"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana16.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1515408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Biofizika Rahmatullo

 
 
 



1. Hujayra qobig’i va membranalarning tavsifi 
 
Barcha hujayralar butun xayoti davomida o‘z strukturasi va modda almashinuv 
protsesslarini saqlashga harakat qiladi. Buning uchun hujayra mebranasi, ya‘ni 
ularning qobig‘i katta ahamiyatga ega. Sitoplazma esa barcha organoidlar 
joylashgan muhit hisoblanadi.U o‘ziga xos muhitda amalga oshadi. Uning 
xususiyatlari va vazifalari sitoplazmatik harakatlarda ham yaqqol ko‘rinadi.
Hujayra qobig‘i ichki muhitni himoya qiladi, hujayralararo va atrof muhit 
bilan modda almashinuvi jarayonlarini boshqaradi. Bundan tashqari gormonlar, 
kimyoviy moddalar va boshqalarni tashqaridan organizmga o‘zlashtirishi va javob 
reaksiyalarni amalga oshirdi.
Membrana hujayrani tashqaridan o‘rab olgan holda uning shakl formasini 
saqlash xususiyatlariga ham ega. Oddiy mikroskopda ham hujayra qobig‘ining 
umumiy ko‘rinishini aniqlash mumkin. Ayniqsa, o‘simlik hujayralarining po‘sti 
qobig‘ini yaqqol ko‘rish imkoniyati mavjud. Lekin elektron mikroskop kashf etilishi 
hujayrani tadqiq qilish, o‘rganish jarayonida o‘ziga xos imkoniyatlar keltirib 
chiqardi. Elektron mikroskopda uning xaqiqiy strukturasining qalinligini va boshqa 
xususiyatlarini o‘rganish, aniqlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Hujayradagi barcha sitoplazmatik organoid ham membranadan paydo 
bo‘lganligi aniqlandi. Hujayra mebranasi tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega. Undan 
sekinlik bilan diffuziya yuli bilan glikozin aminokislotalari, yog‘ kislotalari, glitser 
ionlari o‘tadi. Bazilari tezlik bilan, sekinlik bilan bazilarni o‘tkazmaydigan darajada 
tanlab o‘tkazish xususiyatga ega. Organik erituvchilar hisoblangan spirt, efir, 
xloroform va boshqalarni suvga nisbatan tez o‘tkazadi. Bundan kelib chiqadiki, 
membranada qandaydir nepolyar qismi mavjud bo‘lib, bu narsa lipidlar xissasiga 
to‘g‘ri keladi. Hujayra qobig‘i o‘ziga xos oqsil va lipid moddalarini navbatlashib 
joylashgan strukturaga ega bo‘lgan membranadir. Lipidlar membranada fosfolipid, 
gliqolipid, stirol tarzida uchraydi. Lipidlar molekulalari shunday joylashish 
xususiyatlariga egaki, ularning qutb (polyar) guruxlari faqatgina tashqariga 
yo‘nalgan xolatda bo‘ladi. Bu esa ularning boshqa moddalar molekulalari tasiriga 
javob bera olish imkonini beradi.
Fosfolipidlar tarkibida fosfat gruppa ushlagan moddalar bo‘lib molekulasi 
polyar boshchasi va nepolyar 2 ta dum qismidan iborat. Ular faqat yog‘ 
kislotalaridan tashkil topgan bo‘lib, gidrofoblar guruxini tashkil qiladi. Bosh qismi 
fosfat gruppasi tashkil etib, gidrofil xususiyatiga ega. Ularga ko‘proq fosfolipidlar 
to‘g‘ri keladi. Glipolitdlar – lipidlarni uglevodlar fosfolipidlarga o’xshab, polyar 
bosh qismi va nepolyar qutblanmagan 2ta dum qismidan iborat.
Sterollar – spirtlardan iborat bo‘lib, ulardan keng tarqalganlari xolistirol. 
Ular asosan izopren sinfiga kiruvchi moddalar hisoblanadi. Ularni fosfolipid va 
gliqolipidlardan farqi bir qator monomolekulyar qavat hosil qiladi. Lipidlar 2 - qator 
bo‘lib lipid qavatini hosil qiladiki, bu tirik hujayraning juda ko‘p harakterli 
xususiyatlariga sabab bo‘ladi.
Bu xususiyatlardan kelib chiqib o‘simlik va xayvon organizmlarining 
hujayralar membranasi 3 - qavat ko‘rinishga ega.



Umuman biologik tiriklik membranalarga xos quyidagi umumiy 
qonuniyatlarni ko‘rsatish mumkin: 
1. 
Har qanday membranani qalinligi 7.5 nm. 
2. 
Elektron mikroskopda qaralganda 3 qavatdan iborat. 
3. 
3 qavatdan 2ta oqsil o‘rtada lipid qavatdan iborat.
1972 yili Singer va Nikolson membrananing suyuq – mozaik modelini 
yaratishdi. Bunda oqsil molekulalari lipid moleklalari okeanida so‘zib yurganidek 
holatini kuzatish mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling