Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi “genetika” fanidan kurs ishi mavzu: hujayra sikli va rak hujayralari bajardi


Download 1.35 Mb.
bet10/19
Sana06.05.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1436198
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
HUJAYRA SIKLI VA RAK HUJAYRALARI

Lizosomalar. Hujayra gomogenatidan uning qismlarini alohida ajratib olish metodlari rivojlangandan keyin, 1955 yilda De Dyuv va boshqalar o‘zida nordon fosfatazadan ajratib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu fermentlar qatoriga glyukuronidaza, nordon ribonukleaza, nordon dezoksiribonukleaza va katepsinlar kiradi. Bu fermentlar hujayra tarkibiga kiruvchi turli moddalarni suv yordamida parchalay olishi uchun ularga lizosomalar deb nom berildi. Xozirgi kunda lizosomalar faqat hayvonlar hujayrasi uchungina emas, balki yer sharida juda keng tarіalgan barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal organoid ekanligi aniqlandi. Lizosomalardagi ovqat hazm qilish fermentlarining latent (yashirin) holatda bo‘lishi, ularning asosiy hususiyatlari bo‘lib, bu hususiyat avvalo ularni trab turgan membranalariga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Ilgarilari bu organoidlarning polimorfligi qayd qilingan bo‘lsa, so‘ngi vaqtlarda lizosomalarning turli formalarda bo‘lishi, ularning rivojlanishidagi turli bosqichlari bor ekani ma’lum bo‘ldi.
Lizosomalar organizm hujayralaridagi oqsil va nuklein kislotalarni hujayra ichida parchalanishi va ularni yangbilanishi uchun zarur fermentlarga ega bo‘lgan vakuollasimon organoidlardir. Hujayraning ichki ovqat hazm qilish organoidlari sifatida lizosomalar maxsus strukturaga ega bo‘lgan membrana bilan qurshalgan bo‘lib, bu membrananini lizosoma fermentlari buza olmaydi (18-rasm).
Lizosomalar xilma-xil shakldagi vakuolalarni eslatadigan organoidlar bo‘lib, ularni De-Dyuv uch guruhga bo‘ladi: haqiqiy lizosomalar, polizosomalar va postlizosomalar. Xaqiqiy lizosomalarni o‘zi yana 2 katta guruhga bo‘linadi: birlamchi lizosomalar va ikkilamchi lizosomalar.
Birlamchi lizosomalar-o‘lchami 100 nm keladigan xilma-xil morfologiyaga ega bo‘lgan vakuolalardan iborat bo‘lib, turli to‘qimalar hujayralarida xilma-xil gidrolaza fermentlar yig‘indisiga ega bo‘ladi. Lekin bu fermentlar passiv bo‘lib, ovqat hazm qilishda ishtirok etmaydi. Birlamchi lizosomalar ichida hazm qilinadigan biopolimer moddalar bo‘lmaydi.
Lizosomalar Golji kompleksi bilan funksional munosabatda bo‘lgan silliq endoplazmatik to‘rning maxsus uchastkalaridan hosil bo‘ladi. Birlamchi lizosomalar mayda pufakchalar holida silliq retikulumdan uzilib chiqishi kuzatiladi.
Olimlar tomonidan olib borilgan tajribilar gidrolaza fermentlari globulyar endoplazmatik to‘r devoridagi ribosomalar tomonidan sintez qilishini va silliq retikulum kanallari orqali Golji kompleksiga va undan birlamchi lizosomaga o‘tishini ko‘rsatadi. Birlamchi lizomalar odatda hujayrada dumaloq, oval shaklda bo‘lib, qalinligi 50-90 nm keladigan membrana bilan qurshalgan bo‘ladi.
Ikkilamchi lizosomalar yoki geterofagosomalar hujayraga olinishi zarur bo‘lgan moddalarni plazmolemma yuzasiga adsorbsiya qilinishi, endositoz plazmolemaning o‘sha joyini sitoplazma ichiga invaginasiya qilib, pufakcha shaklida uzilib chiqishi bilan hosil bo‘ladi. Yutilgan modda shu geterofagosoma ichida qoladi. geterofagosoma birlamchi lizosoma bilan qo‘shilib, geterofaggolizosoma hosil bo‘ladi. Natijada geterofaga tipidagi ikkilamchi lizosoma hosil bo‘ladi. Shu bilan birga birlamchi lizosomalarning passiv holatidagi gidrolaza fermentlari aktiv holga keladi, ekzogen moddalar gidrolizlanib, parchalana boshlaydi. Lizosoma ichida boradigan hazm jarayonining oxirgi bosqichlarida parchalanish maxsulotlari: aminokislotalar, nukleotidlar va boshqalar hosil bo‘ladi. Bu mahsulotlar geterofagolizosoma membranasi orqali diffuziya qilinib, sitoplazmaga chiqadi. Bu moddalar hujayraning nafas olishga sarflanadi yoki zarur makromolekulalarining BIOSinteziga qatnashadi. Kiyin hazm qilinadigan yoki hazm bo‘lmaydigan moddalar qoldiq tanalarda to‘planadi yoki plazmolemma orqali hujayradan chiqarib yuboriladi.
Hujayra ichiga chetdan kirgan moddalarni hazm qilinishidan tashqari, hujayrada protoplastning ma’lum uchastkasini qurshab trab olinishi tufayli autofagosomalar yoki autofagosomal vakuolalar hosil bo‘ladi. Bular birlamchi lizosomalar bilan qo‘shilib ikkilamchi lizosoma-autofagolizosoma hosil qiladi va autofagolizosomalar ichida qolgan protoplast qismlari (mitoxondriya, plastida, endoplazmatik to‘r bo‘laklari va boshqalar) asta-sekin hazm bo‘lib ketadi.
Makromolekulalarning gidrolizlanishidan hosil bo‘lgan monomelar aminokislotalar, yog‘ kislotalari, monosaxaridlar va boshqalar autolizosoma membranasi orqali diffuziya qilinadi. Qiyin hazm bo‘ladigan yoki parchalanmaydigan moddalar qoldiq tanachalarda to‘planadi yoki ekzositoz yo‘l bilan hujayradan chiqarib yuboriladi.
Ilmiy tekshirishlarga ko‘ra, autofagolizosomalar, shuningdek, geterofagolizosomalar, qoldiq tanachalar va geterofosomalar bilan ham qo‘shila oladi.
Autofagositoz jarayoni sifatida hujayra och qolganda uning o‘z qismlarini metobolizmga jalb qilib, hujayra xayotini ma’lum vaqtgacha ushlab turadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling