"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi
Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari
Download 150.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotoretsepsiya, hujayra membranalarning molekulyar tuzilishi
Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari. Ko'pchilik epiteliy
hujayralarning bazal plazmatik membranasi tekis. Lekin suv va ionlarning transportida ishtirok etuvchi hujayralarning bazal plazmatik membranalari tekis bo'lmay, ko'pgina burmalar hosil qiladi. Burmalarning kattaligi bir-biridan farq qiladi. Masalan, ko'zning oldingi kamerasi hujayralari, miyaning xorioidal chigali hujayralaridagi burmalar son jihatidan kam va yuza joylashgan bo'ladi. Lekin buyrak nefronining proksimal, distal qismlaridagi, bezlarning so'lak chiqaruv naylaridagi hujayralar natriy ionini konsentratsiyasi yuqori bo'lgan muhitga haydagani uchun bazal plazmatik membrana burmasi kuchli rivojlangan. Bazal plazmatik membrana burmasi orasida yirik mitoxondriyalar bor. Bioximiyaviy va sitoximiyaviy tadqiqotlar natijasida ionlarning aktiv transportida (harakatida) ishtirok etuvchi natriy va kaliy bilan aktivlanuvchi adenozintrifosfatazaning (Na+ K+ATF-aza) bazal plazmatik membranada joylashishi aniqlandi. Ferment sistemasining mitoxondriyalar bilan yaqin joylashishiga qarab, bu ikki sistemani morfologik jihatdan plazmolemmomitoxondrial nasos deb atasa ham bo'ladi. Bazal plazmatik membranada «gemidesmosomalar» (yarim desmosomalar) ham uchraydi Ular yordamida epiteliy hujayralari bazal membrana (plastinka) bilan birlashadi. Yarim desmosomalar desmosomalarning yarmini eslatib bir hujayra 14 sitoplazmasining bo'rtmasidan va shu bo'rtma sohasida joylashgan disksimon tuzilmadan iborat. 6-r a s m. O‘simlik hujayrasining tuzilishi. 15 5. Plazmatik membrana tuzilishi Plazmatik membrananing suyuq mozaik shakli. Oqsil, lipid va uglevodlar membrananing tarkibiy qismlari hisoblanadi. Sizning tanangizdagi har bir hujayra mayda membrana pufagi bilan qoplangan. Ushbu membrananing konsistensiyasi taxminan zaytun moyiga yaqin1^11start superscript, 1, end superscript. Bu faktni birinchi marta oʻqiganimda u menga juda ishonarsizdek koʻrindi! Zaytun moyi hujayra va butun dunyo oʻrtasida chegara vazifasini bajarish uchun juda noziklik qiladigandek tuyuladi. Shunga qaramay, tuzilishi va boshqa xususiyatlari zaytun moyi xususiyatlariga oʻxshash plazma membranasi oʻzining ishi uchun juda mos keladi. U aynan qanday vazifani bajaradi? Plazmatik membrana shunchaki hujayraning chegaralarini belgilabgina qolmay, balki hujayraning atrof-muhit bilan nazorat ostida oʻzaro munosabatga kirishishi uchun imkon beradi. Hujayralar muayyan miqdordagi turli xil moddalarni oʻzlashtirish, qabul qilmaslik va ularni hujayradan tashqariga chiqarib yuborish xususiyatiga ega boʻlishi kerak. Shu bilan birga, hujayralar oʻziga oʻxshash boshqa hujayralarni aniqlashi va ular bilan oʻzaro axborot almasha olishi ham kerak. Ushbu vazifalarni bajarish uchun plazmatik membranaga hujayra va atrof- muhit oʻrtasida yarim oʻtkazuvchan toʻsiqni hosil qiladigan lipidlar kerak boʻladi. Unga, shuningdek, membranalararo transport va hujayralar munosabatida ishtirok etadigan oqsillar va ham oqsillarni, ham lipidlarni oʻzgartiradigan va hujayralar bir- birini tanib olishiga yordam beradigan uglevodlar (shakar va shakar zanjirlari) kerak boʻladi. Mavzu davomida biz plazmatik membrananing turli xil tarkibiy qismlarini batafsilroq koʻrib chiqamiz, ularning vazifalari, xilmaxilligi hamda ular hujayrani qanday qilib oʻzgaruvchan, sezuvchan qilishini va hujayra atrofidagi xavfsiz chegarani yaratish uchun qanday qilib birgalikda ishlashlarini koʻrib chiqamiz. Download 150.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling