"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi


  3. Plazmolemma va sitolemma


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana16.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1515408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Biofizika Rahmatullo

 


10 
3. Plazmolemma va sitolemma 
Hujayrani tashqi tarafdan o'rab turuvchi sitoplazma qobig'i biologik 
membrananing o'zidan iborat bo'lishi mumkin. Lekin, ko'pincha, hujayra murakkab 
tuzilgan 3 zonadan: tashqi, o'rta va ichki zonalardan tashkil topgan hujayra 
(sitoplazma) qobig'i bilan o'ralgan. 
Sitoplazma qobig'ining tashqi zonasi g l i k o k a l i k s deb nomlanib oqsil va 
karbonsuvlardan hosil bo'lgan. U elektron mikroskop ostida uzluksiz struktura 
holida ko'rinadi. Glikokaliks tashqi qavat bo'lgani uchun hujayraning tashqi muhit 
bilan aloqasida muhim rol o'ynaydi. Glikokaliks zonasining ximiyaviy tarkibi turli 
hujayralarda farqlanadi. Ba'zi bir hujayralarda glikokaliks moddalarni parchalovchi 
fermentiarga boy bo'lsa, boshqa hujayralardagi glikokaliksni hosil qiluvchi 
glikoprotendlar immunologik xususiyatga ega. Bu esa shu zonaning immunologik 
jarayonlarda muhim o'rin tutishini belgilaydi. Ichak epitelial hujayrasining 
(enterotsit) mikrovorsinkalari ustidagi glikokaliks moddalar parchalanishida
so'rilishida muhim rol o'ynaydi. U hujayra mikrovorsinkalarini apikal qismining 
mustahkamligini bclgilab, ximiyaviy moddalar va ba'zi bir mikroblar ta'siridan 
enterotsit hujayralarini saqlaydi. 
O'rta zonasi hujayra qobig'ining eng muhim va murakkab tuzilgan qismidir. U 
elementar biologik membrana tuzilishiga ega bo'lib, lipoproteiddan tashkil topgan. 
Ichki zona (kortikal qavat) lipoproteid membranaga tegib yotuvchi 
sitoplazmaning yupqa qismidan iborat. Bu yerda organellalar bo'lmay, 
sitoplazmadan mikrofilamentlar kelib tugaydi. Mikrofilamentlar qisqaruvchi 
oqsillar ushlagani uchun ichki zona hujayra membranasining harakatida muhim rol 
o'ynaydi. Bu harakat psevdopodiyalar hosil qilish va fagotsitoz, pinotsitoz 
protsesslarida botiqlar hosil qilish bilan heigilanadi. 
Elektron mikroskop ostida membrana 6-10 nm qalinlikda bo'lib, uch qavatdan 
tashkil topgan. Har bir qavatning qalinligi taxminan 2,5 nm. lkki chetki qavati 
to'qroq, o'rta qavati oqish ko'rinadi. 
Sitoplazmatik qobiqning bunday tuzilishi hayvon hujayrasining evolutsiyasi 
davrida paydo bo'lgan. Hujayra qobig'i modda almashinuvida ishtirok etish bilan 
barobar hujayra harakatini, ularning o'zaro bir-birini tanib olish, informatsiya 
almashish, bir-biri bilan birlashish, spetsifik ta'sirlami qabul qilish kabi faoliyatlar 
majmuasini surunkali bajarib turadi. 


11 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling