltingugurt S, tartib nomeri 16, atom og'irligi 32.064, elektron konfugurasiyasi  1S22S22P63S23P4; tabiiy izotoplari 1632S, 1633S, 1634S, 1636S.
Oltingugurt qadimdan ma'lum element. Oltingugurtning Yer qobig`idagi og'irlik miqdori 0.05 % ni tashkil etadi. Oltingugurt tabiatda erkin (tug`ma oltingugurt) holida va birikmalar (sulfidlar va sulfatlar) holida uchraydi. Eng muxim sulfid rudalar (ularning ko`rinishlariga qarab) kolchedanlar va metall yaltiroqlar nomi bilan yuritiladi. Bular qatoriga temir kolchedani FeS2, (buni pirit va oltingugurt kolchedani deb xam yuritiladi.) Rux yaltirog`i ZnS, qo`rg`oshin yaltirog`i PbS, mis kolchedani CuFeS2, mis yaltirog`i Cu2S kiradi. Metall sulfatlar tuz uyumlarini hosil qiladi, ba'zilari dengiz suvida erigan holatda bo'ladi. Oltingugurt birikmalari neft konlarida va shifobaxsh suvlarda xam uchraydi. Eng muxim sulfatlar qatoriga gips CaSO4.2H2O, angidrid CaSO4, achchiq tuz MgSO4 2H2O, kizerit MgSO4 . 2H2O, og'ir shpat BaSO4, selestin SrSO4 va glauber tuzi NaSO4 10H2O kiradi. Organik olamda oltingugurt o`simlik va hayvon oqsili tarkibida bo'ladi. U uglerod, kislorod, vodorod , azot va fosfor kabi hayot uchun eng zarur elementlardan biridir. Toshko`mir tarkibida 1.5% ga qadar oltingugurt bo'ladi.
Ba'zan, oltingugurt, tarkibida oltingugurt bo'lgan gazlardan ham olinadi. Masalan, H2S dan oltingugurt olish uchun texnikada quyidagi reaksiyalardan foydalaniladi.
2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O
2H2S + SO2 = 3S + 2H2O
Oltingugurtning kristall holatdagi allotropik modifikasiyalaridan eng muhimi ikkita: rombik yoki oktaedrik oltingugurt (a-oltingugurt) va monoklinik yoki prizmatik oltingugurt (β-oltingugurt).
Tabiatda uchraydigan rombik oltingugurtning solishtirma og'irligi 2.07, suyuqlanish xaroratsi 112,8oC. Rombik oltingugurt 95,5oC dan past haroratlardagina barqaror bo'ladi, 95.5°C dan yuqorida monoklinik oltingugurt barkarordir. Monoklinik oltingugurt prizma shaklidagi tinik kristallardan iborat bo'lib, uning solishtirma og'irligi 1.96g/sm3, suyuqlanish xaroratsi 119.3°C. Rombik oltingugurtni, masalan, 100°C da uzoq vaqt tutib turilsa, u monoklinik oltingugurtga aylanadi. 95.5°C da monoklinik oltingugurt bilan rombik oltingugurt muvozanat xolatida bo'ladi:S rombik « S monoklinik. Bu harorat rombik va monoklinik oltingugurtlarning bir-biriga aylanish haroratidir. Odatdagi sharoitda, qattiq oltingugurt molekulasi xalqa tarzida bir-biri bilan tutashadigan 8 atomdan tarkib topadi; S8 qizdirilganda S8 xalqasi uziladi. Yuqori haroratda zanjir bo`laklari mavjud bo'ladi. 448oC da oltingugurt qaynaydi. Bug` xolatda oltingugurt molekulalari S8, S6, S4 va S2 orasida muvozanat qaror topadi (harorat qanday bo'lishiga qarab.)
Oltingugurtning reaksion qobilyati odatdagi xaroratda u qadar yuqori emas; uning havoda alangalanish harorati 120°C ga yaqin. Uy haroratida u ishqoriy metallar bilan, mis, kumush va simob bilan reaksiyaga kirishishi uchun uni suyuqlanish haroratiga qadar qizdirish kerak.
Vodorod bilan oltingugurt birikishi uchun ancha yuqori xarorat talab qilinadi.
2Na + S = Na2S ; 2K + S = K2S ; Cu + S = CuS;
2Ag + S = Ag2S ; Hg + S = HgS ; 2S + CL2 = S2Cl2 ;
H2 + S = H2S
Oltingugurt ishqorlar bilan qizdirilganda quyidagi reaksiya boradi.
3S + 6NaOH →2Na2S + Na2SO3 + 3H2O
Vodorod sufid, tabiatda ba'zi shifobaxsh mineral suv manbalarida va oz miqdorda vulqon gazlar tarkibida uchraydi. Yuqori haroratda H2 bilan S ni biriktirib xam H2S ni sintez qilinadi.
H2 + S = H2S
Laboratoriyada H2S olish uchun metallarning sulfidlariga xlorid
kislota yoki sulfat kislotaning suyultirilgan eritmalari ta'sir ettiriladi.
FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S
Vodorod sulfid-rangsiz juda zaxarli gaz. Uning muzlash temperaturasi -83.6°C. H2S gazi -60.75°C da suyuqlikka o'tadi. Suyuq xolatdagi H2S amalda elektr tokini o`tkazmaydi. Qattiq qizdirilganda H2S vodorod va oltingugurtga ajraladi. H2S=H2+S. H2S havoda yonadi: 2H2S+3O2=2SO2+2H2O
Agar havoda yonib turgan H2S alangasi sovuq sirtga tutilsa yonish natijasida hosil bo`layotgan oltingugurt idish devoriga o`tiradi.
2H2S + O2 = 2S + 2H2O
H2S suvda eritilganda kuchsiz sulfid kislota xosil bo'ladi. (1l suvda 0°C da 4.6 l H2S, 20°C da esa 2.6 l H2S eriydi). Sulfid kislota ikki negizli kislotadir.


Vodorod sulfid asos va tuzlarning eritmalariga yuborilganida metall sulfidlari hosil bo'ladi. Suvda erimaydigan sulfidlar tegishli tuzlarning eritmalaridan H2S o`tkazish yo`li bilan cho`kma xolida hosil qilinadi. Kaliy gidroksid eritmasi H2S bilan to`yintirilganda avval kaliy gidrosulfid hosil bo'ladi:
KOH + H2S = KHS + H2O
Eritmaga yana ishqor qo`shilganda (ya'ni mo'l ishqor bo'lganda) kaliy sulfid hosil bo’ladi.
KHS + KOH = K2S + H2O
Natriy sulfid natriy sulfatni ko`mir yordamida qaytarish yo`li bilan olinadi.
Na2SO4 + 4S = Na2S + 4CO
Ammoniy gidroksid eritmasiga H 2S yuborish orqali ammoniy gidrosulfid NH 4HS hosil qilinadi. Bu modda xatto 0°C da va 350 mm sim.ust. bosimidayoq quyidagicha parchalanadi.
NH4HS ↔ NH3 + H2S
Kristallik ammoniy sulfid (NH3)2S faqat past haroratlardagina hosil qilinadi. Laboratoriyalarda qo`llaniladigan ammoniy sulfid eritmasi NH4HS va NH3 ning ekvimolekulyar aralashmalaridan iborat.
Ishqoriy va ishqoriy yer metallar sulfidlarining suvdagi aralashmalari beqaror bo'ladi. Chunki bu sulfidlar havoda osonlik bilan oltingugurtga qadar oksidlanadi. Hosil bo'lgan oltingugurt osongina metall sulfid eritmasida erib polisulfidlarni beradi. Masalan, Na2S eritmasidan Na2S3.8H2O tarkibli natriy polisulfid hosil bo'ladi.
Na2S + 2S →Na2S3
Og`ir metallarning sulfidlari, masalan; HgS, PbS, Sb2S3, CuS, CdS, ZnS, MnS, NiS tuzlariga xos rangga ega bo'lib, suvda yomon eriydi.
Ana shu sababli kationlarni bir-biridan ajratishda bunday sulfidlar hosil bo'lishidan foydalaniladi, chunki ularning ba'zilari suyultirilgan HCl eritmasida eriydi, ba'zilari suvda xam, HCl ning suyultirilgan eritmasida ham erimaydi.
Oltingugurtning uchta kislorodli birikmasi olingan. Bular SO, SO2 va SO3.
Sulfid angidrid SO2 xavoda oltingugurt yondirilganda hosil bo'ladi.
S + O2 = SO2
Sulfit angidrid SO2 rangsiz, o`tkir xidli zaxarli gaz. Uning parchalanish harorati juda yuqori (+157°C) bo'lgani uchun uni bosim ostida suyuqlikka aylantirish mumkin. Suyuq SO2 bir atmosfera bosimida - 10°C da qaynaydi va -72.5°C da qotadi. SO2 kuchli qaytaruvchidir. U xatto nitrat kislotani ham qaytaradi:
2HNO3 + SO2 = H2SO4 + 2NO2
Suyuq SO2 bug`langanda issiqlik yutiladi (atrof-50°C gacha soviydi). Shuning uchun suyuq SO2 sovutuvchi ustanovkalarda qo`llaniladi. Suyuq SO2 ning dielektrik konstantasi Ye=20 ga teng. U ba'zi moddalar uchun erituvchi sifatida ishlatiladi. SO2 da S atomi sp2 gibridlanadi.
Oltingugurt yondirilganda asosan sulfit angidrid hosil bo'ladi, shu bilan bir qatorda SO2 ning juda oz qismi oksidlanish natijasida 4% chamasi SO3 ham xosil bo'ladi.
2SO2 + O2 ↔ 2SO3
K=2,22 101 teng. SO3 ning xosil bo'lish reaksiyasi tenglamasini
SO2 + 0.5O2 ↔ SO3
shaklida yozib muvozanat konstantasini parsial bosimlar bilan ifodalasak

ni olamiz. Bu yerda Pso3-SO3 ning parsial bosimi; Pso2-esa SO2 ning parsial bosimi; Ro2- kislorodning parsial bosimi. Yuqoridagi ifodadan, SO3 parsial bosimining SO2 ning parsial bosimiga nisbati, ya'ni reaksiyaning unumini ifodalovchi qiymat kislorodning parsial bosimi kvadrat ildiziga proporsional ekanligini ko`ramiz. Demak, reaksiyada SO3 unumini oshirish uchun O2 dan mo'l olish kerak. Gazlar katalizatorga yetmasdan avval to'rt xissa havo bilan aralashtirilsa, reaksiyaning unumi 450° C da 80.5% ga (400°C da esa 99.5% ga yetadi).

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling