"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi
-rasm. Hayvon hujayrasi organoidlarining tuzilishi
Download 150.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotoretsepsiya, hujayra membranalarning molekulyar tuzilishi
5-rasm. Hayvon hujayrasi organoidlarining tuzilishi
Qo'shni hujayralar yon yuzasidagi maxsus tuzilmalar. Har xil hujayralar yon qismlarida moddalarni diffuziya qilishga to'sqinlik beruvchi maxsus tuzilmalar joylashadi. Bu tuzilmalar bir necha turga farqlanadi: 1. Oddiy birikish. Hujayra p l a z m a t i k membranalari bir-biriga parallel yotib, ular orasida taxminan 20 nm kenglikdagi hujayra oraliq moddasi joylashadi. Ana shu modda ikki plazmatik membrananing bog'lanishini ta'minlaydi. 2. Zich birikish yoki membranalarning zich jipslashgan zonasi. Bu birlashish epiteliy to'qimasiga xos bo'lib, u hujayrani har tarafdan o'rab turadi. Bu birlashish sohasida umuman hujayra oraliq moddasi bo'lmay, qo'shni membranalarning oqsil molekulalari o'zaro qo'shilib ketadi. Elektron mikrofotografiyalarda bu sohada besh qavatli membranani ko'ramiz (har bir plazmatik membrana elektron mikroskop ostida 3 qavat bo'lib ko'rinsa, bu sohada 2 plazmatik membrananing to'q qavatlari birlashib, 5 qavatli bo'lib ko'rinadi). Bu birlashish ichak epiteliy hujayralari sohasida turli moddalarning ichak bo'shlig'idan ichki muhitga o'tishiga to'sqinlik qiladi. Natijada, zaharli moddalar ichak bo'shlig'idan ichki muhitga o'ta olmaydi. Moddalar faqat epiteliy hujayralariga so'rilish hisobiga ichki muhitga o'tishi mumkin. Oddiy birikish va zich birlashish hujayralarni hamma tarafdan o'rab turadi va natijada o'ziga xos belbog'ni hosil qiladi. 3. Epiteliy hujayralarida desmosomalar orqali birlashish ham farqlanadi. Elektron mikroskopda ko'rilganda desmosoma sohasida qo'shni hujayralar 13 sitoplazmalarining bir-biriga tomon yo'nalgan bo'rtmalari ko'zga tashlanadi. Bu bo'rtmalar plazmolemma bilan qoplangan bo'lib, elektron zich hujayralararo joylashgan sementlovchi modda yordamida o'zaro birlashadi. Plazmolemmaning ichki tarafida elektron zich disk shaklidagi tuzilmalar joylashib, ularni birlashliruvchi plastinka deyiladi. Sitoplazma ichidagi tonofibrillalar shu plastinkaga yopishadi. 4. Tirqishli tutashish — bu tutashishda ikki qo'shni hujayralar plazmatik membranalari orasida 2-3 nm kenglikda oraliq (tirqish) qoladi. Bo'yovchi moddalar bir hujayra sitoplazmasiga kiritilganda shu soha orqali qo'shni hujayraga o'tadi. Demak, tirqishli tutashish sohasida nozik kanalchalar bo'ladi. Tadqiqotchilar fikricha, ikki qo'shni hujayra plazmatik membranalarining oqsillari silindr shaklida tuzilmalar (konneksonlar) hosil qilib, shu tuzilma ichida naysimon tuzilmalar (kanalchalar) joylashgan. Bu naysimon tuzilmalar orqali ionlar bir hujayradan ikkinchi hujayraga o'tadi. Shunday qilib, tirqishli tutashish hujayralararo ionlar va turli molekulalar almashi- nuvida muhim o'rin tutadi. Undan tashqari, bu tutashish orqali bir hujayradan ikkinchi hujayraga impuls tarqalishi mumkin (masalan, yurak mushak hujayralarida). 5.Sinapslar va sinaptik birikish. Bu bog'lanish nerv hujayralari uchun xos. Sinaps ikki nerv hujayrasi orasida—neyronlararo sinaps yoki nerv va nerv bo'lmagan tuzilmalar (retseptor va effektorlar) orasida bo'lishi mumkin («Nerv to'qimasi»ga q.). 6.Hujayra yon yuzasidagi interdigilatsiyalar tez o'zgaruvchan tuzilma bo'lib, bunda bir hujayraning barmoqsimon sitoplazmatik o'siqchalari qo'shni hujayraning xuddi shunday o'siqchalari orasiga kirib birlashadi. Download 150.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling