"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi


Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana16.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1515408
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Biofizika Rahmatullo

Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari. Ko'pchilik epiteliy 
hujayralarning bazal plazmatik membranasi tekis. Lekin suv va ionlarning 
transportida ishtirok etuvchi hujayralarning bazal plazmatik membranalari tekis 
bo'lmay, ko'pgina burmalar hosil qiladi. Burmalarning kattaligi bir-biridan farq 
qiladi. Masalan, ko'zning oldingi kamerasi hujayralari, miyaning xorioidal chigali 
hujayralaridagi burmalar son jihatidan kam va yuza joylashgan bo'ladi. Lekin 
buyrak nefronining proksimal, distal qismlaridagi, bezlarning so'lak chiqaruv 
naylaridagi hujayralar natriy ionini konsentratsiyasi yuqori bo'lgan muhitga 
haydagani uchun bazal plazmatik membrana burmasi kuchli rivojlangan. Bazal 
plazmatik membrana burmasi orasida yirik mitoxondriyalar bor. Bioximiyaviy va 
sitoximiyaviy tadqiqotlar natijasida ionlarning aktiv transportida (harakatida) 
ishtirok etuvchi natriy va kaliy bilan aktivlanuvchi adenozintrifosfatazaning (Na+ 
K+ATF-aza) bazal plazmatik membranada joylashishi aniqlandi. 
Ferment sistemasining mitoxondriyalar bilan yaqin joylashishiga qarab, bu ikki 
sistemani morfologik jihatdan plazmolemmomitoxondrial nasos deb atasa ham 
bo'ladi. 
Bazal plazmatik membranada
 
«gemidesmosomalar» (yarim desmosomalar) 
ham uchraydi Ular yordamida epiteliy hujayralari bazal membrana (plastinka) bilan 
birlashadi. Yarim desmosomalar desmosomalarning yarmini eslatib bir hujayra 


14 
sitoplazmasining bo'rtmasidan va shu bo'rtma sohasida joylashgan disksimon 
tuzilmadan iborat. 
 
6-r a s m. O‘simlik hujayrasining tuzilishi. 
 


15 
 
5. Plazmatik membrana tuzilishi 
Plazmatik membrananing suyuq mozaik shakli. Oqsil, lipid va uglevodlar 
membrananing tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Sizning tanangizdagi har bir hujayra mayda membrana pufagi bilan qoplangan. 
Ushbu membrananing konsistensiyasi taxminan zaytun moyiga yaqin1^11start 
superscript, 1, end superscript. Bu faktni birinchi marta oʻqiganimda u menga juda 
ishonarsizdek koʻrindi! Zaytun moyi hujayra va butun dunyo oʻrtasida chegara 
vazifasini bajarish uchun juda noziklik qiladigandek tuyuladi. Shunga qaramay, 
tuzilishi va boshqa xususiyatlari zaytun moyi xususiyatlariga oʻxshash plazma 
membranasi oʻzining ishi uchun juda mos keladi. 
U aynan qanday vazifani bajaradi? Plazmatik membrana shunchaki hujayraning 
chegaralarini belgilabgina qolmay, balki hujayraning atrof-muhit bilan nazorat 
ostida oʻzaro munosabatga kirishishi uchun imkon beradi. Hujayralar muayyan 
miqdordagi turli xil moddalarni oʻzlashtirish, qabul qilmaslik va ularni hujayradan 
tashqariga chiqarib yuborish xususiyatiga ega boʻlishi kerak. Shu bilan birga, 
hujayralar oʻziga oʻxshash boshqa hujayralarni aniqlashi va ular bilan oʻzaro axborot 
almasha olishi ham kerak. 
Ushbu vazifalarni bajarish uchun plazmatik membranaga hujayra va atrof-
muhit oʻrtasida yarim oʻtkazuvchan toʻsiqni hosil qiladigan lipidlar kerak boʻladi. 
Unga, shuningdek, membranalararo transport va hujayralar munosabatida ishtirok 
etadigan oqsillar va ham oqsillarni, ham lipidlarni oʻzgartiradigan va hujayralar bir-
birini tanib olishiga yordam beradigan uglevodlar (shakar va shakar zanjirlari) kerak 
boʻladi. 
Mavzu davomida biz plazmatik membrananing turli xil tarkibiy qismlarini 
batafsilroq koʻrib chiqamiz, ularning vazifalari, xilmaxilligi hamda ular hujayrani 
qanday qilib oʻzgaruvchan, sezuvchan qilishini va hujayra atrofidagi xavfsiz 
chegarani yaratish uchun qanday qilib birgalikda ishlashlarini koʻrib chiqamiz. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling