"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi
3. Plazmolemma va sitolemma
Download 150.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotoretsepsiya, hujayra membranalarning molekulyar tuzilishi
10 3. Plazmolemma va sitolemma Hujayrani tashqi tarafdan o'rab turuvchi sitoplazma qobig'i biologik membrananing o'zidan iborat bo'lishi mumkin. Lekin, ko'pincha, hujayra murakkab tuzilgan 3 zonadan: tashqi, o'rta va ichki zonalardan tashkil topgan hujayra (sitoplazma) qobig'i bilan o'ralgan. Sitoplazma qobig'ining tashqi zonasi g l i k o k a l i k s deb nomlanib oqsil va karbonsuvlardan hosil bo'lgan. U elektron mikroskop ostida uzluksiz struktura holida ko'rinadi. Glikokaliks tashqi qavat bo'lgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol o'ynaydi. Glikokaliks zonasining ximiyaviy tarkibi turli hujayralarda farqlanadi. Ba'zi bir hujayralarda glikokaliks moddalarni parchalovchi fermentiarga boy bo'lsa, boshqa hujayralardagi glikokaliksni hosil qiluvchi glikoprotendlar immunologik xususiyatga ega. Bu esa shu zonaning immunologik jarayonlarda muhim o'rin tutishini belgilaydi. Ichak epitelial hujayrasining (enterotsit) mikrovorsinkalari ustidagi glikokaliks moddalar parchalanishida, so'rilishida muhim rol o'ynaydi. U hujayra mikrovorsinkalarini apikal qismining mustahkamligini bclgilab, ximiyaviy moddalar va ba'zi bir mikroblar ta'siridan enterotsit hujayralarini saqlaydi. O'rta zonasi hujayra qobig'ining eng muhim va murakkab tuzilgan qismidir. U elementar biologik membrana tuzilishiga ega bo'lib, lipoproteiddan tashkil topgan. Ichki zona (kortikal qavat) lipoproteid membranaga tegib yotuvchi sitoplazmaning yupqa qismidan iborat. Bu yerda organellalar bo'lmay, sitoplazmadan mikrofilamentlar kelib tugaydi. Mikrofilamentlar qisqaruvchi oqsillar ushlagani uchun ichki zona hujayra membranasining harakatida muhim rol o'ynaydi. Bu harakat psevdopodiyalar hosil qilish va fagotsitoz, pinotsitoz protsesslarida botiqlar hosil qilish bilan heigilanadi. Elektron mikroskop ostida membrana 6-10 nm qalinlikda bo'lib, uch qavatdan tashkil topgan. Har bir qavatning qalinligi taxminan 2,5 nm. lkki chetki qavati to'qroq, o'rta qavati oqish ko'rinadi. Sitoplazmatik qobiqning bunday tuzilishi hayvon hujayrasining evolutsiyasi davrida paydo bo'lgan. Hujayra qobig'i modda almashinuvida ishtirok etish bilan barobar hujayra harakatini, ularning o'zaro bir-birini tanib olish, informatsiya almashish, bir-biri bilan birlashish, spetsifik ta'sirlami qabul qilish kabi faoliyatlar majmuasini surunkali bajarib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling