"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi


 Biologik membranalar va hujayra qobig'i


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana16.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1515408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Biofizika Rahmatullo

 
2. Biologik membranalar va hujayra qobig'i 
 
Bu membranalar murakkab va o'ta spetsifik tuzilmalar bo'lib, hujayraning 
hayotiy jarayonini belgilab turadi. Membranalar hujayraga moddalarning kirishi va 
chiqishini, membranalar bilan bog'liq bo'lgan bioximik jarayonlarni va 
membranalarda joylashgan fermentlar orqali hujayrada moddalar almashinuvi 
(metabolizm)ni boshqarib turadi. Membranalar chegaralash funksiyasini bajaradi. 
Turli modda molekulalari (masalan, oqsillar) spetsifik xususiyatlarga faqatgina 
ma'lum tartibda joylashishi va o'zaro munosabati natijasida ega bo'ladi. 
Moddalarning bunday munosabati biologik membranalarda kuzatiladi. 



3-rasm. Hayvon hujayrasida plazmatik membrananing tuzilishi 
Ma'lumki, hozirgi vaqtda hujayraviy tuzilishning ikki turi ajratiladi: prokariot 
va eukariotlar. Prokariot hujayralar yadro qobig'i bo'lmagan va D N K
sitoplazmada erkin yotuvchi hujayralardir. Prokariot hujayralarga ba'zi bakteriyalar 
va suv o'tlari kiradi. Asosiy ko'pchilik tirik organizm hujayralari eukariot hujayralar 
bo'lib, ularda yadro shakllangandir, bu hujayralarda murakkab tuzilgan yadro qobigi 
xromosomalarni sitoplazmadan ajratib turadi. Eukariot hujayralar membrana 
tuzilmalariga boy bo'lib, bu membranalar turli funksiyalarni bajaradi. Hujayraning 
tashqi qavatini hosil qiluvchi plazmatik membrana hujayrani tashqi muhit bilan 
aloqasini belgilaydi. Hujayra ichidagi membranalar (sitomembranalar) ATF 
sintezlovchi mitoxondriyani, ma'lum moddalarni parchalovchi lizosomalami, oqsil, 
yog', karbonsuv va hujayra uchun kerakli ximiyaviy moddalarni sintezlovchi 
endoplazmatik to'rni, plastinkasimon kompleksni, yadro qobig'ini va boshqa 
tuzilmalarni hosil qiladi. 
Biologik 
membranalar 
hujayra 
qobig'i, 
hujayraning 
membranali 
organellalarini va yadro qobig'ini hosil qilib, qalinligi 6-10 nm bo'lgan lipoproteid 
tuzilmadir. Biologik membranalarning taxminan 40 foiz lipiddan, 60 foiz 
oqsillardan tashkil topgan. Lipidlar turlicha bo'lib, ularning ichida fosfolipidlar 
(glitserofosfatlar), sfagomiyelin alohida o'rin tutadi. 




Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling