"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi


-rasm. Hayvon hujayrasi organoidlarining tuzilishi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana16.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1515408
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Biofizika Rahmatullo

5-rasm. Hayvon hujayrasi organoidlarining tuzilishi 
 
Qo'shni hujayralar yon yuzasidagi maxsus tuzilmalar. Har xil hujayralar 
yon qismlarida moddalarni diffuziya qilishga to'sqinlik beruvchi maxsus tuzilmalar 
joylashadi. Bu tuzilmalar bir necha turga farqlanadi: 
1. Oddiy birikish. Hujayra p l a z m a t i k membranalari bir-biriga parallel yotib, 
ular orasida taxminan 20 nm kenglikdagi hujayra oraliq moddasi joylashadi. 
Ana shu modda ikki plazmatik membrananing bog'lanishini ta'minlaydi. 
2. 
Zich birikish yoki membranalarning zich jipslashgan zonasi. Bu birlashish 
epiteliy to'qimasiga xos bo'lib, u hujayrani har tarafdan o'rab turadi. Bu birlashish 
sohasida umuman hujayra oraliq moddasi bo'lmay, qo'shni membranalarning oqsil 
molekulalari o'zaro qo'shilib ketadi. Elektron mikrofotografiyalarda bu sohada besh 
qavatli membranani ko'ramiz (har bir plazmatik membrana elektron mikroskop 
ostida 3 qavat bo'lib ko'rinsa, bu sohada 2 plazmatik membrananing to'q qavatlari 
birlashib, 5 qavatli bo'lib ko'rinadi). Bu birlashish ichak epiteliy hujayralari sohasida 
turli moddalarning ichak bo'shlig'idan ichki muhitga o'tishiga to'sqinlik qiladi. 
Natijada, zaharli moddalar ichak bo'shlig'idan ichki muhitga o'ta olmaydi. Moddalar 
faqat epiteliy hujayralariga so'rilish hisobiga ichki muhitga o'tishi mumkin. Oddiy 
birikish va zich birlashish hujayralarni hamma tarafdan o'rab turadi va natijada 
o'ziga xos belbog'ni hosil qiladi. 
3. Epiteliy hujayralarida desmosomalar orqali birlashish ham farqlanadi. 
Elektron mikroskopda ko'rilganda desmosoma sohasida qo'shni hujayralar 


13 
sitoplazmalarining bir-biriga tomon yo'nalgan bo'rtmalari ko'zga tashlanadi. Bu 
bo'rtmalar plazmolemma bilan qoplangan bo'lib, elektron zich hujayralararo 
joylashgan sementlovchi modda yordamida o'zaro birlashadi. Plazmolemmaning 
ichki tarafida elektron zich disk shaklidagi tuzilmalar joylashib, ularni 
birlashliruvchi plastinka deyiladi. Sitoplazma ichidagi tonofibrillalar shu 
plastinkaga yopishadi. 
4. Tirqishli tutashish — bu tutashishda ikki qo'shni hujayralar plazmatik 
membranalari orasida 2-3 nm kenglikda oraliq (tirqish) qoladi. Bo'yovchi moddalar 
bir hujayra sitoplazmasiga kiritilganda shu soha orqali qo'shni hujayraga o'tadi. 
Demak, tirqishli tutashish sohasida nozik kanalchalar bo'ladi. Tadqiqotchilar 
fikricha, ikki qo'shni hujayra plazmatik membranalarining oqsillari silindr shaklida 
tuzilmalar (konneksonlar) hosil qilib, shu tuzilma ichida naysimon tuzilmalar 
(kanalchalar) joylashgan. Bu naysimon tuzilmalar orqali ionlar bir hujayradan 
ikkinchi hujayraga o'tadi. Shunday qilib, tirqishli tutashish hujayralararo ionlar va 
turli molekulalar almashi- nuvida muhim o'rin tutadi. Undan tashqari, bu tutashish 
orqali bir hujayradan ikkinchi hujayraga impuls tarqalishi mumkin (masalan, yurak 
mushak hujayralarida). 
5.Sinapslar va sinaptik birikish. Bu bog'lanish nerv hujayralari uchun xos. 
Sinaps ikki nerv hujayrasi orasida—neyronlararo sinaps yoki nerv va nerv 
bo'lmagan tuzilmalar (retseptor va effektorlar) orasida bo'lishi mumkin («Nerv 
to'qimasi»ga q.). 
6.Hujayra yon yuzasidagi interdigilatsiyalar tez o'zgaruvchan tuzilma bo'lib, 
bunda bir hujayraning barmoqsimon sitoplazmatik o'siqchalari qo'shni hujayraning 
xuddi shunday o'siqchalari orasiga kirib birlashadi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling